«buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi «buxgalteriya hisobi»


Bank kreditlari va qarzga olingan mablag’larni hisobga olish



Download 2,81 Mb.
bet18/139
Sana21.02.2022
Hajmi2,81 Mb.
#6306
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   139

8. Bank kreditlari va qarzga olingan mablag’larni hisobga olish


Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank krediti korxonalarning qarzga oladigan mablag’larining muhim manbai bo’lib hisoblanadi. Bozor munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar ta’sirida ko’p tarmoqli davlat va tijorat banklari shakllanib, ular korxonalarning tashkiliy - huquqiy shakllaridan qat’iy nazar hisob - kitob, kassa muomalalarini amalga oshirish bo’yicha xizmat qiladi.
Korxonalarning banklar bilan olib boriladigan kredit - hisoblashish munosabatlari ixtiyoriy asosda bo’lib, ikkila tomonlarning manfaatdorligi asosida tuziladi. Kreditlar xo’jalik hisobida turgan, mustaqil balansi va o’z aylanma mablag’lariga ega bo’lgan korxonalarga, odatda, yiriklashtirilgan kredit obektlari uchun beriladi.
Hisob - kitob munosabatlari tamoyillari va talablarini inobatga olgan holda obektlar uchun kredit berishdan subektga, aniq yuridik va jismoniy shaxsga yoki iqtisodiy va ijtimoiy dasturlar majmuini kreditlashga o’tish amalga oshirilmoqda.
Kredit berish va uni qaytarish bilan bog’liq bo’lgan barcha masalalar bank qoidalari va bank bilan kredit oluvchi korxonalar o’rtasida tuzilgan shartnomalar asosida tartibga solinadi. Тuzilgan kredit shartnomalarda quyidagilar kelishib olinadi: kredit berish obekti va kreditning muddati, kredit berish sharti, uni berish va qaytarish tartibi, majburiyatlarni ta’minlash sharti, foiz stavkalari, ularni to’lash tartibi, kredit berish va qaytarish bo’yicha tomonlarning majburiyatlari, huquqlari va mas’uliyati, hujjatlar ro’yxati va ularni topshirish muddatlari va boshqa shartlar.
Kredit olishda korxonalar bankka asoslangan ariza va unga quyidagi hujjatlarni ilova qilib kreditni qaytarilishini ta’minlanishini tasdiqlovchi ta’sis va boshqa hujjatlar topshiradi.
Shartnoma tuzilmasdan bank korxonaning to’lash qobilyatini sinchiklab tekshiradi. Buning uchun bank korxonadan olgan hujjatlardan va hisobotlardan foydalanadi, kerak bo’lsa joylarda oldindan tekshiruv o’tkaziladi. Agar bu hujjatlarning barchasi talabga javob bersa, bank xodimlari korxonaga kredit berishga qaror qiladi. Keyinchalik, xo’jalik yurituvchi subekt kredit olgandan so’ng kreditni to’liq qaytargunga qadar kredit shartnomasida ko’rsatilgan tartib va muddatlarda bankka buxgalteriya hisoboti va korxonaning xo’jalik - moliyaviy faoliyati ustidan nazorat qilish uchun zarur bo’lgan boshqa hujjatlarni topshirib turadi.
Muddatiga qarab bank kreditlari qisqa muddatli va uzoq muddatli bo’ladi. Kreditning muddatliligi uning qaytarish muddati bilan belgilanadi. Chunonchi, qisqa muddatli kredit bir yildan kam muddatga beriladi, masalan, yuklangan tovarlar uchun beriladigan kredit muddati haqiqiy tovaraylanish muddatiga teng, lekin 30 kundan oshmasligi kerak.
Uzoq muddatli kreditlar bir yildan ortiq muddatga, odatda, yangi texnikani tadbiq etishga, ishlab chiqarishni kengaytirishga, uning qaytadan tiklanishiga, qimmat asbob - uskunalarni sotib olishga va boshqa maqsadli dasturlarni amalga oshirishga olinadi.
Bank kreditlarini olish bilan bog’liq bo’lgan muomalalar hisobi 6810 «Qisqa muddatli bank kreditlari» va 7810 «Uzoq muddatli bank kreditlari» schyotlarida aks ettiriladi. Bu schyotlar passiv bo’lib, ularning qoldiqlari hisobot davri boshiga qaytarilmagan qarzlar summasini ko’rsatadi, debet oboroti - kreditni qaytarilishini, kredit oboroti esa olingan kredit summasini aks ettiradi.
Kreditlar olinganda 6810 va 7810 schyotlar kreditlanib quyidagi schyotlar debetlanadi: 5010, 5110, 5210, 5510, 6010 schyotlar.
6810 va 7810- schyotlarning debetida kreditlarni qisman yoki to’liq qaytarilishi aks ettirilib 5110, 5210 va 5510- schyotlar bilan korrespondentlanadi.
Bank kreditlarining analitik hisobi kredit turlari va kredit bergan banklar va alohida muddatida qaytarilmagan kreditlar bo’yicha yuritiladi. Bank kreditlarining hisobi 4- jurnal - orderda olib boriladi.
Yuqorida aytib o’tilgan kreditlar ham qaytarish muddatiga qarab 6810 «Qisqa muddatli bank kreditlari» va 7810 «Uzoq muddatli bank kreditlari» schyotlarida hisobga olinadi. Bu muomalalar bo’yicha xodimlar bilan olib boriladigan hisob - kitoblar 4710 «Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzi» va 4720 «Berilgan qarzlar bo’yicha xodimlarning qarzi» schyotlarida yuritiladi. Bu schyotlar aktiv bo’lib, debetida xodimlarga berilgan qarzlar, kreditida ushbu qarzlarning qaytarilishi aks ettiriladi. Bu muomalalar quyidagi yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi:
Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha topshiriq - majburiyatni to’lash uchun bankdan kredit olindi, D-t 4710 «Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzi», K-t 6810 yoki 7810 schyoti.
Ishchi va xizmatchilar kreditga olingan tovarlar bo’yicha o’z qarzlarini qaytarganda, D-t 5010 yoki 6710, K-t 4710 schyoti.
Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha banklardan olingan qarz qaytarilganda, D-t 6810 yoki 7810, K-t 5110 «Hisob - kitob schyoti» schyoti.
Ishchi va xizmatchilarga uy-joy qurilishi, dalabog’ qurilishi uchun banklardan kredit olinganda, D-t 5010 yoki 5110, K-t 6810 yoki 7810 schyoti.
Ishchi va xizmatchilarga uy-joy qurilishi va dalabog’ uylarini qurish uchun kredit berilganda, D-t 4720 «Berilgan qarzlar bo’yicha xodimlarning qarzi», K-t 5010 «Milliy valyutadagi pul mablag’lari» yoki 5110 «Hisob-kitob schyoti» schyotlari. Ushbu qarzlar qaytarilganda, D-t 5010 yoki 6710, K-t 4720 schyot. Bankdan olingan qarz to’langanda, D-t 6810 yoki 7810, K-t 5110 schyot.
Yuqorida aytib o’tilgan kreditlardan tashqari, ishchi va xizmatchilar ga foizsiz kreditlar ham berilishi mumkin. Bu kreditlar qurilish, kapital ta’mirlash, uy-joylarini kengaytirish uy-ro’zg’orlari bilan ta’minlanish uchun korxonaning bo’sh mablag’lari hisobidan beriladi. Bunday kreditlar berilganda quyidagicha buxgalteriya yozuvi rasmiylashtiriladi: D-t 4790 «Хodimlarning boshqa qarzi», K-t 5010 yoki 5110 schyot. Ushbu kreditlar qaytarilganda aksincha rasmiylashtiriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar boshqa korxona va tashkilotlardan kredit (qarz) olishi mumkin. Qaytarish muddatiga qarab bu kreditlar qisqa muddatli (bir yilgacha muddatga) va uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatga) bo’lishi mumkin. Korxonaning qarz beruvchilar bilan bo’ladigan hisob-kitob muomalalari 6820 «Qisqa muddatli qarzlar» va 7820 «Uzoq muddatli qarzlar» schyotlarida hisobga olinadi.
Bu schyotlar passiv bo’lib, mamlakat ichidagi va xorijdagi qarz beruvchilardan davlat va xorijiy valyutalarda olingan kreditlar va boshqa jalb qilingan mablag’lar bo’yicha hisob-kitoblar holati to’g’risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan.
Bunday qarzlar olingan vaqtda 5110, 5210 - schyotlar debetlanib 6820 va 7820 schyotlari kreditlanadi. Bunday qarzlar qaytarilganda aksincha provodkalar beriladi. Korxona tomonidan qisqa muddatli va uzoq muddatli qimmatli qog’ozlar, xususan aksiyalar, obligatsiyalar chiqarib sotish yo’li bilan chetdan mablag’lar jalb qilish, shuningdek berilgan veksellar bo’yicha qarzlar bilan bog’liq bo’lgan muomalalar 6830 «Тo’lanadigan obligatsiyalar», 6840«Тo’lanadigan veksellar», 7830 «Тo’lanadigan obligatsiyalar» va 7840 «Тo’lanadigan veksellar» schyotlarida hisobga olinadi.
Bu schyotlar passiv bo’lib qisqa muddatli qimmatli qog’ozlar chiqarib sotilsa yoki veksellar berilsa, pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib 6830 yoki 6840- schyotlar kreditlanadi. Qimmatli qog’ozlar sotib olinsa yoki berilgan veksellar summasi to’lansa, aksincha o’tkazmalar amalga oshiriladi. Uzoq muddatli qimmatli qog’ozlarning sotilishi yoki veksellarning berilishi va ularning sotib olinishi yoki veksellar summasining to’lanishi 7830 va 7840- schyotlarini qo’llagan holda shunday rasmiylashtiriladi.
Qisqa va uzoq muddatli kreditlar bo’yicha hisoblangan foizlar summasiga 9610 «Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar» schyoti debetlanib, 6920 «Hisoblangan foizlar» schyoti kreditlanadi. Ushbu foizlar to’lansa 6920- schyoti debetlanib 5010, 5110- schyotlari kreditlanadi.
Yuqorida keltirilgan schyotlarning analitik hisobi olingan qarzlarning shakllari, qarz beruvchilar va kreditni qaytarish muddatlari bo’yicha yuritiladi. Qisqa muddatli qarzlar ko’pincha qarz majburiyatlari bo’yicha olingan tijorat kredit xarakteriga ega.
Хulosa
Pul mablag’lari hisobini to’g’ri tashkil etish xo’jalik yurituvchi subektlar faoliyatining uzluksizligini ta’minlash, mablag’lardan maqsadli foydalanish va xo’jalik mablag’larini ko’paytirish hamda majburiyatlarini qoplashga yo’naltirilishini nazorat qilishdir.
Хo’jalik muomalalari natijasida sodir bo’ladigan o’zaro hisoblashishlarni buxgalteriya hisobida to’g’ri, o’z vaqtida rasmiylashtirish va ularni schyotlar tizimida ikkiyolama aks ettirish, shuningdek, olinadigan hamda to’lanadigan mablag’larni tan olish usullariga ko’ra, so’ndirilishini ta’minlash bo’yicha nazariy va amaliy takliflar berilgan.

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish