Yarim tayyor mahsulotli usuldahar bir oldingi qayta ishlangan mahsulot keyingi qayta ishlov uchun yarim tayyor mahsulot hisoblanadi va u tashqariga sotilishi mumkin. Bu yarim tayyor mahsulotlarni haqiqiy, normativ yoki rejali tannarx bo‘yicha, hisob-kitob yoki mahsulotni sotish baholari bo‘yicha baholash zaruratini belgilaydi.Bu variantda yarim tayyor mahsulotlar qiymati alohida 2100 - “O‘zi ishlab chiqargan yarim tayyor mahsulotlar” nomli aktiv schyotda aks ettiriladi.
Yarim tayyor mahsulotsiz usulda har bir qayta ishlov bo‘yicha, asosan, faqat ishlov berishga ketgan xarajatlar olinadi. Tayyor mahsulot tannarxi xomashyo, dastlabki materiallar xarajatlari, barcha qayta ishlash xarajatlari va boshqa ishlab chiqarish xarajatlarini umumlashtirish bilan aniqlanadi. Bunda faqat tayyor mahsulot tannarxi kalkulyatsiya qilinadi.
Misol. Korxona erkaklar poyafzali ishlab chiqaradi. Ishlab chiqarish uchta jarayonda tashkil etilgan. Quyidagi ma’lumotlar mavjud:
-hisobot davrining birinchi choragida 1500 dona mahsulot ishlab chiqarilgan;
-dastlabki ishlov uchun xomashyo va materiallar sarflangan - 8400000 so‘m;
-oraliq mahsulotlarga xarajatlar qilindi - 2400000 so‘m;
-tayyor mahsulot holiga keltirish uchun mablag‘lar sarflandi - 1200000 so‘m.
Bunda jarayonlar bo‘yicha tannarx aniqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1-jarayon - 8400000/1500=5600
2-jarayon - 2400000/1500=1600
3-jarayon - 1200000/1500=800
Jami: 12000000/1500=8000.
Yuqoridagihisob-kitoblardanko‘rinibturibdiki, birbirlikmahsulotninghaqiqiytannarxi 8000 so‘mnitashkiletadi.
Mahsulot birligiga sarflarni aniqlash uchun qilingan barcha ishlab chiqarish xarajatlarini ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga taqsimlash lozim. Mahsulot birligiga xarajatlar boshqa jarayonga (bo’linmaga) berilgan mahsulotga va davr oxirida jarayon zahirasidagi (shu bo’linmadagi) mahsulotga xarajatlarni o’tkazish uchun bazadir. Tugallanmagan ishlab chiqarish bo’lmaganda, ya’ni jarayonga kiritilgan barcha mahsulot birliklariga ma’lum davrda ishlov berish tugallangan bo’lganda hisoblar oson bo’lar edi. Amalda davr boshida (oxirida) mahsulotga ishlov berish qisman tugallangan hamda, tugallanmagan birliklarga ham taqsimlanishi kerak.Bunda ommaviy ishlab chiqarish korxonalarida hisobot davri boshlanishida va oxirida hamisha bo’ladigan tugallanmagan ishlab chiqarish shartli tugallangan buyumga aylantirib hisoblanadi. Bu miqdor quyidagi summaga tenglashtiriladi:
Mazkur hisobot davrida boshlangan va tugallangan buyumlarning umumiy miqdoriga;
Hisobot davri boshida va oxirida tugallanmagan ishlab chiqarish ustida bajarilgan ishlar aks ettiruvchi yig’masiga teng bo’ladi.
Tannarxni jarayonlar bo’yicha kalkulyatsiya qilish usulida bevosita material sarflar buyumni ishlab chiqarishga kiritish paytida amalga oshadi, bevosita mehnat xarajatlari va umumiy ishlab chiqarish sarflari ishlov berish xarajatlari deb atalgan guruhga birlashtiriladi hamda butun ishlab chiqarish bosqichi davomida baravar (bir maromda) taqsimlanadi. Shu sababli materiallar bo’yicha shartli birliklar ishlov berish bo’yicha shartli birliklar miqdoridan farq qiladi.Barcha ishlab chiqarish faqat tugallangan birlikka olib borganda, ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan birliklar miqdori hisoblab chiqiladi. Masalan, davr oxirida tugallanmagan ishlab chiqarishda 1000ta mahsulot birligi bo’lsa va 80 %iga ishlov berish tugallangan bo’lsa, ekvivalent ishlab chiqarish 800 birlikni tashkil qiladi (1000 x 80 %).
Ekvivalent ishlab chiqarish materiallar va qo’shilgan xarajatlarbo’yicha alohida hisoblanadi.Masalan, davr oxirida tugallanmagan ishlab chiqarishda 1000ta birlik bo’lib, 90 % materiallar bo’yicha tugallangan va 50 % qo’shilgan xarajatlar bilan tugallangan bo’lsa, materiallar bo’yicha ishlab chiqarish ekvivalenti 900 birlikni (1000 x 90 %) va qo’shilgan xarajatlar bo’yicha 500 birlikni (1000 x 50 %) tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari o’rtacha tortilgan usuldan va FIFO usulidan foydalanib, tugallanmagan ishlab chiqarishga, tayyor mahsulotga, sotilgan mahsulotning tannarxiga o’tkaziladi.
O’rtacha tortilgan usul hisobot davridagi ishlab chiqarish xarajatlarini davr boshidagi tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari bilan o’rtacha miqdorga keltiradi. Ekvivalent ishlab chiqarish davr davomida tugallangan mahsulot birliklarini tugallanmagan ishlab chiqarishdagi ekvivalent birliklarini qo’shish bilan aniqlanadi. So’ngra umumiy xarajatlar (davr boshidagi tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari va joriy xarajatlar) mahsulot birligiga xarajatlarni aniqlash uchun ekvivalent birliklarga taqsimlanadi.
FIFO usuli tugallanmagan ishlab chiqarishdagi buyumlar davr boshida tugallanishini, so’ngra yangi buyumlar ishlab chiqarishga kiritilishini nazarda tutadi. FIFO usuli tushunish uchun murakkab bo’lsa ham o’rtacha tortilgan usulga nisbatan aniqroq natija beradi, eng muhimi esa, haqiqiy shart-sharoitga asoslanadi. Bunday yondashuv davr davomida ekvivalent birliklarni ishlab chiqarish natijasida vujudga kelgan joriy xarajatlarni taqsimlashga olib keladi.
Mahsulot birligi ishlab chiqarishga xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlarini qiymаt (so‘m) ko‘rinishida yalpi mahsulot hаjmiga bo‘lish yo‘li bilan аniqlаnаdi. Ma’lumotlar manbalariga bog‘liq holda hisоb-kitоblari asosida xo‘jalik faoliyati bo‘yicha yil охirida kаlkulyatsiya qilinаdi. U аlоhida ishlab chiqarish jarayonlarining ish natijalarini baholаshga imkоn beradi.
Mahsulot tannarxi turli ishlab chiqarish maqsadlari bo‘lgan xarajatlarning bir qancha turidan yarаtilаdi. Xarаjаt turlari ularning umumiy summаsiga fоizli nisbаti tаnnаrх strukturаsini bildirаdi. Ular korxonaning iхtisоsiga, uning tехnik jihоzlаnganligi va ishlab chiqarishni tashkil etishiga bog‘liq. Tаnnаrх strukturаsining tahlili foydalаnilаyotgan resurslarni оchish va xarajatlarni kamaytirish yo‘llarini bеlgilаb beradi.
Tаnnаrхni kаlkulyatsiya qilish bu mahsulot ishlab chiqarish va rеаlizаtsiya qilish, ish xizmatga qilingan xarajatlarning puldagi ifоdasini hisoblash tizimi.
Jarayonli kalkulyatsiyadan odatda ishlov berishning bir necha bosqichidan o’tadigan bir xil mahsulotlar uchun foydalaniladi.
Bu usulda xarajatlar hisobot davrida alohida bo’linmalar bo’yicha yoki ma’lum vaqt davomidagi jarayonga to’planadi. Har bir bo’linma uchun “Tugallanmagan ishlab chiqarish” schyoti ochiladi. Mahsulot birligiga ishlov berilib tayyor bo’lganga qadar u bir necha bo’linma yoki jarayondan o’tadi. Har bir bo’linmada xarajatlar mahsulotga o’tkaziladi. Ishlab chiqarish jarayonining oxirida ushbu xarajatlar mahsulot birligiga ketgan umumiy xarajatlarni aniqlash uchun jamlanadi.
Quyidagi misol yordamida hisoblashning jarayonli usuli mohiyati va jadvallar tahlilini ko‘rib chiqamiz.
Misol. Plastmassa o‘yinchoqlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan xo‘jalik yurituvchi subyekt ikkita jarayon orqali mahsulotni tayyor holatga keltiradi: shaklga keltirish (A sexida) va qayta ishlash (V sexida). A sexida ishlab chiqarish jarayonining boshlanishi bilan asosiy materiallar ishlatiladi. Qo‘shilgan xarajatlar har ikki sexda ham ishlab chiqarish jarayonida teng taqsimlanadi. A sexida shaklga keltirilgan tugallangan yarim fabrikatlar V sexiga o‘tkaziladi. V sexida qayta ishlangan o‘yinchoqlar omborga topshiriladi. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq qo‘shimcha ma’lumotlar quyidagi jadvalda berilgan:
1-jadval
-
Hisobot davri boshida tugallanmagan ishlab chiqarish
|
|
15 ming dona
|
Materiallar, ming so‘m
|
600,0
|
|
Qo‘shilgan xarajatlar (40% ga tugatilgan), ming so‘m
|
166,5
|
766,5
|
Hisobot oyi davomida ishlab chiqarilgan, ming dona
|
|
72,0
|
Hisobot oyida qayta ishlash boshlangan
|
|
60,0
|
Belgilangan muddat yakunida asosiy ishlab chiqarish (50% ga tugatilgan), ming so‘m
|
|
3,0
|
Hisobot oyida asosiy materiallar berilgan, ming so‘m
|
|
3300,0
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |