187
Qiymati tegishli hisobvaraqlarga kiritilishi kerak bo„lgan material-
lar uchun yozilgan talabnomalarda bank buyrug„i bo„yicha imzolash hu-
quqi berilgan tasarruf etuvchining ruxsat beruvchi imzosi bo„lishi lozim.
Ombordan materiallar olish uchun yoziladigan talabnoma uch
nusxada tuziladi. Ularda ko„zda tutilgan barcha rekvizitlar, shuningdek,
talab qilinayotgan moddiy qimmatliklarning nomenklatura bo„yicha ra-
qamlari, nomi (navi), soni va maqsadi ko„rsatiladi.
Talabnomalarning dastlabki ikki nusxasiga
materiallar oluvchi
ularni olgani haqida tilxat yozadi va bu qog„ozlarga materiallarni bergan
omborchi imzo chekadi.
Berilgan materiallar ombor hisob yuritish qaydnomalarida chiqim
qilinganidan keyin omborchi talabnomaning ikkinchi nusxasini xrono-
logik tartibda o„zidagi chiqim hujjatlari yig„majildiga tikib qo„yadi.
Birinchi nusxa buxgalteriyaga topshiriladi, uchinchisi
esa materiallarni
oluvchining qo„liga beriladi.
Materiallar boshqa filialga jo„natilayotganda talabnomalar to„rt
nusxada tuziladi. Ularning biri moddiy qimmatlik jo„natmasiga qistiri-
ladi, ikkita nusxasi buxgalteriyaga beriladi va to„rtinchi nusxasi ombor
mudiriga beriladi. Talabnomalar umumiy summasiga materiallar sarfini
hisob hujjatlarida aks ettirish uchun kirim-chiqim orderi tuziladi.
Yoqilg„i va moylash
materiallari haydovchilarga, shuningdek,
boshqa xo„jalik materiallarni muayyan limitlar bo„yicha muntazam olib
turadigan shaxslarga talabnomalarsiz, har bir oyda har bir oluvchi uchun
tutiladigan limit kartalari asosida berilishi mumkin. Bu kartalarda beril-
gan materiallar summasi qayd etiladi. Ana shu limit kartalari asosida har
oy oxirida materiallarning qiymati balansdan chiqariladi.
“Omborda” ilova (sub) hisobvarag„i bo„yicha materiallar hisobi
miqdor va qiymat ifodasida (turi va naviga qarab) yuritiladi.
Qo„shimcha kitobda shaxsiy
hisobvaraqlar yuritiladi, bundan
tashqari, materiallar turlari hamda hisobdor shaxslar bo„yicha varaqcha-
lar va daftarlarda hisob olib boriladi. Varaqchaning old tomonida bank
nomi, anjom nomi, daftar bo„yicha nomer,
hisobvaraq nomeri, anjom-
ning narxi, anjomlar soni, anjomni beruvchining nomi,
buxgalteriya
yozuvi qayd qilingan sana ko„rsatiladi, shuningdek buxgalteriya xodim-
lari imzo chekadilar. Varaqchaning orqa tomonida anjom uchun javob-
gar shaxsning ismi sharifi, anjomlar soni va ular summasi, u saqlanayot-
gan joy ko„rsatiladi, shuningdek, buxgalteriya xodimlari imzo chekadi-
lar. Varaqchalar bir turdagi buyumlar guruhlari bo„yicha kartotekaga
188
joylashtiriladi. Asosiy vositalar hisobini yuritish
daftari yil oxirida
yakunlanmaydi va undagi yozuvlar yangi yilda davom ettiriladi. Moddiy
qimmatliklar umumiy belgilangan tartibda yo„qlama qilib turiladi. Bank-
larning bosh buxgalterlari hisoblash, tashkiliy va boshqa turdagi texnika
pasportlari u foydalanishdan chiqarilguncha saqlanishini ta‟minlaydilar.
Xo„jalik materiallari balansdan chiqarilayotganda texnik pasportlar tex-
nikani hisobdan chiqarish hujjatlariga ilova qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: