Operator binosi – 261 903 650 som
Kompressor sexi – 850 000 000
Taqsimlash binosi – 122 663 000
Nasos va taqsimlash binosi -68 241 000
Asfalt maydon – 120 897 000
Gaz taminot tizimi – 42 960 000
Kompressor 2GM – 4- 5 616 000 000
Elektr hisoblagichlar – 67 200 000
Va boshqa asosiy vositalar qoldiq mablag` tarkibiga kiradi.
-19-
8 – Mavzu: Korxona nomoddiy aktivlari hisobini o`rganish
Ma’lumki, nomoddiy aktivlarga yo’naltirilgan investitsiyalar korxonalarning ilmiy-texnik salohiyatini kengaytirishga mo’ljallangan bo’lib, mulkchilik huquqiga ega bo’lmasdan turib, foyda keltiradi. Nomoddiy aktivlar moddiy ko’rinishga ega bo’lmagan, xo’jalik yurituvchi sub’ekti faoliyatida uzoq vaqt (bir yildan ortiq) davomida foydalaniladigan mulk bo’lib, bir qancha turlarga bo’linadi. Iqtisodiy adabiyotlarda va me’yoriy-huquqiy hujjatlarda nomoddiy aktivlarga berilgan ta’riflar deyarli bir xil mazmunni ifodalaydi. Masalan, «Nomoddiy aktivlar» nomli 38-sonli buxgalteriya hisobining xalqaro standartida quyidagicha ifodalangan: nomoddiy aktivlar pul (qiymat) ko’rinishiga, material-buyum ko’rinishiga ega bo’lmagan, ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishda qatnashuvchi, ijaraga berish mumkin bo’lgan va boshqaruv maqsadlarida foydalanuvchi aktivlardir.
Xorij iqtisodchi-olimlaridan B.Nidlz, X.Anderson va D.Kolduellar «nomoddiy aktivlar – jismoniy ko’rinishga ega bo’lmagan, sotib olinayotgan aktivlar tarkibida kapital qo’yilmalarni tashkil etuvchi asosiy aktivlar», deb qaraydilar . R.Entoni nomoddiy aktivlarni «yakka tartibda sotiluvchi aktivlar va korxona bilan birga sotiluvchi aktivlar», deb e’tirof etadi. Yakka tartibda aks ettiriluvchi aktivlar barcha huquqlarni o’zida namoyon etsa-da, mahsulotlar belgilari, uning xilma-xilligi korxonaning umumiy qiymatiga qo’shiladi.
Prof. A.Sheremet nomoddiy aktivlarga umumiy holda quyidagicha ta’rif beradi: «moddiy qiymatga ega bo’lmagan yuridik va boshqa huquqiy munosabatlarni o’zida namoyon etuvchi, o’z egasiga ma’lum vaqt davomida foyda (daromad) keltiruvchi, foydalanuvchilar uchun qulayliklarni yaratuvchi aktivlardir» .
-20-
Ko’pgina iqtisodiy adabiyotlarda «nomoddiy aktivlar o’zida nojismoniy elementlarni tavsiflovchi aktivlardir» yoki «nomoddiy aktivlar – korxona aktivlarining ajralmas bir qismi hisoblanib, ular buyum shakligi ega bo’lmaydi» yohud «nomoddiy aktivlar - moddiy ko’rinishga ega bo’lmagan intellektual faoliyat mahsuli, ya’ni intellektual mulk», deb ta’riflangan. Demak, nomoddiy aktivlarning tushunchasi ularning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ular moddiy ko’rinishga ega bo’lmagan, uzoq vaqt davomida xarajatlarga aylanib boruvchi, korxonaga kelajakda daromad keltiruvchi va aktivlarning bir qismini tashkil etadigan hamda huquqiy munosabatlarni o’zida mujassam qiluvchi aktivlar hisoblanadi. Shuningdek, nomoddiy aktivlar moddiy mohiyatga ega bo’lmagan aktivlarga bo’lgan va uning egalariga uzoq davr davomida muayyan daromad yoki boshqa xil foyda olishni ta’minlaydigan aktivlarga nisbatan mulkiy huquqlardir. Umumlashtiradigan bo’lsak, korxona faoliyatida bir yildan ortiq ishtirok etadigan, kelgusida iqtisodiy naf keltira oladigan, indentifikatsiyalanuvchi, moddiy buyumlashgan shaklga ega bo’lmagan aktivlarga nomoddiy aktivlar deyiladi.
Nomoddiy aktivlar boshqa aktivlardan quyidagilar bilan farqlanadi:
– asosiy vositalardan – moddiy-mulkiy qiymatlikka ega bo’lmasligi bilan;
– tovarlardan – sotish uchun mo’ljallanmaganligi bilan;
– ishlab chiqarish zaxiralaridan – ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat (bir yildan ortiq) foydalanilishi bilan.
Shuningdek “Zarsher Azamatovich ” MCHJ korxonamiz hisobiga ham bir qator nomoddiy aktivlari mavjud
Korxona Litsenziyasi
Korxona Guvohnomasi
Sertifikatlar
Egalik qiluvchi xujjatlar
-21-
Kadastr hujjatlari
Kompressor sertifikatlari
Faoliyat olib borishda kerak boladigan texnik qurilamalar sertifikatlar
Texnik qurilmalarning sinovdan o`tganligi haqida malumotlar
Shunga o`xshash turli xildagi korxonaning yuritilishiga to`siq boladigan va korxona ichida musaqil ravishda yaratilmagan nomoddiy aktivlarni sanab o`tishim mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |