Xo‘jalik hisobi turlarida qo‘llaniladigan o‘lchov birliklari
4. Hisobning har bir turi bir xil xo‘jalik operatsiyasini turli vaziyatlarda ko‘rib chiqadi, bu esa ayrim bosqichlarda uning foydalanuvchilarini qiziqtiradigan axborot oqimlarining kesishishini istisno qilmaydi. Bunga erishish hisobning barcha turlariga hos bo‘lgan muhim xususiyat, ya’ni bir xil o‘lchovlardan: natura, mehnat va pul o‘lchovlaridan foydalanish tufayli mumkin bo‘ladi.
Hisob ishlarida qo‘llaniladigan o‘lchov birliklaridan alohida-alohida foydalanish mumkin.
Shunday xo‘jalik jarayonlari amalga oshiriladiki, ularda bir vaqtda natural va pul o‘lchov birliklaridan foydalaniladi. O‘lchov birliklarini qo‘llash birinchidan hisob turiga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan amalga oshirilayotgan xo‘jalik jarayoniga ham bog‘liqdir. Hisob turlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘lchov birliklaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Buxgalteriya hisobi fanining predmeti va metodi
5. buxgalteriya hisobining predmeti korxonaning pul ifodasida aks ettiriladigan xo’jalik mablag’lari, shu mablag’lar manbalari, ularning xo’jalik faoliyati va moliyaviy natijalaridir.Korxonani xo‘jalik mablag‘lari va ularni tashkil topish manbalarini, ularni xo‘jalik jarayonlari natijasida o‘zgarib borishlarini yoppasiga, uzluksiz, qonun-qoidalarga asosan hujjatlarda to‘liq, aniq, to‘g‘ri aks ettirib borishdir;
Hujjatlashtirish, ikkiyoqlama yozuv, baholash, kalkulyatsiya, inventarizatsiya, schyotlar tizimi, balans, hisobot
Buxgalteriya hisobining funktsiya va vazifalari
6. Tahliliy, Axborot, Nazorat, Mulkning butligini ta’minlash;
buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish
Buxgalteriya hisobining obyektlari va subyektlari
7.Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar,
daromadlar va xarajatlar foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan
bogliq xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir.
Buxgalteriya hisobining obyektlari jamlama schyotlarda aks ettiriladi.
Analitik hisobni yuritish tartibi buxgalteriya hisobi subyekti tomonidan
mustaqil ravishda belgilanadi.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O‘zbekiston Res-
publikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning O‘zbekiston
Respublikasi hududida hamda undan tashqarida joylashgan shu’ba
korxonalari, filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari
buxgalteriya hisobi subyektlaridir.
Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugul-
lanuvchi shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda buxgalteriya
hisobini yuritadi va buxgalteriya (moliya) hisobotini taqdim etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |