Buxgalteriya test
1........– bu hisobot ko’rsatkichlarining shunday kattaligiki (yoki sifati), ularni hisobotda aks ettirilmasligi yoki buzib ko’rsatilishi ana shu hisobotdan foydalanuvchi mutaxassislarni noto’g’ri qaror qabul qilishiga olib keladi.
A) Aniqlilik
B) Muhimlik
C)Tezkorlik
D) Mahoratlilik
2. Auditorlik riski – moliyaviy hisobotda muhim buzib ko’rsatishlar mavjud bo’lgan holda auditor tomonidan ungga muvofiq bo’lmagan auditorlik xulosasini taqdim etishdir deb ta’rif bergan inson kim?
A) U. Petti
B) U.Messier
C) D. Karls
D) I.Jony
3.“...........” terminii bundan 30 yil oldin Don Kressi tomonidan kiritilgan edi. Nuqtalar o'rnidagi so'zni toping.
A) Jazo
B) Firibgarlik
C) Javobgarlik
D) Audit
4. ................. – bu shunday xatti-harakatki, siyosat va protseduralar ko’magida rahbariyatga nazoratning bajarilishini ta’minlash borasida yordam beradi. Nuqtalar o'rnidagi so'z to'g'ri ko'rsatilgan variantni belgilang.
A) Audit
B) Nazorat harakatlari
C) Tekshiruv
D) Firibgarlik
5. ........- axborot texnologiyalarini samarali faoliyat yuritishi uchun qo’llab-quvvatlaydi.
Nuqtalar o'rnidagi so'z to'g'ri ko'rsatilgan variantni belgilang.
Axborot texnologiyalari
6. ...........- bu auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvlar vaqtida to’plangan va auditorlik xulosasini asoslovchi axborotdir.Nuqtalar o'rnidagi so'z to'g'ri ko'rsatilgan variantni belgilang.
A) Auditor
B) Auditorlik dalillari
C) Muhimlik
D) Firibgarlik
7. ....... - bu mijoz korxona buxgalteriya hisobotida faktlarning auditor tomonidan mushohada qilinishi va o’z fikrini shakllantirishi. Nuqtalar o'rnidagi so'z to'g'ri ko'rsatilgan variantni belgilang.
A) Ishonchlilik
B) Tahlil qilish
C) Muhimlilik
D) Tekshiruv
8. ....... - moliyaviy hisobot ma’lumotlarining ulardan malakali foydalanuvchilarga xo’jalik yurituvchi subektlar faoliyatining natijalari to’g’risida to’g’ri xulosalar qilishga va ushbu xulosalarga asoslangan qarorlar qabul qilishga imkon beradigan darajasi tushuniladi.Nuqtalar o'rnidagi so'z to'g'ri ko'rsatilgan variantni belgilang.
A) Tahlil qilish
B) Ishonchlilik
C) Muhimlilik
D) Tekshiruv
9. «Omborlardagi tovarlar» schyoti qaysi biri?
A) 2210
B) 2910
C) 2660
D) 3310
10. ....... - bu sintetik va analitik hisob registrlarida dastlabki hujjatlar ma’lumotlarining aks ettirilishini, ayrim dastlabki hujjatlarni tekshiradigan, yakuniy schetlar korrespondentsiyasini topadigan va xo’jalik faoliyatining tegishli faktlari buxgalteriya hisobida to’g’ri yoki noto’g’ri aks ettirilganligini tekshirish jarayonidir. Nuqtalar o'rnidagi so'z to'g'ri ko'rsatilgan variantni belgilang.
A) Audit dalillari
B) Kuzatib chiqish
C) Firibgarlik
D) Muhimlilik