Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


Buxgalteriya operatsiyalarni dastlabki nazoratdan o„tkazish



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/198
Sana29.04.2022
Hajmi2,41 Mb.
#589491
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   198
Bog'liq
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika

 
Buxgalteriya operatsiyalarni dastlabki nazoratdan o„tkazish 
Dastlabki nazorat agar bank tarkibiy tuzilmasi Front-ofis va Bek-
ofisga bo„lingan bo„lsa, Front-ofis xodimlari, buxgalteriya apparati bir 
butun yaxlit bo„lgan hollarda mas‟ul ijrochi buxgalter tomonidan 
operatsiyalarni bajarmasdan oldin ularning bankning ichki siyosatiga 
hamda amaldagi qonunchilikka mos ekanligini ta‟minlash maqsadida 
amalga oshiriladi. Agar operatsiyalar xorijiy valutada xalqaro shartnoma-
lar asosida amalga oshirilsa, shartnoma shartlariga rioya qilinishi lozim. 
Mijozlardan pul hisob-kitob hujjatlarini qabul qilishda ularning 
O„zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me‟yoriy-huquqiy hujjat-
larida belgilangan shakldagi blankda yozilib to„g„ri rasmiylashtiril-
ganligi, barcha rekvizitlar to„liq va to„g„ri to„ldirilganligi, ushbu pul 
hisob-kitob hujjatlarida bo„yash, chizish va tuzatishga yo„l qo„yilmagan-
ligi, shu jumladan, hisobvaraqni tasarruf etuvchilarning imzolari va 
muhr izi taqdim etilgan namunalarga mos kelishi tekshiriladi.
Agar mijoz taqdim qilgan pul hisob-kitob hujjatlarida belgilangan 
talablarga zid kamchilik va nuqsonlar aniqlansa, to„lov hujjatlari mijoz-


56 
ga ijroga qabul qilinmasdan qaytarilishi lozim. Summasi, mijozlar nomi 
va ularning hisobvaraqlari raqami o„zgartirilgan to„lov hujjatlari, hatto 
mijozlar tomonidan o„zaro kelishilgan tartibda tuzatish kiritilgan bo„lsa 
ham ijro uchun qabul qilinmaydi.
To„lov talabnomalari sanasi bank qabul qilgan sanaga mos tusha-
digan reyestri bor bo„lgan holatda inkassoga qabul qilinadi. 
Agarda bank hisobvarag„i shartnomasida boshqacha tartib ko„zda 
tutilmagan bo„lsa, to„lov topshiriqnomasi bank tomonidan mijozning ta-
lab qilib olguncha depozit hisobvarag„ida to„lov uchun yetarli mablag„-
lar mavjud bo„lgandagina qabul qilinadi. Budjetga va budjetdan tashqari 
jamg„armalarga to„lovlar bo„yicha taqdim qilingan to„lov topshiriq-
nomalari mijozning hisobvarag„ida to„lov uchun yetarli mablag„lar mav-
jud bo„lmaganda 2-son kartotekaga kirim qilinadi. 
To„lov topshiriqnomalari va naqd pulni qo„yish uchun foydalanila-
digan e‟lonlarning sanasi uni bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil 
bo„lishi kerak, aks holda ular ijro uchun qabul qilinmaydi (oldingi ish 
kunida “kechki” muhri bilan hamda budjet va budjetdan tashqari jam-
g„armalarga to„lovlar uchun qabul qilingan to„lov topshiriqnomalari 
bundan mustasno).
Mas‟ul ijrochi buxgalter yoki Front-ofis xodimi to„lov hujjati nus-
xalarini imzolashdan oldin, ularni solishtirib, o„zaro bir xilligiga ishonch 
hosil qilishi lozim. Shundan so„ng, ijro etish sanasi ko„rsatilgan holda 
mas‟ul xodim imzosi bilan tasdiqlangan va unga biriktirilgan bank 
shtampi qo„yilgan hujjatning oxirgi nusxasi mijozga qaytariladi. Ushbu 
nusxa hujjatlar ijro uchun qabul qilinganini tasdiqlovchi tilxat vazifasini 
bajaradi. 
Naqd pulni berishda ishlatiladigan cheklar to„ldirilgan kundan 
boshlab, (to„ldirilgan kunni hisobga olmagan va hujjatda ko„rsatilgan 
sana to„g„rilanmagan holda) 10 kalendar kun davomida bank tomonidan 
qabul qilinadi. Mas‟ul xodim qabul qilingan naqd pul chekining sanasi, 
chekni topshirgan xo„jalik subyektining nomi va hisobvaraq raqamini, 
olinadigan mablag„ning raqam va so„z bilan yozilgan summasini 
tekshiradi, chekdagi imzolar va muhr izini o„zidagi imzo namunalari 
bilan solishtiradi. Shuningdek, naqd pul cheklarini belgilangan tartibda 
rasmiylashtirilganligini tekshirib chiqadi.
Front-ofis xodimi yoki mas‟ul ijrochi buxgalter mijozlardan qabul 
qilingan barcha pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalariga asosan 
ma‟lumotlarni dasturga kiritadi va to„lov hujjatlarini imzolab, elektron 


57 
to„lov tizimi orqali ularni joriy nazoratdan o„tkazish uchun Bek-ofis 
yoki nazoratchi buxgalterga yuboradi.

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish