Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


O‘zbekiston Respublikasi banklari buxgalteriya xodimlarining asosiy vazifalari



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/269
Sana31.12.2021
Hajmi2,41 Mb.
#266838
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   269
Bog'liq
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika (1)

 
O‘zbekiston Respublikasi banklari buxgalteriya xodimlarining asosiy vazifalari 
R O‘ Y X A T I 
 
Buxgalteriya xodimining vazifalari quyidagilar: 
1. Buxgalteriya xodimi tomonidan yuritiladigan hisobvaraqlar bo„yicha bank 
mijozlari  va  xodimlaridan  qabul  qilingan  hisob-kitob-pul  hujjatlariga  tegishli  ish-
lov berish. 
Taqdim etilgan hujjatlar bo„yicha naqd pul mablag„lari yoki boshqa boylik-
larning o„tkazilishi yoxud berilishi mumkinligini bu mablag„lar olinishi kerak bo„l-
gan hisobvaraqning ahvoliga qarab tekshirish (mazkur hisobvaraqqa qo„yilgan da‟vo-
lar  hamda  to„lovlarning  belgilangan  tartibini  hisobga  olgan  holda  depozit  hisob-
varag„idagi bo„sh mablag„ qoldiqlari yetarli yoki yetarli emasligi tekshiriladi). 
2.  Kelib  tushgan  barcha  hisob-kitob  hujjatlari  bo„yicha  amalga  oshirilgan 
operatsiyalar  qonuniyligi,  hamda  ular  kreditlash  va  hisob-kitob  qilish  qoidalariga 
muvofiqligi,  shuningdek  mazkur  mijozning  ustavi  (nizomi)da  ko„zda  tutilgan 
faoliyat turiga muvofiqligi nuqtayi nazaridan tekshirish. 
Xususan,  hujjat  matnida  to„lovlar  maqsadi  ko„rsatilgani  (istisno  etiladigan 
holatlardan  tashqari),  operatsiya  hisobvaraqlarning  debeti  bo„yicha  ham,  krediti 
bo„yicha  ham  mijoz  faoliyati  harakteriga,  hamda  mazkur  hisobvaraq  maqsadiga 
mos kelishi tekshiriladi; 
– tovarlar va xizmatlar haqini to„lash uchun yozilgan to„lov talabnomalari, 
to„lov  topshiriqnomalari  va  hisob-kitob  cheklarida  tovar-transport  hujjatlarining 
yoki ular o„rnini bosuvchi boshqa hujjatlarning nomerlari, hamda ulardagi summa-
lar ko„rsatilganligi tekshiriladi; 
–  to„lov  topshiriqnomalarida  davriy  to„lovlar  bo„yicha  hisob-kitob  qilish 
to„g„risidagi bitim sanasi qayd etilgani, qarzlar berish va qarz hisobvaraqlarni tar-
tibga solish bilan hujjatlarda bank rahbari yoki u vakolat bergan shaxsning ustxat-
lari borligi tekshirladi. 
3. Akkreditivlar bilan hisob-kitob qilinayotganda barcha hujjatlarning akkre-
ditivlar  shartlariga  mosligini  tekshiriladi.  Cheklar,  to„lov  va  inkasso  topshiriqno-
malari,  to„lov  talabnomalari  va  ularga  ilova  qilingan  tovar-transport  hujjatlari 
yohud  ularning  o„rnini  bosuvchi  boshqa  hujjatlar  to„g„ri  rasmiylashtirilganligi 
hamda  bu  hujjatlar  belgilangan  shakldagi  blanklarda  tuzilganini,  ularning  ko„zda 
tutilgan barcha rekvizitlari to„g„ri to„ldirilganligi tekshiriladi; 
–  raqam  va  so„z  bilan  yozilgan summalarda  tuzatish va qo„shimcha  raqam 
kiritish  alomatlari  yo„qligi,  qo„shimcha  raqam  yozilmasligi  uchun  cheklardagi 
bo„sh o„rinlarga chiziq tortilganligi
– hujjatning qo„shimcha nusxalarining birinchi nusxasiga mos kelishi hujjat-
da belgilangan tartibda imzolar va muhr izi borligi, ularning oldindan berilgan na-
munalarga mosligi; 


 
250 
– to„lanishi lozim bo„lgan taqdim etilgan cheklar nomerlarining imzolar na-
munalari qo„yilgan kartochkalardagi qayd etilgan nomerlarga yoki mazkur mijozga 
berilgan chek daftarchalari qayd etish kartochkasiga to„g„ri kelishi; 
–  egasi  ko„rsatilgan  cheklar  yoki  chiqim  orderida  oluvchining  pasportini 
ko„rsatgani to„g„risidagi yozuvning to„g„riligi, pul va boshqa qimmatliklar olingani 
to„g„risida  egasi  ko„rsatilgan  cheklardagi  chiqim  kassa  orderlaridagi  va  boshqa 
hujjatlardagi tilxatning mavjudligi hamda bu yozilgan tilxatlarning haqiqiyligi. 
4. Mijozlarning ish haqi to„g„risidagi taqdim etgan ma‟lumotnomalari to„g„ri 
rasmiylashtirilganligini tekshirish. Mablag„lar belgilangan hajm doirasida berilishini 
nazorat qilish, ish haqi to„lash uchun berilgan mablag„lar hisobini yuritish. Mijoz-
larga  ish  haqi  grafik  bo„yicha  to„lanish  muddatlariga  rioya  etilishini,  ishchi  va 
xizmatchilarning ish haqidan ushlab qolingan soliqlar, shuningdek, davlat ijtimoiy 
sug„urtasi bo„yicha to„lovlar summalari o„tkazilishini nazorat qilish. 
5.  Ma‟lum  bir  operatsiyalarni  boshlab  bergan  buxgalteriyaning  boshqa  xo-
dimlari imzolarini, zarur bo„lgan hollarda tegishli nazoratchi xodimlarning ulardan 
kelayotgan hujjatlardagi imzolarini oldindan belgilangan namunalarga solishtirish, 
shuningdek, ularda shaxsiy hisobvaraqlarning raqamlari qonuniy ravishda o„zgarti-
rilganligini  va  to„g„ri  rasmiylashtirilganligini  tekshirish.  Buxgalteriyaning  boshqa 
xodimlaridan  kelib  tushgan  hujjatlarning  shakllari  bajarilayotgan  operatsiyalar 
turiga  mos  kelishini,  xususan,  mazkur  operatsiyalarni  hisobvaraqlar  krediti 
bo„yicha  rasmiylashtirish  qoidalarida  ko„zda  tutilmagan  buxgalteriya  yozuvlari 
uchun  ma‟lumotnomalar  tegishli  hujjatlarning  (ya‟ni  to„lov  talabnomalari,  to„lov 
topshi-riqnomalari,  kirim-chiqim  orderlari  va  shu  kabilar)  nusxalari  o„rniga 
berilmayotga-nini tekshirish. 
6. Kassadan kelgan kirim hujjatlaridagi kassirlar imzolarini namunalarga qa-
rab tekshirish. 
7. Mijozlarga  o„rnatilgan tartibda berilgan naqd pul va hisob-kitob cheklari 
raqamlarini tegishli kartochkalarda qayd etish va ularning amal qilish muddatlarini 
tekshirish. 
8. Ijro uchun qabul qilingan va ijrochining o„zi tuzgan hujjatlarni imzolash. 
9. “Ko„zda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlarida hisobga  olinadigan hisob-
kitob-pul hujjatlari kartochkalarini yuritish. 
10. Mijozlarning hisobvaraqlaridan ularga qo„yilgan (talabnomalar) da‟volar 
summalarini  amaldagi  qonunchilikka  binoan  to„lov  navbatiga  rioya  etgan  holda 
belgilangan muddatlarda chiqarib olish. 
11. Xizmat ko„rsatiladigan mijozlar bo„yicha inkasso hujjatlari kartotekalari-
ni yuritish. 
12. Oldindan akseptlanib, inkasso tartibida to„lab beriladigan hujjatlar sum-
malarining  to„lanish muddatlarini, shuningdek zarur hollarda xalqaro hisob-kitob-
larda qo„llaniladigan hujjatlarda valutalash muddatlarini belgilash. 
13.  Xorijiy  banklar  va  mijozlarning  topshiriqnomalariga  binoan  bajariladi-
gan valuta operatsiyalari uchun vositachilik haqi, xalqaro telegraf va pochta jo„nat-
malari uchun qilinadigan xarajatlar o„rnini qoplash summalari, shuningdek, hujjat-


 
251 
lar  haqini  to„lash  yoki  qarzlarni  qaytarish  muddatlari  kechikkan  uchun  penyalar, 
hamda foizlar summalarini hisoblash. 
14.  Shaxsiy  hisobvaraqlardagi  yozuvlar  to„g„riligini  tekshirish.  Shaxsiy  hi-
sobvaraqlardagi  yozuvlar  to„g„ri  aks  ettirilgani  hisobvaraq  debeti  bo„yicha  bu 
yozuvlar uchun  asos bo„lgan  asl nusxadagi  hujjatlarga qarab, kredit bo„yicha  esa, 
kelib tushgan hujjatlarning elektron nusxalariga qarab tekshiriladi. 
15. Hisobvaraqdagi mablag„lar to„g„risidagi ko„chirmalar bilan birga berila-
digan ilovalarni rasmiylashtirish, abonent qutilari orqali bevosita mijozlarga shax-
siy  hisobvaraqlardan  ko„chirmalar  berish  yoki  ularni  mijozlarga  jo„natish  uchun 
ekspedisiya bo„limiga topshirish. 
16.  Ikkinchi  tartibli  talab  qilib  olinguncha  (sub)  hisobvaraqlaridagi  qoldiq-
larni belgilangan muddatlarda asosiy hisobvaraqqa o„tkazish. 
17.  Joriy  oydagi  shaxsiy  hisobvaraqlar  ma‟lumotlarini  yig„ish  va  saqlash 
hamda ularni joriy arxivga o„z vaqtida topshirish. 
18. Bajarilgan operatsiyalar bo„yicha belgilangan hisobotlarni tuzish. 
19. Mijozlar va boshqa banklarning bajarilayotgan operatsiyaga hamda maz-
kur bankda xizmat ko„rsatilayotgan mijozlarga doir xatlar va reklamalarini ijro etish. 
20. Hujjatlar aylanish grafigiga hamda mijozlarga xizmat ko„rsatish grafigi-
ga rioya etilishi. 
 


 
252 
4-ilova 
 
Bank hisob raqami №________ 
 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish