9.2. MOLIYAVIY HISOBOT DAVRI VA UNI TOPSHIRISH
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan tuziladigan va tegishli organlarga topshiriladigan moliyaviy hisobotlar 1 - BHMS bilan tartibga olinadi. Moliyaviy hisobotlarda quyidagi axborotlar to’lik aks ettirilishi kerak:
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning nomi, mulkchilik shakli, yuridik manzili, identifikatsiyalangan nomeri va sub’ektni aniqlab olish uchun zarur bo’ladigan boshqa rekvizitlar;
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning nomi, mulkchilik shakli, yuridik manzili, indentifikatsiyalangan nomeri va sub’ektni aniqlab olish uchun zarur bo’ladigan boshqa rekvizitlar;
Moliyaviy hisobot bir korxonanikimi yoki bir guruh korxonanikimi;
Hisobot sanasi yoki moliyaviy hisobotlar qaysi davarni o’z ichiga olishi;
Topshirilgan hisobot ahborotlarini to’g’ri tushunish uchun quyidiga rekvizitlar keltirilishi lozim;
Moliyaviy hisobotda qo’llanilgan valyuta turi;
Hisobotda foydalanilgan raqamlarning aniqlik darajasi, masalan, keltirilgan raqamlar ming hisobida yoki million hisobida ekanligi va h.k.
Moliyaviy hisobotning hisobot davri bo’lib 1 yanvardan 31 -dekabrgacha bo’lgan kalendar yil hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi . Qonunnig 18 - moddasiga binoan agar yuridik shaxs 1 - oktyabrdan qat’iy ro’yxatdan o’tkazilgan bo’lsa, birinchi hisobot yili keyingi yilning 31 - dekabrda tugaydi. Moliyaviy hisobot qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda kalendar yilidan tashqari oylik yoki choraklik qilib ham topshiriladi.
Moliyaviy hisobotlar uchun hisobot sanasi bo’lib hisobot davrining oxirgi kuni hisoblanadi. Chunonchi, sub’ektning yillik buxgalteriya balansi uchun hisobot sanasi bo’lib 31 - dekabr hisoblanadi, moliyaviy natijalar, to’g’risidagi yilik hisobot uchun hisobot davri bo’lib 1 - yanvardan 31 - dekabrgacha hisoblanadi.
Moliyaviy hisobot quyidagi organlarga topshirladi:
Sub’ekt mulkdorlariga (davlat mulkni boshqarish vakolati berilgan organlarga, ta’sischilarga, qatnashuvchilarga binoan);
Davlat statistika organlariga;
Qonunchilika binoan boshqa organlarga.
Xo’jalik yurituchi sub’ektlar moliyaviy hisobotlarini keyingi yilning 15 - fevraldan kechiktirmasdan topshirishlari kerak.
Ayrim Vazirliklar idoralar va boshqa boshqaruv organlari uchun O’zbekiston Respublikasi hisobot topshirishni boshqa muddatlarini belgilash mumkin.
Bir shaharda joylashgan sub’ektlar uchun moliyaviy hisobotni topshirgan kuni deb uni tegishli joyga haqiqiy taqdim etgan kuni hisoblanadi. Boshqa shaharlarda joylashgan sub’ektlar uchun moliyaviy hisobotni pochta orqali jo’natgan kuni hisoblanadi (bu kun pochta korxonasini qo’ygan shtampasida ma’lum).
Basharti hisobotni jo’natgan sana dam olish kuniga to’g’ri kelsa, hisobot topshirish sanasi dam olsh kundan keyingi kunga ko’chiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |