Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/452
Sana18.01.2022
Hajmi5,99 Mb.
#385781
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   452
Bog'liq
fayl 1433 20210809

 

9. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA 

BUXGALTERIYA HISOBINING О‘RNI VA UNING OLDIGA 

QО‘YILADIGAN TALABLAR. 

О‘zbekistonda  jamiyat  rivojlanishining  bozor  munosabatlariga  asoslangan 

bosqichida,  iqtisodiyotni  isloh  qilish  borasida  ulkan  ishlar  amalga  oshirildi.  Eng 

muhimi,  mulkni  xususiylashtirilishi  natijasida  davlat  ham  korxonalar  qatori 

iqtisodiy  subyektga  aylandi.  Endilikda  mashulot  ishlab  chiqarish  va  uni  kimga, 

qachon,  qanchadan  sotishni  davlat  emas,  balki  korxonalarning  о‘zlari  hal  qiladi. 

Bozorda  raqobat  vujudga  kela  boshladi.  Qaysi  ishlab  chiqaruvchi  bozorga  arzon, 

sifatli  va  keng  assortimentli,  xaridorgir  bо‘lgan  tovarni  chiqarsa,  uning  mavqei 

bozorda ortib boradi. Bozorda qanday tovar va mashulotlarga talab yuqori bо‘lsa, 



207 

 

 



mazkur  tovar  va  mashulotlar  о‘z  haridorini  tezroq  topib,  korxona  kо‘proq  foyda 

oladi. 


Korxonada  axborot  berish  tizimi  ish  faoliyatini  shunday  tashkil  qilishi 

lozimki,  korxonani  boshqarish  uchun  zarur  bо‘lgan,  bozordagi  narx,  ishlab 

chiqarilayotgan  mashulot  tannarxi  va  mashulotni  sotishdan  olinadigan  daromad 

tо‘g‘risidagi  ma’lumotlar  boshqaruv  apparati  xodimlarining  “qо‘l  ostida”  doimo 

mavjud va istalgan paytda axborot olish imkoni yaratilgan bо‘lishi lozim. Bunday 

vazifalar  boshqaruv  tizimining  asosiy  bо‘g‘ini  bо‘lgan  –  buxgalteriya  hisobi 

yordamida  bajariladi.  Shuning  uchun  bozor  munosabatlari  rivojlangan 

mamlakatlarda buxgalteriya hisobini “Biznes tili” deb, bekorga aytishmagan. 

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  buxgalteriya  hisobi  faqat  hisob-taftish  va 

statistika  vazifasini  bajarmaydi.  Balki  hisob  ma’lumotlaridan  foydalanuvchilar 

uchun  korxonaning  faoliyati  tо‘g‘risida  axborot  tо‘plash,  uni  qayta  ishlash  va 

uzatish  vositasiga  aylanadi.  Shuning  uchun  bugungi  kunda  buxgalterlarga 

qо‘yiladigan  talabalar  ham  tubdan  о‘zgardi.  Ulardan  xо‘jalik  operatsiyalarini 

buxgalteriya  hisobida  qayd  etish  bilan  bir  qatorda,  hisob  ma’lumotlarini  tahlil 

qilish,  foydalanuvchilarni  axborotlar  bilan  ta’minlash,  menejerlarga  korxona 

moliyaviy  ahvolining  barqarorligini  yaxshilashga  imkon  beradigan  yо‘llarni 

kо‘rsatib berish va korxona moliyasini boshqarish ishlari bilan shug‘ullanish talab 

qilinadi. 

Buxgalteriya  hisobi  korxonaning  faoliyatida  sodir  bо‘ladigan  xо‘jalik 

operatsiyalarini yoppasiga va uzluksiz kuzatib, miqdor jihatdan о‘lchab, hujjatlarda 

qayd  qilish  asosida  axborot  tо‘plash  va  ularni  о‘zining  registrlarida  о‘z  vaqtida, 

uzluksiz hisobga olish vazifasini bajaradi. 

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  korxonalarning  tashkil  qilinadigan  hisobi 

siyosati,  hisob  kо‘rsatkichlarining  tо‘laligi  va  buxgalteriya  hisobini  о‘z  vaqtida, 

ratsional  tashkil  qilishlik  hamda  analitik  va  sintetik  hisob  ma’lumotlarining  mos 

bо‘lishligi kabi talablarga javob berishi kerak. 

Hisob  kо‘rsatkichlarining  tо‘laligi  va  hisobni  о‘z  vaqtida  tashkil  qilishlik 

korxona  moliya-xо‘jalik  faoliyatining  hamma  tomonini  qamrab  olishini  va  ular 




208 

 

 



tо‘g‘risidagi  axborotlarni  tо‘la,  hisob  siyosatida  о‘rnatilgan  muddatlarda,  о‘z 

vaqtida, berishlikni taqozo etadi. Bunday axborotlar asosida korxonani boshqarish 

uchun  qabul  qilingan  qarorlar  foydali  bо‘ladi.  Chunki  о‘z  vaqtida  va  tо‘g‘ri  olib 

borilgan hisob yordamidagina korxonaning xо‘jalik faoliyatiga samarali rahbarlik 

qilish,  sodir  bо‘lgan  kamchiliklarni  aniqlash,  korxonani  rivojlantirishni  ichki 

imkoniyatlarini topish mumkin bо‘ladi.  

Buxgalteriya 

hisobini 

ratsional 

tashkil 


qilishga, 

hisob 


ishlarini 

avtomatlashtirish,  buxgalteriya  hisobining  ilg‘or  shakllaridan  foydalanish, 

buxgalterlarning  avtomatlashgan  ish  joylarini  tashkil  qilish,  hisob  ishlarini 

markazlashtirish  asosida,  buxgalteriya  apparati  tuzilmasini  maqbullashtirish  bilan 

erishiladi.  Bunday  tadbirlarni  qо‘llash  hisob  xodimlarining  mehnat  unumdorligini 

yaxshilaydi,  xodimlar  sonini  kamaytiradi,  hisobning  tezkorligini,  aniqligini, 

tо‘g‘riligini va nazorat qilish funksiyasini oshiradi va uni arzonlashtiradi.


Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish