MAVZU 1. BUXGALTERIYA HISOBI FANINING MUQADDIMASI
1.1.
BUXGALTERIYA
HISOBI
HAQIDA
TUSHUNCHA.
BOSHQARUV
QARORLARNI QABUL QILISHDA BUXGALTERIYA AXBOROTI VA UNING
AHAMIYATI
1.2. BUXGALTERIYA AXBOROTIDAN FOYDALANUVCHILAR
1.3. MOLIYAVIY VA BOSHQARUV HISOBI, UNING FARQLARI VA O‘ZARO
ALOQASI
1.4.
BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA BUXGALTER KASBI
1.1.
BUXGALTERIYA HISOBI HAQIDA TUSHUNCHA. BOSHQARUV
QARORLARNI QABUL QILISHDA BUXGALTERIYA AXBOROTI VA
UNING AHAMIYATI
Iqtisodiy sub’ekt faoliyatiga rahbarlik qilish va uning ustidan nazorat ishlarini olib borish
uchun korxona rahbariyati kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlanishi zarur. Buning uchun
korxonaning xo‘jalik faoliyatini uzluksiz kuzatib boriladi. Kuzatish yo‘li bilan olingan
ma’lumotlar ma’lum miqdor ko‘rsatkichlarida ifodalanib, istalgan vaqtda foydalana olish uchun
ularga o‘ziga xos tartibda qayd qilinadi. Korxonaning moliya - xo‘jalik faoliyatida yuz beradigan
voqea va hodisalarni kuzatish, o‘lchash, qayd qilish hamda miqdorlarda aks ettirishdan iboratdir.
Demak, xo‘jalik faoliyatidagi hodisalarni va voqealarni kuzatish, o‘lchash va qayd qilish xo‘jalik
hisobining asosiy mazmuni tashkil qiladi.
Xo‘jalik hisobi yordamida iqtisodiy sub’ektda yuz beradigan voqea va hodisalar faqat
miqdor jihatidan emas, balki sifat jihatidan ham ifodalanadi. Demak, xo‘jalik hisobi iqtisodiy
sub’ektga rahbarlik qilish, uning ustidan nazorat qilish maqsadida korxonada yuz beradigan
o‘zgarishlarni miqdorlarda aks ettirish va sifat jihatidan tavsiflashdan iboratdir.
Xo‘jalik hisobi negizida, ko‘rinib turibdiki, “xo‘jalik” va “hisob” so‘zlari yotadi.
“Xo‘jalik”
- deganda ma’lum maqsadlarga yo‘naltirilgan, o‘zining bazisi va ustqurmasiga
ega bo‘lgan sub’ektlar tushuniladi. Xo‘jalik sifatida qaraladigan sub’ektlar bo‘lib bir butun
mamlakatning o‘zi va uning turli tarkibiy bo‘linmalari, masalan, tarmoqlari, sohalari,
mintaqalari, hududlari, vazirliklar, birlashmalar, korxonalar hisoblanadi. Mamlakat doiraisdagi
xo‘jalik xalq xo‘jaligi, uning eng qo‘yi bo‘g‘inidagi xo‘jalik korxona xo‘jaligi deb ataladi.
Iqtisodiyotning yuqori va qo‘yi bo‘g‘inlari o‘rtasidagi xo‘jaliklarga tarmoqlar, sohalar,
birlashmalar, viloyatlar, tuman va shaharlar xo‘jaliklari kiradi.
“Hisob”
- bu xo‘jalikda yuz bergan va berayotgan hodisa va jarayonlar, ularning natijalari
to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish, qayd etish, guruhlash va uzatish tizimi. Demak, hisobning
asosiy mahsuli bo‘lib axborot, hisob yuritishning asosiy maqsadi bo‘lib, bu axborotlarni aniq,
to‘liq va o‘z vaqtida yig‘ish, qayd etish, guruhlash va foydalanuvchilarga etkazib berish
hisoblanadi.
SHunday qilib, ikki so‘z yig‘indisidan tashkil topgan “