«buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi «buxgalteriya hisobi»


Nomodliy aktivlarni qayta baholash



Download 2,81 Mb.
bet36/139
Sana21.02.2022
Hajmi2,81 Mb.
#6306
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   139

3. Nomodliy aktivlarni qayta baholash


Nomoddiy aktivlarni qayta baholash uni bozor narxining joriy darajasi bilan mos keltirish maqsadida nomoddiy aktivlarning balans qiymatini muntazam aniqlashtirib borishdan iborat.
Korxona qayta baholashni, faol bozor ma’lumotlari asosida joriy qiymatni aniq belgilash mumkin bo’lsa, qayta baholash kunidagi joriy qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar asosida to’g’ridan-to’g’ri qayta hisoblash yo’li bilan amalga oshirishi mumkin.
Balans qiymat balans hisoboti tuzilgan kundagi bozor qiymatidan qatta farq qilmasligi uchun qayta baholash yetarli darajada muntazam amalga oshirilishi kerak.
Nomoddiy aktivni qayta baholashda, bunday aktivlar uchun faol bozor bo’lgan hollardan tashqari holatlarda mazkur qayta baholanayotgan aktiv mansub bir turdagi nomoddiy aktivlarning barcha guruhi ham qayta baholanishi kerak.
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar joriy qiymati bo’yicha buxgalteriya hisob va moliyaviy hisobotda aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivning joriy qiymatini nomoddiy aktivning mazkur turi bo’yicha faol bozor narxi asosida aniqlash mo’mkin. Agar qayta baholanayotgan nomoddiy aktivlar guruhidan bo’lgan nomoddiy aktiv bunday nomoddiy aktivga faol bozor bo’lmaganligi uchun qayta baholana olmasa, bunday aktiv to’plangan amortizatsiya chiqarib tashlanib uning boshlang’ich qiymati bo’yicha hisobga olinishi kerak.
Agar ilgari qayta baholangan nomoddiy aktivning joriy qiymati endilikda faol bozor ma’lumotlari asosida aniqlanishi mumkin bo’lmasa, nomoddiy aktivning balans qiymati to’plangan amortizatsiya chiqarib tashlangandan keyingi faol bozor ma’lumotlari asosida so’nggi qayta baholash kunidagi tiklovchi qiymati bo’lishi kerak.
Nomoddiy aktivlarni qayta baholashda uning joriy qiymatini hujjat asosida tasdiqlash uchun korxona ixtiyoriga ko’ra quyidagilardan foydalanish mumkin:
a) ishlab chiqaruvchi firmalar va ularning maxsus dilerlari, vakolatxonalardan yozma shaklda olingan o’xshash nomoddiy aktivga berilgan narxlar to’g’risidagi malumotlar;
b) qayta baholash o’tkazilgan va nomoddiy aktivlar sotib olingan kundagi Markaziy Bank kurslari nisbatiga qarab belgilangan hisob-kitob koyeffitsentini qo’llash bilan erkin muomaladagi valyutada sotib olingan kundagi (tasdiqlovchi hujjat bo’lganda) nomoddiy aktivlarning qiymati haqidagi ma’lumotlar;
v) qayta baholash davrida ommaviy axborot vositalari, maxsus adabiyot va boshqalarda e’lon qilingan joriy narxlar darajasi haqidagi ma’lumotlar;
g) tegishli nomoddiy aktiv qiymati haqida baholovchining ekspert xulosasi.
Nomoddiy aktivlarning boshlang’ich qiymati qayta baholanganda ularni qayta baholash o’tkazilgan kundagi to’plangan amortizatsiyasi nomoddiy aktivlarning boshlang’ich qiymati indeksiga moslashtiriladi va keyingi amortizatsiya ustamasi qayta baholangan qiymatidan o’tkaziladi. Qayta baholash indeksi nomoddiy aktivning joriy qiymrtini uning boshlang’ich qiymatiga bo’lish orqali aniqlanadi.
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlarni qo’shimcha baholash summasi "Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyotidagi zaxira kapitali tarkibiga kiritiladi.
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar bahosini pasaytirish summasi oldingi hisobotdavrida o’tkazilgan mazkur obektning baholashdan avvalgi summasi doirasida "Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyotidagi zaxira kapitalining pasaytirilishiga kiritiladi. Obektni qo’shimcha baholash summasining uning kamaytirilgan summasidan ortig’i boshqa operaiion xarajatlarga kiritiladi.
Nomoddiy aktivlarni qayta baholash natijalari nomoddiy aktivlarni qayta baholash o’tkazilgan joriy davrdagi moliyaviy hisobotda aks ettiriladi.


  1. Download 2,81 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish