Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


dav- lat ro„yxatidan o„tganligi to„g„risida guvohnoma



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/198
Sana29.04.2022
Hajmi2,41 Mb.
#589491
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   198
Bog'liq
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika

dav-
lat ro„yxatidan o„tganligi to„g„risida guvohnoma
taqdim etiladi. 
Bankka bu hujjatning notarial idoralar tomonidan tasdiqlangan nusxasi 
yoki qonunchilikda belgilangan tartibda ro„yxatdan o„tkazgan idora to-
monidan tasdiqlangan nusxasi topshirilishi lozim. Guvohnomada xo„jalik 
yurituvchi subyektning mulkchilik shakli, tarmoq kodi, soliq to„lovchiga 
biriktirilgan identifikatsiya raqami, xo„jalikning tashkiliy-huquqiy shakli, 
pochta manzili, yuridik shaxs kodi kabi rekvizitlari ko„rsatiladi. 
Barcha tashkilotlar, shuningdek, ularning xo„jalik hisobida ishla-
maydigan bo„linmalariga hisobvaraq ochilayotganida ular bankka imzo-
lar va 
muhr izi namunalari qo„yilgan varaqcha
larni ikki nusxada top-
shiradilar. Uning bir nusxasi mas‟ul ijrochida, ikkinchi nusxasi esa kassa 
operatsiyalari bo„yicha nazoratchida saqlanadi. Ushbu kartochkalarda 
korxona va uni yuqori tashkilotining nomi, manzilgohlari, bank muassa-
sasining nomi, manzilgohi, korxona rahbar shaxslarining to„liq ismi-sha-
rifi ko„rsatilib, ularning imzolari namunasi, shuningdek, korxona gerbli 
muhri namunasi tushiriladi. Imzolar va muhr izi namunasi notarial yoki 
yuqori tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadi. 
Birinchi imzo huquqi hisobvaraq ochtirayotgan tashkilot rahbariga 
va u vakolat bergan mansabdor shaxslarga beriladi. Ikkinchi imzo huquqi 
bosh buxgalterga va tegishli vakolat olgan shaxslarga beriladi.
Birinchi va ikkinchi imzo huquqini olgan shaxslar imzolar va muhr 
izi namunalari varaqchasida u tuzilayotgan vaqtda ko„rsatiladi. Birinchi 
imzo huquqidan ikkinchi imzo huquqi berilgan bosh buxgalter va bosh-
qa shaxslar foydalanishi mumkin emas. Vazirlik va idoralar hisobvaraq-
lari bo„yicha birinchi imzo huquqi vazir muovinlariga, idoralar rahbar-
larining muovinlariga, shuningdek, vazirlik va idoralar boshqarmalari 
hamda mustaqil bo„linmalarining boshliqlariga berilishi mumkin. Mar-
kazlashgan buxgalteriya xizmatlaridan foydalanuvchi tashkilotlar hisob-
varag„i bo„yicha ikkinchi imzo huquqi markazlashgan buxgalteriya bosh 
buxgalteri hamda u vakolat bergan shaxslarga beriladi. Shtatida ikkinchi 
imzo huquqi berilish mumkin bo„lmagan yuridik shaxslarning hisobva-


72 
raqlari bo„yicha bankka faqat hisobvaraq egasi imzosining namunasi 
qo„yilgan va notarial tasdiqlangan varaqcha topshiriladi.
Ushbu varaqchalar faqat yangi hisobvaraq ochilayotgandagina 
emas, balki hisobvaraq bo„yicha bitta imzo o„zgargan yoki qo„shilgan 
hollarda, korxona nomi o„zgarganda, yuqori tashkilot nomi o„zgarganda 
birinchi va ikkinchi imzo huquqiga ega shaxslarning imzolari va muhr 
izi tushirilgan holda bankka topshiriladi. Umuman varaqchalar 0401026 
shaklda rasmiylashtirilib, muassis yoki notarius tomonidan tasdiqlangan 
bo„lishi lozim. Bu hujjatning bank yozuvi uchun ajratilgan joyida varaq-
chani qabul qilishga ruxsatni tasdiqlovchi bank bosh buxgalterining im-
zosi qo„yiladi. Bundan tashqari, kartochkaning orqa tomonida hisob-
varaqning nomeri va bank tomonidan korxonaga beriladigan pul chek 
daftarchalarining nomerlarini qayd etish uchun alohida joy ajratilgan. 
Demak, yuqorida sanab o„tilgan barcha hujjatlarning har biri ma‟-
lum maqsadda tuzilib, hammasi birgalikda korxona rahbari tomonidan 
bank boshqaruvchisiga topshiriladi. Bu hujjatlar bank huquqshunosi, 
boshqaruvchisi tomonidan o„rganib chiqilgandan so„ng hisobvaraq 
ochish uchun ruxsatni bank boshqaruvchisi beradi. Boshqaruvchi hisob-
varaq ochish uchun roziligini arizaga maxsus ajratilgan joyga o„z imzo-
sini qo„yish orqali bildiradi.

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish