Moliya hisobi operatsiyalarini nazorat qilishga quyidagilar kiradi:
— birlamchi hujjatlar bilan bank hujjatlari summalari mosligini nazorat qilish;
— bankdan olingan sof pullarning maqsadga muvofiq sarflanishini nazorat qilish;
— bajarilgan ishlar va xizmatlar uchun o‘tkazilgan summalarning to‘g‘riligini nazorat qilish;
— hisob beruvchi shaxslarga avans berishda ularning o‘tkazilgan summalarining to‘g‘riligini nazorat qilish;
— kassa hujjatlari bilan sotilgan mahsulot va materiallarni tekshirish bilan nazorat qilish.
Axborotlarni markazlashtirilgan holda qayta ishlashda ularni sistemaga solish bo‘yicha ancha yutuqlarga erishildi, ammo operativ holatda kerakli axborotlarni shakllantirish murakkabligicha qoldi. AIJ shartida kerakli sistemaga solingan axborotni videogramma yoki mashinogramma holatida tez olish mumkin.
Birinchi ma’lumotlarni hisobga olish va kerakli axborotlarni sistemaga solish sinxron bajariladi.
Kerakli hujjatlar disklarda shakllanishi va saqlanishi mumkin.
Axborotni ko‘rsatishga, tashkil qilishga quyidagi prinsiplar qo‘yilishi mumkin:
— hisobga olish ishini ko‘rsatish jarayoni bilan umumlashtirish;
— ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan axborotni hisob ishi olib borilishiga kerakligi bo‘yicha chegaralash;
— foydalanuvchi hujjatni qulay ko‘rsatishni tanlab olish.
AIJ sharoitida foydalanuvchi harakat holatlarida normativ va uslubiy materiallardan chetga chiqishda cheklanadi.
Sistema ma’lumotlar berish bilan foydalanuvchiga tanlab olish imkoniyatini yaratadi. Тashkiliy-uslubiy ishlarni bajarishda ikki yo‘nalishni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Birinchi yo‘nalishga AIJ funksiyalariga kiruvchi ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish kiradi. Bu muammoni yechishda EHM quyidagilarni ta’minlaydi:
— ishlarning ketma-ketligi, to‘g‘riligini avtomatik nazorat qilish va blokirovka qilish;
— alohida AIJ lardagi ishlarni koordinatsiya qilish;
— hujjatlar aylanish jadvalini avtomatik nazorat qilish;
— kalendar jadvali bo‘yicha (hujjatlar) ish bajarilishini avtomatik nazorat qilish.
Ikkinchi yo‘nalishga sistemani instruktiv-uslubiy axborotlar lavozim instruksiyalari, hujjatlar aylanish jadvali va boshqalar bilan ta’minlash kiradi.
Ma’lumot axborotlaridan foydalanishni aktiv va passiv yo‘llariga ajratish mumkin.
Aktiv yo‘lida mashina foydalanuvchi xatosini topib, kerakli yo‘riqnomani ekranga yoki qog‘ozga chiqarib beradi.
Passiv yo‘lida esa yo‘riqnoma olishni foydalanuvchining o‘zi hal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |