mablag‘lar harakati turlari bo‘yicha, miqdori bo‘yicha ham hisob-kitob tashkil qilingan. Bir
sintetik schotdagi yozuvlar bir necha analitik schotlarda ko‘rsatilishi mumkin. Misol uchun,
Demak, sintetik schotlarda mablag‘lar harakati faqat pul birligida yuritilar ekan.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida mablag‘lar harakati alohida ahamiyatlidir,
Analitik hisob yordamida mulkni turlari bo‘yicha o‘rganish uchun asos yaratiladi.
Analitik hisob mahsulot turlari bo‘yicha alohida-alohida yuritiladi va buning uchun maxsus
analitik kartochkalardan (varaqlardan) foydalaniladi. Analitik kartochkaning tuzilishi
mahsulotning kirimga qabul qilinganligini ko‘rsatuvchi hujjatlardan, ikkinchi hujjat — bu
bevosita mahsulotning chiqim qilinganligini ko‘rsatuvchi hujjatlardan olinadi.
Analitik hisob ma’lumotlarining kirim qismini jami sintetik schot oborotlari bilan
Ko‘p hollarda analitik hisobni to‘g‘ri yuritishni ta’minlashda, hisobotlarda, shu jumladan,
moddiy javobgar shaxslarning tovar hisobotlaridan foydalaniladi, deb ham aytiladi, lekin
36
e’tibor berish kerakki, moddiy javobgar shaxslarning tovar hisobotida emas, hisobotga
biriktirilgan kirim va chiqim hujjatlaridan olinadi. Kirim va chiqim hujjatlari har bir
mahsulot turi bo‘yicha va jami summasi bo‘yicha ko‘rsatiladi va bu ma’lumotlar analitik
hisob kartochkalariga yozish uchun asos hisoblanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida mablag‘lar harakati alohida ahamiyatlidir,
chunki har bir mablag‘ning holati, mulk egasi uchun zaruriy mablag‘ hisoblanadi. Xo‘jalik
faoliyatida turli manbalardan foydalaniladi va manbalarning o‘zgarishi umumlashtirilgan va
alohida olingan mablag‘ holati bo‘yicha tahlil qilinadi. Aylanma vedomostlarni tuzishdan
asosiy maqsad: birinchidan, kerakli manbalarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash bo‘lsa,
ikkinchidan, ularning holatini umumlashtirilgan tarzda o‘rganishdir.
Aylanma vedomostlarni tuzish uchun asosiy ma’lumotlar bevosita buxgalteriya
hisobining schotlaridan olinadi.
Hisobot oyning boshiga bo‘lgan qoldiq har bir schot bo‘yicha aylanma vedomostda
boshlang‘ich qoldiq schotning oylik oborotlari va oy oxiriga qoldiq ko‘rsatiladi („Debet“ va
„Kredit“ temalari bo‘yicha).
Aylanma vedomostlar tuzishdan asosiy maqsad amalga oshirilgan xo‘jalik
operatsiyalarining to‘g‘riligini nazorat qilish bo‘lsa, ikkinchidan, ularda ko‘rsatilgan
manbalar holatining turlari bo‘yicha hujjatda ko‘rsatilgan miqdorlari va summalari bilan
o‘zaro bog‘liqligini ta’minlashdir. Aylanma vedomostni tuzish yo‘li bilan amalga oshirilgan
xo‘jalik operatsiyalarining, berilgan buxgalteriya yozuvlarining to‘g‘riligi nazorat qilinadi.
Aylanma vedomostlar statistik schotlar bo‘yicha tuziladi.
Birinchi navbatda, har bir schotning ma’lumotlarini tegishli jurnal-orderlar bo‘yicha hisob
qilib, har bir jurnalorder bo‘yicha oxirgi koordinatalarini aniqlab chiqishni talab qiladi.
Sintetik schotlar bo‘yicha tuziladigan aylanma vedomostning ko‘rinishi quyidagicha:
Schot
№
Schotning
nomi
Oy boshiga
qoldiq
Oylik oborot
Debet Kredit Debet Kredit Debet Kredit
Jami:
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, aylanma vedomostni tuzish uchun har bir sintetik schot
ko‘rsatkichlarining boshlang‘ich qoldig‘i, oylik oboroti, oy oxiriga qoldiq bo‘yicha alohida-
alohida ko‘rsatiladi.
Demak, aylanma vedomost deb, hisobot davrida amalga oshirilgan xo‘jalik
operatsiyalarining hisobot davrining oxiriga bo‘lgan holatini aniqlashga aytiladi. O‘z
navbatida, aylanma vedomostlar 2 xil, ya’ni sintetik va analitik schotlar bo‘yicha, alohida-
alohida tuziladi.
Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, sintetik schot bo‘yicha tuziladigan aylanma
vedomostda mablag‘lar holati, ya’ni boshlang‘ich qoldiq, oylik oborotning oxirgi qoldig‘i
pul ko‘rsatkichlarida ko‘rsatiladi.
Analitik schotlar bo‘yicha tuziladigan aylanma vedomostlarning tuzilishiga nazar
tashlasak, bir-biri o‘rtasidagi farqni quyidagicha izohlash mumkin: