192
muassasaning hisobot davridagi mulkiy va moliyaviy hola-
ti, xo‘jalik faoliyatining natijalari o‘sib boruvchi yakun
bilan aks ettiriladi“ deb ko‘rsatilgandir. Mulk shaklidan
qat’i nazar korxonaning hisobot yili deb 1-yanvardan 31-
dekabrgacha bo‘lgan davr olinadi.
Buxgalteriya hisobotida yoritilgan axborotlar sintetik
va analitik schotlardagi ma’lumotlarga asoslanadi.
Hozirgi korxona va tashkilotlarda buxgalteriya hisobo-
tini tuzishda schotlardagi yozuvlar belgilangan hisobot
davrining oxiriga har bir schotning qoldig‘i ko‘rsatiladi.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan mulkiy, iqtiso-
diy, ijtimoiy o‘zgarishlar tegishli hisobotlarda o‘z ifoda-
sini topadi va boshqarish uslubini sodda va ma’lumotlar
bilan ta’minlash uchun asos yaratadi.
Iqtisodiy ma’lumotlarni tartibga solish hisobot davri-
dagi moliyaviy holatni aniqlash, xo‘jalik faoliyatidagi son
va sifat o‘zgarishlarni umumlashtirishda hisobot alohida
ahamiyatlidir.
Operativ hisobot ma’lum bir vaqt birligidagi kuzatil-
gan voqea va hodisalarning holatini
umumlashtirishda keng
foydalaniladi. Operativ hisobot ma’lumotlari uzluksiz
tarzda olib borilmaydi.
Statistika hisoboti, asosan, bir turli xo‘jalik faoliyati-
dagi o‘zgarishlarini o‘zida ifoda etadi. Statistika hisobotida-
gi natura o‘lchov birliklaridan foydalaniladi.
Buxgalteriya hisobotining yuqoridagi hisobot turlaridan
farqi shundaki,
birinchidan, turli o‘lchov birliklaridan
foydalanib pul ifodasida ko‘rsatilishi bo‘lsa,
ikkinchidan,
uzluksiz ketma-ketligi bilan ajralib turadi.
Buxgalteriya hisobotida ko‘rsatilgan ma’lumotlar
korxona va tashkilotlar bilan bog‘liq bo‘lib, ularning holatini
belgilangan (chorak, yil) hisobot davriga umumlashtirib
beradi.
Buxgalteriya hisobotining mablag‘lar holati hisobot
davrining boshiga va oxiriga bo‘lgan qoldiqlari bo‘yicha
ko‘rsatiladi.
193
Korxona va tashkilotlarda buxgalteriya hisoboti tuzili-
shiga qarab ichki va tashqi hisobotlarga bo‘linadi. Ichki
hisobotlardagi ma’lumotlar shu tashkilot bo‘limlari xo‘jalik
faoliyatidan olinadi va umumlashtiriladi hamda korxona-
ning o‘zida foydalaniladi. Misol uchun, moddiy javobgar
shaxslarning tovar hisoboti, kassir hisoboti ichki hisobot-
larga kiradi. Тashqi hisobot mazmuni bo‘yicha ichki
hisobotdan farq qilib, uning shakli, tuzish muddatlari,
ko‘rib chiqish tartibi davlat tomonidan belgilanadi.
Buxgalteriya hisobotida korxona va tashkilotlarning
xo‘jalik faoliyati to‘liq hisobot davri bo‘yicha umumlashtirib
ko‘rsatiladi. Buxgalteriya hisobotida ko‘rsatilgan ma’lu-
motlar,
birinchi navbatda, hujjatlar bilan asoslangan
xo‘jalik faoliyatidan
kelib chiqqan, tegishli hisob reyestr-
larida aks ettirilgan ikki yoqlama yozuv bilan asoslangan,
xo‘jalik operatsiyalarini ifodalash
yordamida shakllanadi,
Do'stlaringiz bilan baham: