Buxgalteriya hisobi va operatsion texnika



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/198
Sana29.04.2022
Hajmi2,41 Mb.
#589491
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   198
Bog'liq
banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika

 
26-aprel
 
(oxirgi o„zgarishlari bilan). 
2. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqi-
miz farovonligini yanada yuksaltirishdir. – T.: “O„zbekiston”, 2010-yil. 
3. “Markaziy bankning emissiya-kassa ishlari va naqd pul tushu-
mini inkassatsiya qilish” to„g„risidagi 566-sonli yo„riqnoma, 2008-yil. 
4.“Tijorat banklarida kassa ishini tashkil qilish, inkassatsiya va 
qimmatliklarni tashishga doir” 1831- sonli yo„riqnoma, 2008-yil 27-iyun. 
5. Kassa amallarining buxgalteriya hisobi qoidalari. 2006-yil. 
6. Pul-kredit sohasidagi mavjud vaziyat va monetar siyosatning 
2010-yildagi asosiy yo„nalishlari.//Bozor, pul va kredit, 2010, №1. 
 


166 
IX bob. QISQA VA UZOQ MUDDATLI KREDIT 
OPERATSIYALARINING RASMIYLASHTIRILISHI VA HISOBI 
 
9.1. Qisqa muddatli kredit operatsiyalarining tashkil etilishi 
 
Kredit vaqtincha o„z egalari qo„lida bo„sh turgan pul mablag„larini 
boshqalar tomonidan ma‟lum muddatga haq to„lash sharti bilan qarzga 
olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan munosabatlardir. Kredit 
munosabati ikki subyekt o„rtasida yuzaga keladi, biri pul egasi, ya‟ni 
qarz beruvchi, ikkinchisi pulga muhtoj, ya‟ni qarz oluvchi. Qarz beruvchi 
qarzdorga aylanishi va buning aksi ham yuz beradi. Shu bilan birga, 
biror subyekt bir vaqtning o„zida ham qarz beruvchi, ham boshqalardan 
qarz oluvchi bo„lishi mumkin. Masalan, bank pul egasi bilan qarz 
oluvchi o„rtasida vositachi, ayni vaqtda, uning o„zi bo„sh pulni qarzga 
oladi, so„ngra uni boshqalarga kredit ko„rinishida beradi. Kredit 
subyektlari har xil bo„lib, bularga turli mulkchilik shakllariga tegishli 
bo„lgan davlat, bank, korxona, tashkilot, yuridik maqomga ega 
bo„lmagan xususiy tadbirkorlar va turli toifadagi aholi kiradi. 
Kreditning bir qancha shakllari mavjud bo„lib, ulardan biri bank 
kreditidir. O„zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati 
to„g„risida”gi qonunida “Pul mablag„larini jalb qilish hamda ularni 
qaytarishlik, to„lovlilik va muddatlilik shartlari asosida o„z nomidan 
joylashtirish uchun tuzilgan muassasa bankdir” deb qayd etilgan. 
Banklar va boshqa kredit tashkilotlari pulni uning mijozlariga foiz 
to„lash sharti bilan o„z qo„lida jamlaydi va o„z nomidan qarzga berib, 
foiz oladi. Bunda uch subyekt, ya‟ni pul egasi, kredit tashkiloti va qarz 
oluvchi o„rtasidagi kredit munosabati paydo bo„ladi. 
Vositachilar orasida tijorat banklari markaziy bo„g„in hisoblanadi, 
chunki tijorat banklarining asosiy operatsiyalaridan biri iqtisodiyot 
tarmoqlari va aholi ehtiyojlarini kreditlashdir. 
Hozirgi kunda har bir tijorat banki o„zining kredit siyosatini ishlab 
chiqib, kredit munosabatlarini ushbu siyosat orqali yuritadi. Markaziy 
bank esa kreditlash bo„yicha umumiy ko„rsatmalar beradi.
Bank tomonidan beriladigan kreditlar muddatiga ko„ra qisqa va 
uzoq muddatli bo„lishi mumkin. Qisqa muddatli kreditlarning ham har 
xil turlari mavjud, ular bir-biridan kredit berish shartlari, ta‟minot turi, 
qoplash muddatlari bilan farq qiladi. Qisqa muddatli kreditlash ope-
ratsiyalarining hisobini yuritish uchun tijorat banklarining hisobvaraqlar 
rejasida bir qancha asosiy hisobvaraqlar ochilgan “Boshqa banklar va 


167 
mijozlarga berilgan kreditlar” hisob raqami hisobvaraqlar rejasining 
12101-15599 balans hisob raqamlarida bankning rezident hamda 
norezident bo„lgan boshqa banklarga va mijozlarga milliy va xorijiy 
valutalarda bergan kreditlarning hisobi olib boriladi. Kreditlar muddati, 
qarzdorlar va kreditning maqomi bo„yicha tasniflanadi. Kreditlar 
muddati bo„yicha qisqa va uzoq muddatli kreditlarga tasniflanadi. 
Qisqa muddatli kreditlar kredit berilgan sanadan bir yilgacha 
muddatga berilgan kreditlardir. Uzoq muddatli kreditlar kredit bir yildan 
ortiq muddatga berilgan kreditlardir. Kreditlar maqomi bo„yicha quyi-
dagicha tasniflanadi. Muddati o„tgan kreditlar – bank va mijoz o„rtasida 
tuzilgan kredit shartnomasiga ko„ra o„z vaqtida qaytarilmagan kreditlar. 
Bu toifadagi kreditlar muddatsiz hisoblanib, imkoniyati bo„lishi bilan 
undirib olinadi. 
Shartlari qayta ko„rib chiqilgan kreditlar – o„zaro qayta ko„rib chi-
qilgan yoki qayta tuzilgan shartnomalarga asosan muddati, yangi foiz 
stavkasi yoki ta‟minlanganlik holatiga qo„shimcha talablar va shu kabi 
boshqa shartlarning o„zgarishi bilan bog„liq bo„lgan kreditlardir.
Muddati o„tgan kreditlar bo„yicha foizlar ko„zda tutilmagan holat-
lar hisob raqamida hisobga olib boriladi va qarzdor kreditni qaytarayot-
ganda foizlar ham birga undirib olinadi. 
Ushbu hisob raqamlar boshqa banklarga va mijozlarga berilgan 
kreditlar summasiga debetlanadi. Bank tomonidan berilgan kreditlar 
qaytarilganda yoki muayyan kreditning maqomi o„zgarishi munosabati 
bilan boshqa turga o„tkazilayotganda va ushbu kreditlar bo„yicha ko„ril-
gan zarar qoplanayotganda tegishli kredit hisob raqamlari kreditlanadi. 
Berilgan kreditlar bo„yicha ko„rilishi mumkin bo„lgan zararlar 
uchun zaxiralar bankning xarajatlari hisobidan yaratiladi. Ushbu zaxira-
lar qarzdorning moliyaviy holatini, berilgan kreditning ta‟minlanganligi 
va qaytmaslik risklarini baholash natijasida yaratiladi. 
Quyida boshqa banklarga va mijozlarga kreditlar bo„yicha balans 
hisob raqamlari alohida tasniflanadi.
Demak, banklarda kredit operatsiyalarini olib borish uchun quyida-
gi ssuda hisob raqamlari ochiladi: 
12100 – Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar. 
12300 – Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar. 
12500 – Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar. 
12600 – Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli 
kreditlar. 


168 
12700 – Davlat korxona, tashkilot va muassasalariga berilgan qis-
qa muddatli kreditlar. 
12900 – Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa 
muddatli kreditlar. 
13100 – Xususiy korxonalar, xo„jalik shirkatlari va jamiyatlarga 
berilgan qisqa muddatli kreditlar 
Bu asosiy hisob raqamlarning debet tomonida tegishli bank, kor-
xona, tashkilot, jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar, 
kredit tomonida esa ularning qaytarilishi aks ettiriladi. Yuqoridagi hisob 
raqamlarning barchasi bir qator subhisob raqamlarni o„z ichiga olib, ular 
muddatli, muddati o„tgan, qayta ko„rilayotgan kreditlar bo„yicha 
alohida-alohida hisob yuritiladi. 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish