Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


Batafsil axborot Yordamchi kitob ma‟lumotlari asosida oli-



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/198
Sana29.04.2022
Hajmi2,41 Mb.
#589491
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   198
Bog'liq
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika

 Batafsil axborot Yordamchi kitob ma‟lumotlari asosida oli-
nishi mumkin, chunki birlamchi buxgalteriya operatsiyalari Yor-
damchi kitobda aks ettiriladi. 
Yordamchi kitobdagi hisobvaraqlar guruhi har bir alohida ope-
ratsiya bo„yicha o„tkazilgan summalar haqida kerakli axborot beradi. 
Yordamchi kitob hisobvaraqlariga nisbatan olganda Bosh kitob hisob-
varaqlari nazorat hisobvaraqlari vazifasini bajaradi. Yordamchi kitoblar-
dagi yakuniy summalar har kun oxirida, shuningdek, oy oxirida yangi 
oyning birinchi kundagi holatiga ko„ra ularning Bosh kitobdagi nazorat 
yakunlari balansi bilan bir xil chiqishi lozim. Bosh kitob nazorat hisob-
varaqlarining ma‟lumotlari Yordamchi kitobdagi tegishli hisobvaraqlar 
yakuniy summalari bilan taqqoslanadi. Agar dastlabki yozuvlarda xato-
larga yo„l qo„yilmagan bo„lsa, Bosh kitob va Yordamchi kitob summa-
lari teng chiqadi.
Hozirgi kunda ko„pgina tijorat banklari mijozlarga “so„mda yuriti-
ladigan hisobvaraqlar bilan bir qatorda xorijiy valutadagi operatsiyalar 


35 
hisobini yuritish maqsadida xorijiy valutadagi hisobvaraqlarni ochishlari 
mumkin. Xorijiy valutadagi operatsiyalar bo„yicha Bosh va Yordamchi 
kitoblar har bir valuta turi bo„yicha alohida yuritiladi.
Bosh kitob bo„yicha kodlash tizimi besh xonali bo„lishi belgilan-
gan. Dastlab aktiv hisobvaraq kodlari toq, passiv hisobvaraqlarning kod-
lari esa juft sonlardan iborat qilib belgilangan edi. Bu tartib osonroq qa-
bul qilish va eslab qolish uchun ko„zda tutilgan edi. Lekin yangi hisob-
varaqlar kiritilishi munosabati bilan bu tartib bir oz o„zgardi. Balans 
hisobvaraqlarida hisob takrorlanadigan yozuv usulida yuritiladi. Ope-
ratsiyalar ular bo„yicha mablag„lar harakatlangan kundan qat‟iy nazar 
bajarilgan kuni buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Umuman, sintetik hisob yuritishda Bosh kitobdan va analitik hisob 
yurtishda Yordamchi kitoblardan foydalaniladi. 
Bosh kitobda bank operatsiyalarini hisobini yuritish, guruhlash va 
ularga doir hisobotlarni tuzishda qo„llaniladigan jamlanma ma‟lumotlar 
qayd etiladi. Unda har bir hisobvaraq bo„yicha kun boshiga qoldiq, kun 
davomida amalga oshirgan operatsiyalarning aylanmasi va kun oxiriga 
qoldiq summalari aks ettiriladi. 
Yordamchi kitoblarda buxgalteriya operatsiyalari batafsil va to„liq 
aks ettiriladi. Yordamchi kitoblarning shakli va turlari har bir bank 
tomonidan mustaqil belgilanadi. 
Bosh kitob va Yordamchi kitob hisobvaraqlarida hisob operatsiya-
lari albatta ikkiyoqlama yozuv qoidasiga amal qilgan holda qayd etish 
yoki ushbu hisobvaraqlar bilan korrespondensiya bo„lgan hisobvaraqlar 
raqamlari ko„rsatilishi shart.

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish