Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/452
Sana18.01.2022
Hajmi5,99 Mb.
#385781
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   452
Bog'liq
fayl 1433 20210809

 

 

 

 


246 

 

 



4. HISOB SIYOSATIDA BALANSNI YORITIB BERISH TARTIBI. 

Buxgalteri  balansi  korxonaning  hisob  siyosatida  О‘zbekiston  Respublikasi 

Buxgalteriya  Hisobining  15-son  “Buxgalteriya  balansi”  номли  milliy  standarti 

talablari doirasida yoritiladi. 

Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning tarkibiy qismlaridan biri bо‘lib, 

xо‘jalik yurituvchi subyektning mulkiy va moliyaviy ahvoli haqidagi axborotlarni 

tо‘playdi.  Shuning  uchun  ham  buxgalteriya  balansidagi  barcha  axborotlar  tо‘g‘ri 

oshkor  qilinishi  va  foydalanuvchilarga  tushunarli  bо‘lishi  talab  etiladi.  Balansda 

axborotlar  hisobot  davri  boshiga  va  oxiriga  tegishli  bо‘lgan  ma’lumotlar  tarzida 

keltiriladi.  Ma’lumotlarini  oshkoraligini  ta’minlash  maqsadida,  zaruriyat 

bо‘lganda, buxgalteriya balansini qо‘shimcha moddalar bilan tо‘ldirish mumkin.  

Buxgalteriya  balansini  oshkor  qilishi  kerak.  Buxgalteriya  balansining  joriy 

aktivlar  va  joriy  majburiyatlar  moddalari  saldolanmaydi,  balansining  ayrim 

moddalari  boshqa  moddalarga  kiritilmaydi  va  ular  bilan  saldolanmaydi. 

Shuningdek, buxgalteriya balansida uzoq muddatli va joriy aktivlar, о‘z sarmoyasi, 

uzoq  muddatli  va  joriy  majburiyatlar  summasi  oshkor  qilinishi  kerak.  Ularni 

oshkor  qilish  xо‘jalik  yurituvchi  subyektning  moliyaviy  ahvolini  tahlil  qilishda 

foydalaniladigan  hamda  moliyaviy  hisobotdan  foydalanuvchilar  uchun  zarur 

bо‘ladigan axborotlardan iborat bо‘ladi.  

Balansning  “Uzoq  muddatli  aktivlar”  bо‘limida  asosiy  vositalar  va 

nomoddiy aktivlar qiymati, uzoq muddatli investitsiyalar, о‘rnatiladigan uskunalar, 

kapital  qо‘yilmalar,  uzoq  muddatli  debitorlik  qarzlari  va  muddati  kechiktirilgan 

uzoq muddatli xarajatlar summalari oshkor qilinadi. Uzoq muddatli investitsiyalar 

va  qimmatli  qog‘ozlar  qiymati,  shо‘ba  xо‘jalik  jamiyatlariga  investitsiyalar,  tobe 

xо‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar, xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga 

investitsiyalar va boshqa uzoq muddatli investitsiyalar summalari bо‘yicha oshkor 

qilinishi kerak. 

Balansning  “Joriy  aktivlar”  bо‘limida  tovar-moddiy  zahiralar,  kelgusi 

davrlar  xarajatlari,  muddati  kechiktirilgan  xarajatlarning  joriy  qismi,  debitorlik 



247 

 

 



qarzlari,  pul  mablag‘lari,  qisqa  muddatli  moliyaviy  qо‘yilmalar  va  boshqa  joriy 

aktivlar summalari oshkor qilinadi. 

Xaridor  va  buyurtmachilarning  debetorlik  qarzlari,  alohida  bо‘linmalar 

qarzlari,  shо‘ba  va  tobe  xо‘jalik  jamiyatlari  qarzlari,  xodimlarga  berilgan 

bо‘naklar,  yetkazib  beruvchilar  va  pudratchilarga  berilgan  bо‘naklar,  byudjetga 

soliqlar va yig‘imlar bо‘yicha bо‘nak tо‘lovlari, davlat maqsadli jamg‘armalariga 

va  sug‘urta  bо‘yicha  bо‘nak  tо‘lovlari,  ustav  sarmoyasiga  qо‘yilmalar  bо‘yicha 

ta’sischilarning bо‘nak tо‘lovlari, boshqa operatsiyalar bо‘yicha xodimlar qarzlari 

hamda boshqa debitorlar qarzlari summalari tarzida oshkor qilinishi kerak. 

Pul mablag‘lari, kassadagi naqd pul mablag‘lari, hisob-kitob raqamidagi pul 

mablag‘lari,  valyuta  hisob  raqamidagi  pul  mablag‘lari  va  boshqa  pul  mablag‘lari 

(bankdagi  maxsus  hisob  raqamlar,  pul  ekvivalentlari,  yо‘ldagi  о‘tkaziladigan  pul 

mablag‘lari) summalari tarzida oshkor qilinadi. 

Balansning  “Xususiy  sarmoya”  bо‘limida  ustav  sarmoyasi,  qо‘shilgan 

sarmoya,  zahira  sarmoya,  sotib  olingan  о‘z  aksiyalari,  taqsimlanmagan  foyda 

(qoplanmagan  zarar),  maqsadli  tushumlar  hamda  bо‘lg‘usi  xarajatlar  va  tо‘lovlar 

zahiralari oshkor qilinadi. 

“Majburiyatlar” bо‘limida korxonaning uzoq muddatli va joriy majburiyatlar 

summasi alohida-alohida oshkor etiladi. 

Uzoq  muddatli  majburiyatlar  moddasida  mol  yetkazib  beruvchilar  va 

pudratchilarga uzoq muddatli qarzlar, alohida bо‘linmalarga uzoq muddatli qarzlar, 

shо‘ba va tobe xо‘jalik jamiyatlariga uzoq muddatli qarzlar, muddati kechiktirilgan 

uzoq  muddatli  daromadlar,  soliqlar  va  majburiy  tо‘lovlar  bо‘yicha  muddati 

kechiktirilgan  majburiyatlar,  xaridorlar  va  buyurtmachilardan  olingan  bо‘naklar, 

uzoq  muddatli  bank  kreditlari,  uzoq  muddatli  qarzlar  va  boshqa  uzoq  muddatli 

kreditorlik qarzlari summalari kо‘rsatilishi kerak. Majburiyatlarga tegishli bо‘lgan 

foiz  stavkalari,  shartnoma  majburiyatlari,  sо‘ndirish  shartlari  va  ketma-ketligi, 

mukofot  va  diskont  summalari  buxgalteriya  balansiga  tushuntirish  xatida  batafsil 

yoritiladi. 



248 

 

 



Balansning  joriy  majburiyatlar  moddasida  mol  yetkazib  beruvchilar  va 

pudratchilarga  qarzlar,  alohida  bо‘linmalarga  qarzlar,  shо‘ba  va  tobe  xо‘jalik 

jamiyatlariga  qarzlar,  muddati  kechiktirilgan  daromadlar,  soliqlar  va  majburiy 

tо‘lovlar  bо‘yicha  muddati  kechiktirilgan  majburiyatlar,  boshqa  muddati 

kechiktirilgan  majburiyatlar,  olingan  bо‘naklar,  byudjetga  soliqlarga  oid  qarzlar, 

sug‘urtaga  oid  qarzlar,  davlat  maqsadli  jamg‘armalaridan  tо‘lovlarga  oid  qarzlar, 

ta’sischilardan qarzlar, mehnatga haq tо‘lash bо‘yicha qarzlar, qisqa muddatli bank 

kreditlari, qisqa  muddatli  qarzlar, uzoq  muddatli  majburiyatlarning  joriy qismi va 

boshqa kreditorlik qarzlari summalari oshkor qilinadi. 

Agar  korxona  kredit  bitimiga  binoan  majburiyatlarni  uzoq  muddatli  qayta 

moliyalashni nazarda tutsa, unda uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi joriy 

majburiyatlardan  chiqarib  tashlanadi.  Ularning  summalari  va  qayta  moliyalash 

shartlari balansga tushuntirish xatida asoslab beriladi. 

 


Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish