Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika


Bankning hisobvaraqlar rejasi



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/198
Sana29.04.2022
Hajmi2,41 Mb.
#589491
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   198
Bog'liq
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika

 
1.4. Bankning hisobvaraqlar rejasi 
 
Har bir bank o„z buxgalteriya hisobini barcha banklar uchun bir xil 
bo„lgan hisobvaraqlar rejasi asosida olib boradi. 1997-yil apreliga qadar 
respublikadagi barcha banklar sobiq Ittifoq davrida tuzilgan yagona 
hisobvaraqlar rejasi asosida ish yuritar edilar. Lekin iqtisodiyotimizni 
yangi bozor munosabatlari asosida tashkil etar ekanmiz, iqtisodiyotni 
izga solib, uni nazorat qilish uchun buxgalteriya hisobini xalqaro 
miqyosda qabul qilingan yaxlit tizimga moslashtirib olib borish talab 
etildi. Shu sababli, respublika banklari buxgalteriya hisobini yangi 
hisobvaraqlar tizimi asosida tashkil etishga kirishdilar. Shu maqsadda 
1995-yili Artur Andersen auditorlik firmasi bilan shartnoma tuzilgan edi. 
Shartnomada O„zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya 
hisobini isloh qilish ko„zda tutilgan edi. Firma respublika Markaziy 
banki bilan birgalikda bankning yangi hisobvaraqlar rejasini ishlab 
chiqdi. 1996-yil 13-noyabrda Vazirlar Mahkamasining 289-sonli qarori 
bilan “Respublika Markaziy bankining hisobvaraqlar rejasi”, 290-sonli 
qarori bilan esa “Tijorat banklarining hisobvaraqlar rejasi” tasdiqlandi. 
1997-yil 1-apreldan barcha banklar buxgalteriya hisobi yangi hisob-
varaqlar rejasi asosida olib borila boshlandi.
Banklarning yangi hisobvaraqlar rejasiga o„tishi nimalar bilan bel-
gilangan? Umumiy qilib aytganda, O„zbekistonning xalqaro mehnat taq-
simotiga qo„shilganligi, jahon bozor munosabatlari tizimiga o„tganligi 
banklar uchun yangi hisobvaraqlar rejasiga o„tish zaruriyatini keltirib 
chiqardi. Qolgan barcha sabablar shulardan kelib chiqadi: 
– birinchidan, respublikada ikki pog„onali bank tizimining barpo 
etilishi; 
– ikkinchidan, davlat mulki yagona bo„lmagan holda turli mulk-
chilik shakllarining paydo bo„lishi; 
– uchinchidan, milliy iqtisodiyotimizga
 
chet el investitsiyalarining 
jalb qilina boshlanishi va kengayib borishi; 
– to„rtinchidan, chet davlatlarda faoliyat yuritayotgan korxona va 
tashkilotlar bilan sherikchilik munosabatlarining o„rnatilishi; 
– beshinchidan, hisobotlar jahon andozalari talablariga javob 
beradigan darajada tuzilishini ta‟minlash zarurligi va hokazo. 


20 
Hozirgi kunda amalda bo„lgan hisobvaraqlar rejasi ham mazmu-
nan, ham tuzilishi jihatidan avvalgisidan farqlanadi.
Ilgari Markaziy bank ham, tijorat banklar ham buxgalteriya hisobi-
ni yagona hisobvaraqlar rejasi asosida yuritar edi. Har bir hisobvaraq 
nomeri va nomi yoniga qaysi bankda ishlatilishi haqida belgi qo„yilgan 
edi. Yangi hisobvaraqlar rejasi yuqorida eslatib o„tganimizdek, Marka-
ziy bank uchun alohida, tijorat banklari uchun alohida ishlab chiqildi. 
Bunda har ikki bank faoliyatining xususiyatlari hisobga olindi. Masalan, 
Markaziy bank emissiya markazi hisoblangani uchun kassadagi pullar 
banknot va tangalarga bo„lingan holda ko„rsatiladi. Tijorat banklari kassa-
laridagi pullarni bunday bo„lish uchun alohida hisobvaraqlar ochilmaydi. 
Markaziy bank hisobvaraqlar rejasining “Majburiyatlar” bo„limi-
dagi hisobvaraqlar muddatiga ko„ra joylashtirilgan hisoblanadi. “Majbu-
riyatlar” bo„limi Markaziy bankning asosiy funksiyalaridan biri hisob-
langan “Pul emissiya”sidan boshlanib, uning hisobi 20100- «Pul emis-
siyasi» hisobvarag„ida yuritiladi. Ushbu asosiy hisobvaraq o„z ichiga 
quyidagi subhisobvaraqlarni oladi: 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish