Buxgalteriya lit


-§. Buxgalteriya hujjatlari va ularga qo‘yiladigan talablar



Download 316,11 Kb.
bet26/60
Sana13.01.2022
Hajmi316,11 Kb.
#358298
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60
Bog'liq
Buxgalteriya lit

2-§. Buxgalteriya hujjatlari va ularga qo‘yiladigan talablar


Buxgalteriya hisobining boshqa hisob turlaridan farqi va afzalligi shundaki, har bir xo‘jalik muomalalarini tegishli buxgalteriya schotlarida aks ettirish uchun asos bo‘lib hujjatlar hisoblanadi. Ikkinchidan, buxgalteriya hisobini tashkil qilishda moddiy javobgar shaxslarning hisobotlari, dastlabki buxgalteriya schotlaridagi yozuvlarning manbalari hujjat uchun asos bo‘lib hisoblanadi.

Buxgalteriya hujjatlarida har bir amalga oshirilgan xo‘jalik muomalalarining qonuniyligi, belgilangan muddatlarda tuzilishi, davlat tomonidan tasdiqlanganligi muayyan muomalani amalga oshirish uchun asoslanganligi ko‘rsatilishi kerak, demak, har bir buxgalteriya hujjati tegishli talablarga javob bergandagina huquqiy asosga ega bo‘ladi.

Buxgalteriya hisobini yuritishda eskirgan, tasdiqlanmagan, bevosita korxona ichida ishlab chiqilgan hujjatlar ishlatilmaydi.

Buxgalteriya hujjatlari quyidagi talablarga javob bergandagina huquqiy jihatdan kuchga kiradi:

— hujjatning tasdiqlangan nomi;

— hujjatga biriktirilgan kod;

— hujjat tuzilgan kun, oy, yil;

— hujjatda ko‘rsatilgan xo‘jalik muomalasining nomi yoki mazmuni;

— xo‘jalik muomalasining miqdor ko‘rsatkichlari; — javobgar shaxslarning imzolari.

Yuqoridagi talablar barcha buxgalteriya hujjatlari uchun taalluqli bo‘lib, har bir hujjatning to‘g‘riligi tekshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994- yil 26- martdagi 164- sonli „O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi va hisoboti to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash hamda buxgalteriya schotlari tuzishni takomillashtirish haqida“gi qarorida „Xo‘jalik muomalalarining amalga oshirilganligi qayd etiladigan dastlabki hujjatlar buxgalteriya hisobi registrlariga yozish uchun asos bo‘lib hisoblanadi“ deb ko‘rsatilgan.

Har bir hujjat tegishli xo‘jalik operatsiyasini o‘zida ifoda etadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi buxgalteriya hisobiga taalluqli hujjatlar tizimini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

Hujjatda amalga oshirilayotgan xo‘jalik operatsiyalari bir vaqtda turli o‘lchov birliklarida ko‘rsatilishi mumkin. Buxgalteriya hisobida ularning holati pul o‘lchov birliklarida yuritiladi.

Korxona buxgalteriyasiga ichki va tashqi hujjatlar kelib tushishi mumkin, har ikkala hujjat buxgalteriyada to‘liq tekshirilib, uning to‘g‘ri tuzilganligi nazoratdan o‘tkaziladi va hujjatning to‘g‘riligini tasdiqlash maqsadida „Тekshirildi“ degan belgi qo‘yiladi.

O‘z navbatida, buxgalteriya hujjatlari tuzilishiga qarab dastlabki va yig‘ma hujjatlarga bo‘linadi. Dastlabki hujjatlar xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘lgan davrda tuziladi. Dastlabki hujjatga misol qilib kassa kirim va chiqim orderlarini ko‘rsatish mumkin. Masalan, kassaga pul topshirdingiz, sizga shu vaqtning o‘zida kirim kassa orderi yoziladi yoki ombordan tovar chiqarmoqchisiz, u holda schot faktura yoziladi.

Bir necha dastlabki hujjatlar yig‘indisiga asosan yig‘ma hujjatlar tuziladi. Misol uchun, xazinachi kun davomida 5 ta kirim orderi va 2 ta chiqim orderi bo‘yicha xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirdi va bu to‘g‘rida buxgalteriyaga hisobot topshirdi, kunning oxirida bu hisobot yig‘ma hisobot deb aytiladi. D emak, moddiy javobgar shaxslarning hisoboti yig‘ma hisobotlar deb yuritiladi.

Buxgalteriya hujjatlari qayerda tuzilishiga qarab korxonada rasmiylashtirilgan hujjatlarga va boshqa korxonalarda rasmiylashtirilgan hujjatlarga bo‘linadi. Korxonaning o‘zida rasmiylashtirilgan hujjatlar faqat shu korxona ichida amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarini tartibga solish uchun ishlatiladi. Keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan hujjatlarni soddalashtirish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha bir qator ishlar olib borilmoqda.


Download 316,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish