va mahsulotni iste’molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o’rtasida
ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish
jarayonidir.
Agrosanoat integratsiyasi ko’p qirrali bo’lib, u g’oyat xilma-xil shakllarda
namoyon bo’ladi. Bular eng avvalo ana shu jarayon qaysi darajada, ya’ni butun
mamlakat ko’lamidami, viloyat doirasi yoki korxona darajasidami yuz berishiga
bog’liq.
Butun mamlakat va mintaqalar ko’lamida agrosanoat integratsiyasi qishloq
xo’jaligining tarmoqlararo aloqalari kuchayishida, xalq xo’jaligi oziq-ovqat (tarmoq)
va mintaqa agrosanoat majmualari tashkil bo’lishi va rivojlanishida ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |