2. Ishlab chiqarishni rejalashtirish va boshqarishni axborot bilan ta’minlash
Har Qanday subektning olib borayotgan siyosati tadbirkorlik rejalarining to’g’riligini o’z vaqtida aniqlash uchun o’z faoliyatining natijalarini doimiy kuzatish va nazorat qilib turishini taqozo qiladi.
Boshqaruvning asosiy muammolaridan biri yangi subekt qurilishida, faoliyatini kengaytirish va rekonstruksiya qilish, zaxiralarni ko’paytirish, ishlab chiqarish texnologiyasini yangilash, yangi mahsulot ishlab chiqarish, jihozlarni almashtirish, investitsiyani jalb qilish va investitsiyadan daromad olishdir. Ayniqsa, investitsiya qarori tavakkal hisoblanadi, chunki ishlab chiqarish jarayonida kelgusi davrda daromad olish uchun joriy davrdagi resurslarning hisobidan zarur ulushini jalb qiladi. Ushbu yechim uzoq muddatli va xuddi shunday tartibda qisqa muddatga aloqador bo’lishi mumkin.
Qisqa muddatli yechim mahsulot assortimentini boshqarish natijasida birlik mahsulotning umumiy foyda jamg’armasiga, buyurtma hajmiga, talab va sotish hajmiga, tannarx va narxga, hamda isrofsiz ishlab chiqarish va sotish, ishlab chiqarish va sotib olish va hokazo savollarga tegishlidir. Ular qo’yilgan kapitalning hajmiga ta’lluqli emas. Qisqa muddatli investitsiya natijasida ushbu mablag’ qisqa davrda, ya’ni bir yilgacha pul mablag’lariga aylanadi.
Uzoq muddatli investitsiyani amalga oshirish va undan daromad olish orasida uzoq davrga mo’ljallangan kapital investisiyalar haqidagi qarorlar investitsiyaga, asosiy fondlarga, ilmiy tekshirishga va tajribaviy konstruktorlik ishlab chiqarishga, reklama va omborxona inshootlariga tegishlidir.
Katta tavakkalchilik oqibatida investitsiyalash bo’yicha subekt faoliyatining tahlili yechimlariga, vaqt omilini e’tiborga oluvchi alternativ tanlash yechimiga tayanishi kerak.
Boshqaruv yechimi variantlari qo’yilgan va rejalashtirilgan daromadning hajmiga vaqt ta’sirini hisobga oladi. Variantlar natijasini taqqoslash banklardagi ssuda berishdagi o’xshashlik uslubida amalga oshiriladi. Axborot ta’minot tahlili boshqaruv yechimini qabul qilish uchun differensiyalangan boshqaruv hisobining kirimi va chiqimi tizimini yaratadi.
Differensiyalangan sarflar deb qaysiki aniqlangan sharoitda boshqa sharoitlarda bo’lishi mumkin bo’lgan chiqimlarning kattaligidan a’lo bo’lishi mumkin. Ular har doim har qanday aniq holatga ta’lluqlidir.
Differensiyalangan daromad deb, shunday kirimga aytiladiki, bunda aniqlangan sharoitlardagi hajmlar, bo’lishi mumkin bo’lgan hajmdan ajralib turadi.
Alternativ tanlov muammolarning yechimida kapital qo’yilmadan olingan foydani hisoblab aks ettirishdir. Binobarin, qo’yilmadan olingan foyda qancha ko’p bo’lsa shuncha yuqori istiqbolli variant hisoblanadi. Bu yerda subektning maqsadi agarda u boshqa maqsadlar bilan muqobillashgan bo’lsa kapital qo’yilmadan olingan foydani maksimallashtirish hisoblanadi. Investitsiyalash muammosining tahlili besh bosqichda olib boriladi: muomalalarni aniqlash; muqobil (alternativ) yechimni tanlash; tanlangan yechimning natijasini aniqlash va baholash; miqdordan o’lchab bo’lmaydigan o’sha natijani saralash, ularni bir-biriga va boshqa natijalarga nisbatan baholash; qarorlarni qabul qilish.
Boshqaruv hisobi asosan miqdoran o’lchanadigan ma’lumotni tayyorlaydi. Differensiyalangan sarflar xarajatlarning hisob tizimida doimiy asosda aks ettirilmaydi. Ularning tarkibi har qanday aniq muammolarni tahlil qilish uchun tanlanadi. Differensiyalangan sarflar turli xil sharoitlarda farqlanadigan tannarxning tegishli moddalarini o’z ichiga oladi. Ularning tarkibi kapital qo’ylmalar bo’yicha asosan o’zlashtirilgan sarflarni ayrim olgan holda chiqishga xizmat qiladi.
Differensiyalangan sarflar har doim kelajakdagi sarflarga olib boriladi va aniqlangan modulning ishlatilishida ushbu sarflarning qanday bo’lishini ko’rsatadi. Ko’pchilik hajmda ushbu sarflar ehtimoli bo’lgan sarflarga kiradi.
Differensiyalangan sarflar va daromadlarning aniqlangan shakllarida ularni solishtirish uchun har xil variantlari mavjud emas. Binobarin, umumiy holda ikki turdagi miqdorlar chiqim bilan daromadni taqqoslashga imkon yaratadi.
Birinchidan, qachonki boshda taqdim etilgan loyihani amalga oshirish uchun u yoki bu variantga mo’ljallangan mablag’ bo’lishi zarur. Pul mablag’larini qo’yish har xil muddatlarda amalga oshiriladi, lekin analitik hisoblarda bu muddat vaqtning nolinchi daqiqasiga olib kelinadi.
Ikkinchidan, har xil variantlarda bir necha yil davomida ushbu investitsiyalarning natijasi sifatida pul oqimining kelib tushishi kutiladi.
Pul mablag’larining bu ikki miqdori- investitsiya va kirim bir va o’sha vaqtning o’zida hisoblangan tartibga keltirilgan va taqqoslangan ekvivalent miqdorlariga olib keladi. Odatda, kelgusidagi daromadlarning oqimi kapital investisiyalarni vaqtning nolinchi daqiqasiga olib keladi.
Odatda, investitsiyaning smetasi axborotlarning manbai bo’lib xizmat qiladi. Ular investitsiyalanadigan loyihalarning ro’yhatini qabul qilingan qarorlar bo’yicha taqdim qiladi. Investitsiyalash o’lchami va yo’nalishi, toza joriy qiymati, kelitirlgan sof samarasi, rentabelligi, o’zini qoplash muddati, investitsiyaning sifati, kapitalning qiymati, hisob stavkalari, diskontlangan qiymati va hokazolarga tegishli axborotlarni analitik va rejali xususiyatga ega bo’lgan ko’pdan ko’p hisoblar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |