KORXONA BALANSI
_______200...________yilga
Aktiv tomon
bo‘limlari
Summa
Passiv tomon
bo‘limlari
Summa
1.
Uzoq
muddatliaktivl
ar
2.
Oborot
aktivlar
1.
O‘z
mablag‘larimanbal
ari
2.
M ajburiyatlar
BALAN SI
BALAN SI
Buxgalteriya balansining aktiv va passiv tomoni, o‘z navbatida, ikki bo‘limdan tashkil
topgan. Har bir bo‘lim o‘z ichiga tegishli balans moddalarini oladi. Balans yordamida
korxona mablag‘larining holati, ularning joylanish va tashkil topish manbalari bo‘yicha
umumlashtirilgan ma’lumot olish imkoniyati yaratiladi.
Buxgalteriya balansini tuzish tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan belgilanadi. Har bir korxona va tashkilotlardagi mablag‘lar holati ma’lum bir
ishlab chiqarish jarayonida pullik bir shakldan ikkinchi bir shaklga o‘tsa, ikkinchi bir
mablag‘ o‘z qiymatini astasekinlik bilan ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga o‘tkazib
beradi. Misol uchun asosiy vositalarni olaylik, ular uzoq vaqt takror ishlab chiqarish, ishlab
chiqarishda ishtirok etib, o‘zining boshlang‘ich qiymatini asta-sekin eskirishini hisoblash
yo‘li bilan mahsulot tannarxiga o‘tkazib boradi. Aylanma mablag‘lar esa bir ishlab chiqarish
jarayonida o‘z qiymatini yangidan yaratilgan mahsulotga to‘liq o‘tkazib boradi.
Korxona mablag‘larining o‘zgarishiga, birinchidan, mablag‘ bilan ta’minlash darajasi
ta’sir qilsa, ikkinchidan, uning tashkiliy tuzilishi ta’sir qiladi. Mablag‘lar holatidagi
o‘zgarish, o‘z navbatida, xo‘jalik mablag‘larining joylanishiga va ularning tashkil topish
manbalariga ham bog‘liqdir. Buxgalteriya hisobida korxonaga taalluqli bo‘lgan mablag‘lar
holati ularning turlari bo‘yicha natural va pul o‘lchov birliklarida hisob-kitob qilinadi.
Buning uchun buxgalteriya hisobi schotlaridan foydalaniladi. Har bir schotda bir turli
mablag‘lar harakati hisobga olinadi.
12
Misol uchun: «Kassa» schotini olaylik, bu schotda faqat kassadagi pul mablag‘larining
harakati, ya’ni kirimchiqim hisobga olinadi. Boshqa pul mablag‘larining harakati «Kassa»
schotida ko‘rsatilmaydi.
Har bir schot ikki tomondan tashkil topgan. Schotning tuzilishi quyidagicha:
Debet
Schot
Kredit
O‘z navbatida, schotlar sintetik va analitik schotlarga bo‘linadi. Sintetik schotlarda
mablag‘larning harakati faqat pul o‘lchov birliklarida ko‘rsatilsa, analitik schotlarda
mablag‘ning nomi, o‘lchov birligi, miqdori va summasi ko‘rsatiladi.
O‘zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishi bilan xalqning asrlar davomidagi
orzusi amalga oshdi. O‘tgan qisqa vaqtda Mustaqil O‘zbekiston har tomonlama iqtisodiy
islohotlarni ishlab chiqish, uni hayotga tatbiq qilish bilan dunyo davlatlari o‘rtasida o‘z
iqtisodiy-sotsial tamoyillari bilan faoliyat ko‘rsatmoqda.
Respublika miqyosida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar bevosita Prezidentimiz
tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyil asosida olib borilmoqda. Iqtisodiy islohotlarni
bosqichma-bosqich amalga oshirish har bir sohada bozor iqtisodiyoti talablari asosida
faoliyat ko‘rsatishni, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni talab qiladi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayoni bevosita mulkni davlat tasarrufidan chiqarish,
mulkka bo‘lgan munosabatning o‘zgarishi bilan bog‘liq holda olib borildi, axborot tizimiga
bo‘lgan munosabat o‘zgardi.
Axborotlar yig‘ish, ularni qayta ishlash, mavjud tovar va moddiy qiymatlar to‘liqligini
ta’minlashda, mablag‘lar harakatini tartibga solishda buxgalteriya hisobi alohida ahamiyat
kasb etadi. Shuning uchun bir iqtisodiy tizimdan ikkinchisiga o‘tish buxgalteriya hisobida
tegishli o‘zgarishlarga olib keladi. Bu o‘zgarishlar respublika miqyosida buxgalteriya hisobi
holatining milliy standartlarini ishlab chiqishni talab qildi. Bu talabni bajarish uchun
respublikam izda „Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida“ Qonun, „M ahsulot (ish, xizmat)
Do'stlaringiz bilan baham: |