Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


-rasm. Oliy ta’limning  bosqichlari



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/452
Sana18.01.2022
Hajmi5,99 Mb.
#385781
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   452
Bog'liq
fayl 1433 20210809

1-rasm. Oliy ta’limning  bosqichlari 

Bakalavriat – fundamental bilimlar beriladigan asosiy oliy ta’lim bo’lib, to’rt 

yil  davom  etuvchi  oliy  ta’limning  yo’nalishlaridan  biri.   Bakalavriyatda  ishlab 

chiqarishdan ajratmagan holda ta’lim jarayonining davom etish muddati kunduzgi 

олий таълим

босқичлари

бакалавриат

магистратура



71 

 

 



ta’limga  nisbatan  bir  yildan  kam  bo’lmagan  muddatga  uzayadi. 

Bitiruvchilarga  davlat  attestatsiya  natijalariga  ko’ra,  bakalavriyat  ta’lim 

daturining  oxirida  taerlov  yo’nalishiga  ko’ra  “bakalavr”  akademik  unvoni, 

munosib  ko’krak  nishoni  va  davlat  namunasidagi  diplom  va  uning  ilovasi  

beriladi. 

“Ta’lim  to’g’risida”gi  va  “Kadrlar  Tayyorlash  Milliy  Dasturi 

To’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq,  o’zbekiston 

respublikasi  oliy  ta’lim  muassasalarining  bakalavriatiga  talabalarni  qabul 

qilish tartibi “Oliy Ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul 

qilish  tartibi  to’g’risida  Nizom”  bilan,  oliy  ta’lim  muassasalari  talabalari 

o’qishini  ko’chirish,  qayta  tiklash  va  o’qishdan  chetlashtirish  tartibi  “Oliy 

ta’lim muassasalari talabalari o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan 

chetlashtirish tartibi to’g’risida Nizom” bilan belgilanadi. 

Bakalavriat 

ta’lim 

dasturining 

tarkibiy 

qismiga, 

bakalavr 

tayorlashning  kerakli  darajasiga,  o’quv  vazifalarning  maksimal  hajmiga, 

kadrlar  tayyorlash sifatini  nazorat qilishning umumiy  talablari,  O’zbekiston 

Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 16 avgust 2001 yilda tasdiqlangan № 

343-chi  “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari. asosiy Nizomlar” qarori 

bilan belgilanadi

36

.  


Bakalavrning  professional  faoliyat  sohasi  va  turi  xarakteristikasi, 

kvalifikatsion talablar va o’quv fanlari bo’yicha talablar, ta’lim dasturining 

tarkibi, uni amalga oshirish mexanizmi va sifatini nazorat qilish aniq taerlov 

yo’nalishi bo’yicha davlat ta’lim standartlari orqali belgilanadi. 

Bakalavriyatning  mos  yo’nalishlari  uchun,  davlat  ta’lim  standartlari 

asosida,oliy  ta’limni  boshqarish  bo’yicha  davlatning  vakolatli  organi 

tomonidan  tasdiqlangan  o’quv  reja  va  dasturlar,  o’quv  fanlari  ishlab 

chiqiladi. 

 

36

. O’zbekiston respublikasi qonunlar majmuasi, 104 bet. 



 


72 

 

 



Bakalavriyatda  bir  xil  profilli  (umumiy  kasb  xunar  tayorgarligi  o’xshash) 

o’rta  maxsus,  kasb  xunar  ta’limiga  ega  bo’lgan  shaxslarga,  oliy  ta’limning  shu 

yo’nalishidagi  o’quv  rejalariga  bog’liq  (ketma-ketlikni  tahminlovchi)  ta’lim 

dasturini to’liq egallashning tezkor imkoniyatlari beriladi. 

O’quv  rejasiga  bog’liq  yo’nalish  ro’yxati  va  kadrlar  taerlash  sharoitlari 

o’zbekiston respublikasi vazirlar maxkamasi tomonidan belgilanadi.  

Bakalavr faoliyati qo’ydagilarga qaratiladi: 

1.  Yo’nalish  bo’yicha  lavozimga  taerlangan  oliy  ma’lumotga  ega 

bo’lgan shaxslar bilan almashtirilishi kerak bo’lgan ishga;  

2.  Bakalavriyatning  mos  keluvchi  yo’nalishlar  doirasida  tanlagan 

mutaxassislik bo’yicha magistraturada oliy ta’limini davom ettirishga;  

3.  Professional  ta’limda,    kadrlarni  qayta  taerlash  va  malakasini 

oshirish tizimida faoliyat yuritishga.  

Yangi  yo’nalishlari  bo’yicha  bakalavrlarni  taerlash  huquqini  oliy  ta’lim 

muassalarining  iltimosiga  binoan  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  maxkamasi 

beradi. 


Magistratura  -  “Ta’lim  to’g’risida”  va  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi 

to’g’risida”gi  o’zbekiston  respublikasi  qonunlariga  muvofiq,   O’zbekiston 

respublikasi oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga talabalarni qabul qilish 

tartibi  “Oliy  ta’lim  muassasalarining  magistraturasiga  qabul  qilish  tartibi 

to’g’risida Nizom” bilan belgilanadi. 

Magistratura  –  bakalavriyat  asosidagi  ikki  yildan  kam  bo’lmagan  aniq 

mutaxassislik  bo’yicha  oliy  ta’limning  davomi  hisoblanadi.  Magistraturada 

o’qishning  davomiyligi  ishlab  chiqarishdan  ajralmagan  xolda  olti  oydan  kam 

bo’lmagan vaqtga uzayadi. 

Ta’lim dasturining tarkibiy qismiga, magistr taerlashning kerakli darajasiga, 

o’quv  vazifalarning  maksimal  hajmiga,  kadrlar  tayyorlash  sifat  nazoratining 

protsedura va mexanizmlariga umumiy talablar, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 




73 

 

 



Maxkamasining  16  avgust  2001  yilda  tasdiqlangan  №  343-chi  “Oliy 

ta’limning  davlat  ta’lim  standartlari.  asosiy  Nizomlar”  qarori  bilan 

belgilanadi

37



Magistrning  professional  faoliyat  sohasi  va  turi  xarakteristikasi, 

kvalifikatsion talablar va o’quv fanlari bo’yicha talablar, ta’lim dasturining 

struktura va tarkibi, uni amalga oshirish mexanizmi va sifatini nazorat qilish 

magistraturaning  aniq  mutaxassisligi  bo’yicha  davlat  ta’lim  standartlari 

orqali belgilanadi. 

Magistraturaning mos mutaxassisligi uchun, davlat ta’lim standartlari 

asosida,oliy  ta’limni  boshqarish  bo’yicha  davlatning  vakolatli  organi 

tomonidan  tasdiqlangan  o’quv  reja  va  dasturlar,  o’quv  fanlari  ishlab 

chiqiladi. 

 Magistr faoliyati qo’ydagilarga qaratiladi: 

1.  Aniq  mutaxassisik  bo’yicha  mustaqil  ilmiy  tadqiqot,  ilmiy 

pedagogik va boshqaruv, professional foaliyatini olib borishga;  

2.  Magistraturaning  mos  keluvchi  mutaxassisligi  doirasida  oliy 

ta’limidan keyingi aspiranturada davom ettirishga;  

3. Professional ta’limda,  kadrlarni qayta taerlash va malakasini 

oshirish tizimida faoliyat yuritishga.  

Oliy ta’lim muassasasida magistratura yo’nalishini ochishning asosiy 

sharti  –  bu  o’quv  tarbiyaviy  jaraen  bilan  bog’liq  va  yuqori  malakali 

mutaxassislarni  taerlanishini  tahminlovchi  mos  kafedralarning  ilmiy 

pedagogik potentsiali mavjudligi va ilmiy tadqiqot ishlarini yuqori darajada 

olib borish imkoniyatining bo’lishi. 

Yangi  mutaxassisliklari  bo’yicha  magistrlarni  taerlash  huquqini  oliy 

ta’lim  muassalarining  rasmiy  iltimosiga  binoan  O’zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar Maxkamasiga beradi.  

Oliy  ta’lim  muassasasi  tarkibida  magistraturaning  maxsus  bo’limi 

(fakulg’tet, markaz) ochiladi va unga quyidagi vazifalar yuklatiladi: 

 

37

. O’zbekiston respublikasi qonunlar majmuasi, 2001 yil, 104 bet. 




74 

 

 



1.  Talabalarning  o’quv-tarbiyaviy  jaraenini  tashkillashtirish  va  nazorat  qilish, 

o’quv-uslubiy xujjatlar va o’quv-uslubiy tahminotni ishlab chiqish;  

2. Magistrlar yetishtirib beruvchi kafedralar faoliyatini koordinatsiyalash;  

3. Magistrlar tayyorlash jarayoniningmonitoringini olib borish.  

Bitiruvchilarga  davlat  attestatsiya  natijalariga  ko’ra,  magistratura  ta’lim 

daturining  oxirida  aniq  mutaxassislik  bo’yicha  “Magistr”  akademik  unvoni, 

munosib ko’krak nishoni va davlat namunasidagi diplom va uning ilovasi  beriladi. 

Davlat  namunasidagi  bakalavr  va  magistr  diplomlari  diplom  egalariga 

mutaxassisliklari  bo’yicha  kasbiy  faoliyat  bilan  shug’ullanish  yoki  o’quv 

muassasasida kelgusida o’qishni davom ettirish imkonini beradi.




Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish