«buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi «buxgalteriya hisobi»



Download 2,81 Mb.
bet137/139
Sana21.02.2022
Hajmi2,81 Mb.
#6306
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   139
Ko’rsatkichlar

Тovarlarning guruhi

Jami



1

2

3

4

5

6


1.

Тovarlarning aylanishi

50

45

55

60

80

90

380

2.

Тovarning tannarxi

32

23

31

37

47

40

210

3.

Daromad

18

22

24

23

33

50

170

4.

Do’konning xarajatlari, ja’mi, shundan

8

10

11

11

15

25

80

4.1

Тartibga solinadigan, ja’mi, shundan

6

5

6

6

8

14

45

4.1.1

O’zgaruvchan

3,6

2,8

3,4

3,4

4,8

8

26

4.1.2

O’zgarmas

2,4

2,2

2,6

2,6

3,2

6

19

4.2

Тartibga solinmaydigan, ja’mi, shundan

2

5

5

5

7

11

35

4.2.1

O’zgaruvchan

1,1

2,2

2,2

2,2

3,1

6

16

4.2.2

O’zgarmas

0,9

2,8

2,8

2,8

3,9

5

19

5.

Do’konning olgan foydasi

10

12

13

12

18

25

90

6.

Idoraning sarfi, ja’mi, shundan

3

4

5

4

6

8

30

6.1

Тartibga solinadigan

2

2,7

3

2,6

3,7

5

17

6.2

Тartibga solinmaydigan

1

1,3

2

1,4

2,3

3

13

7.

Yakuniy foyda

7

8

8

8

12

17

60

Segmentlar bo’yicha o’tgan oyda tuzilgan hisobotlarning ma’lumotlariga asosan keyingi yil uchun do’konlarning byudjetlari tuziladi, mas’uliyat markazlari yuqori darajada foyda olish uchun tovarlarning guruhlari bo’yicha aylanishi va olinadigan daromadi muqobillashtiriladi. Chunki ushbu hisobotning ma’lumotlaridan kompaniyaning hamma bo’limlari o’zlarini qiziqtirgan parametrlar bo’yicha foydalanishi mumkin.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, tovarlarning turlari va ularning aylanishini nazorat qilish uchun sotuv bo’limini muomala sarflarining xajmi qiziqtirmaydi Hisobotlarning to’liq va har tomonlama tahlili bilan tegishli bo’limning buxgalteri va kompaniyaning tahlil guruhi shug’ullanadi.
Agarda ushbu hisobotlarda byudjetning bajarilishi yuzasidan e’tiborga loyiq farqlar aniqlansa, u vaqtda ushbu tahlil va farqning vujudga kelish sabablarini aniqlash uchun tegishli bo’limlar ham jalb qilinadi. Agarda kompaniyaning ishi yaxshi rivojlanayotgan bo’lsa, u vaqtda do’kon va bo’limlardan ko’rsatkichlar qisqartirilgan holda hisobotlar olinadi.
Rejalashtirilgan davr (oy)ning oxirida ushbu segmentlarning faoliyatini baholash va olingan ma’lumot-ko’rsatkichlarni chuqur tahlil qilish lozim. Buning uchun esa do’konlar, omborlar va markaziy idora bo’yicha hamma zarur ko’rsatkichlar aks ettirilgan hisobotlar taqdim qilinadi.
Do’konning xodimlari va direktorning ixlosi esa faqat ularning mehnatini rag’batlantirgan vaqtdagina oshadi va o’zining kasbiga mehrini uyg’otadi. Natijada do’konning foydasini oshirishdan manfaatdor bo’lgan direktor esa do’konning faoliyatida sodir bo’ladigan va bo’lgan xarajatlarning ustidan qattiq nazorat o’rnatadi va tartibga soladi. Uning xodimlari ham direktor bilan hamjihatlikda faoliyat ko’rsatib do’konning rivojlanishiga ko’maklashadi. Ushbu yo’nalishni qo’llab quvvatlash foydaning xajmidan kelib chiqqan holda belgilangan iqtisodiy rag’batlantirishning miqdori, mansab pog’onalaridan ko’tarilishi va faoliyatidagi huquqlarining kengaytirilishi bilan amalga oshiriladi (14.10-jadvalga qarang).
14.10-jadval
20xx yil mart oyida 12-do’kon bo’yicha byudjetning bajarilishi bo’yicha hisobot (ming so’m)



Ko’rsatkichlar

Reja

Хaq.

Farq

Belgisi*

1.

Тovarlarning aylanishi- ja’mi

860

920

60

I


Shundan: 1-guruh

320

300

-20

S


2-guruh

210

230

20

I


3-guruh

80

90

10

I


4-guruh

90

105

15

I


5-guruh

75

95

20

I


6-guruh

85

100

15

I

2.

Sotib olish bahosi- ja’mi

610

680

70

S


Shundan: 1-guruh

240

272

32

S


2-guruh

160

184

24

S


3-guruh

55

62

7

S


4-guruh

60

66

6

S


5-guruh

40

43

3

S


6-guruh

55

53

-2

I

3.

Yalpi daromad- ja’mi (1-2)

250

240

-10

S


Shundan: 1-guruh

80

28

-52

S


2-guruh

50

46

-4

S


3-guruh

25

28

3

I


4-guruh

30

49

19

I


5-guruh

35

52

17

I


6-guruh

30

47

17

I

4.

Muomala xarajatlari- ja’mi

180

160

-20

I


Shu jumladan:






mehnat xaqi sarfi

60

55

-5

I


mehnat xaqi jamg’armasidan ajratma

24

22

-2

I


ijara to’lovi

15

15

0

-


litsenziya to’lovi

10

10

0

-


AV va NMA eskirishi

20

20

0

-


reklama sarfi

19

18

-1

I


idora sarfi

22

22

0

-


boshqa sarflar

14

12

-2

I

5.

Foyda yoki zarar (3-4)

70

80

10

I


*I-ijobiy, S-salbiy





Hisobotdan ko’rinib turibdiki, o’tgan oyda do’kon byudjet ko’rsatkichlarining hamma parametrlari bo’yicha rejani bajargan. Oy davomida rejalashtirilgan 70000 so’m foyda o’rniga 80000 so’m foyda olgan. Ushbu 10000 so’m ortiqcha foyda do’kon direktorining nazorat qiladigan sarflarga to’g’ri ta’sir qilishining natijasi hisoblanadi. Тasdiqlangan byudjetga asosan mart oyida do’konning muomala xarajatlari 180000 so’m qilib belgilangan. Haqiqatda esa 160000 so’m sarflanib 20000 so’m tejalgan. Lekin foyda bo’yicha byudjet topshirig’i esa faqat 10000 so’mga ortiqcha bajarilgan. Chunki bunga yalpi daromad reja-ko’rsatkichining bajarilmasligi sabab bo’lgan (240000-250000 = 10000).
Mart oyida tovarlarning aylanishi rejalashtirilganga (920-860) nisbatan 60000 so’mga oshdi. Natijada yalpi daromad bo’yicha rejaning bajarilmasligi quyidagi sabablarning ta’sirida sodir bo’lishi mumkin: mart oyida sotilgan tovarlarning sotib olish bahosi rejalashtirilgan bahoga nisbatan oshiq bo’lgan; do’konlarda sotilgan tovarlarning ichida past darajada ustama qo’yilgan tovarlar ko’p hajmni tashkil qilgan.
Demak, 1-sabab ushbu do’kon direktorning qaroriga bog’liq emas, balki bu tashqi omil, ya’ni tartibga keltirilmaydigan sarflar hisoblansa, ikkinchi sababni esa direktorning o’zi nazorat qilishi mumkin edi, chunki ustama qo’yish masalasini do’konning direktori yecha oladi. Direktorning faoliyatini baholash jarayonida ushbu sabablar va ularning isboti inobatga olinishi lozim.
Хulosa qilganda har bir do’kon faoliyatining samaradorligi tovarlarning aylanishi hajmining ko’rsatkichi bilan baholanadi. Lekin ushbu baholash xolis hususiyatga ega bo’lishi lozim. Hayotdan ma’lumki, aholi zich joylashgan va harakat qiladigan joylardagi do’konlarda savdo-sotiq nisbatan ko’p amalga oshiriladi. Bundan tashqari, tovarlarni sotish hajmi tovarlarning turi, ularga talab va savdo litsenziyasining mavjudligiga ham bog’liq. Shunga o’xshagan masalalarni asosan kompaniyaning bosh direktori yechadi va bu omillar do’kon direktori faoliyatining sifati bilan bog’liq emas. Natijada ushbu omillar u yoki bu do’konning byudjeti shakllantirilayotganda va uning faoliyati baholanayotganda hisobga olinishi lozim. Ushbu yuqorida tasnif berilgan va yoritilgan baholash chegaralari moliyaviy chegaralarga kiradi.
Faoliyatini baholashning nomoliyaviy chegaralariga esa xizmat qilishning sifati, sotuvchilarning xushmuomala va chaqqonligi kiradi. Chunki ushbu xatti harakatlari bilan sotuvchilar do’kondan xaridorlarni quruq chiqarmay u yoki bu tovarni sotib olishga undaydilar. Markaziy idora va omborlar faoliyatining natijasini baholash tartibi foyda markazlarining faoliyatini baholash kabi belgilanadi. Quyida mart oyida markaziy idoraning xarajatlar bo’yicha tuzilgan byudjetining bajarilishi bo’yicha hisoboti keltirilgan (14.11-jadvalga qarang).
B- buxgalteriya, K-kompyuter bo’limi, Т- ta’minot bo’limi, M- ko’chmas mulk bo’limi, S- sotish bo’limi.
Хarajat markazlarining xodimlarini rag’batlantirish uchun esa ularning shaxsiy faoliyati, qo’shgan xissasi, ijrochilik qobiliyati, madaniyati e’tiborga olinadi. Rag’batlantirishlar pul ko’rinishida- mukofot, dam olish uylariga va davolashga bepul yo’llanma, sayohat, xizmat lavozimining pog’onasidan ko’tarilish ko’rinishida bo’ladi.
Hisobotda sarflangan xarajatlar to’g’risida ma’lumotlar keltirilganligi uchun «+» belgisi ijobiy va «-» belgisi salbiy holatlarni bildiradi. Mart oyida kompaniyaning ma’muriyati tomonidan sarflangan xarajatlarning byudjetga nisbatan 160000 so’mga tejalgani ko’rinib turibdi. Ushbu ko’rinishdagi tuzilgan va taqdim qilingan hisobotda xarajatlar uning turlari- moddalari bo’yicha nazorat qilishdan tashqari har bir mas’uliyat markazlari bo’yicha ham nazorat va tahlil qilish imkoniyatini yaratadi.
14.11-jadval
Kompaniya idorasining mart oyidagi byudjetining bajarilishi bo’yicha hisobot (ming so’m)




Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish