Buxgalteriya hisobi, tahlil va audit


ATAMANING O’ZBEK TILIDA NOMLANISHI



Download 4,97 Mb.
bet78/290
Sana10.07.2022
Hajmi4,97 Mb.
#772363
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   290
Bog'liq
!!УМК 7 лик АУДИТОхирги

ATAMANING O’ZBEK TILIDA NOMLANISHI

ATAMANING INGLIZ TILIDA NOMLANISHI

ATAMANING RUS TILIDA
NOMLANISHI

ATAMANING MA’NOSI

Auditni rejalashtirish

Audit planning

Planirovaniye audita

Auditni rejalashtirish – bu auditorlik tekshiruvi jarayonida bajariladigan vazifalar, tekshiruvni amalga oshiruvchi auditor-mutaxassislar, tekshiruvni amalga oshirish uchun sarflanadigan vaqt me’yorlari, auditorlik tekshiruvida qo’llaniladigan metodlar va amallarni oldindan belgilab olish jarayonidir.

Auditning umumiy rejasi

General plan of audit

Obщiye plan audita

Auditning umumiy rejasi bu - mijoz faoliyati bilan tanishish, dastlabki rejalashtirish, tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektning ichki nazorat tizimini baholash, tanlash hajmi va jiddiylik darajasini aniqlash, audit dasturini tayyorlash, auditni bevosita o’tkazish jarayoni (dasturni bajarish), bajarilgan ishlar natijalarini tahlil qilish, barcha oraliq va umumiy hujjatlarni tayyorlash, tekshiruv natijalarini mijozga taqdim etish va hokazolarni o’z ichiga olgan holda audit o’tkazishning barcha bosqichlari aks ettirilgan audit ish hujjati tushuniladi.

Audit dasturi

Program of audit

Programma audita

Auditning umumiy rejasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishning aniq va batafsil bosqichlari, bu bosqichlarni amalga oshirishning aniq vaqti, bosqichlarni amalga oshiruvchilar ro’yxati, audit bosqichlarida qo’llaniladigan usullar va amallar aks ettirilgan auditorlik ish hujjatidir.

Auditni rejalashtirish tamoyillari

Principles of planning audit

Printsipы planirovaniya audita

Auditni rejalashtirish auditorlik guruhi rahbari tomonidan audit o’tkazishning umumiy tamoyillari kabi, xususiy tamoyillariga ham muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ular:

  • uyg’unlik (komplekslik);

  • uzluksizlik;

  • maqbullik.

Audit metodlari

Audit methods

Metodы audita

Auditorlik tekshiruvi bosqichlarini amalga oshirishda qo’llaniladigan qoidalar, tahliliy amallar va asosiy vazifalar majmuidir.

Auditorlik riski

Audit risk

Auditorskiy risk

Auditorlik riski – bu auditorlik tekshiruvi natijalari bo’yicha auditorlar tomonidan sub’ektiv aniqla-nadigan, moliyaviy hisobotda, uning ishonchliligi tasdiq-langanidan so’ng xatolar mavjudligini tan olish yoki moliyaviy hisobotda bunday kamchiliklar haqiqatan ham yo’q bo’lgan-da, unda kamchiliklar mavjud deb tan olinish ehtimolidir.

Auditning muhimlik darajasi

Materiality of audit

Suщestvennost audita

Jiddiylik tushunchasi auditor tomonidan yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatoning hajmini va o’tkaziladigan auditorlik tekshiruvining ko’lamini aniqlash hamda tuziladigan auditorlik xulosasining shaklini belgilash (ijobiy yoki salbiy) uchun birlamchi va asos bo’luvchi manba hisoblanadi.

Ichki xo’jalik riski

Internal risk

Vnutrennoxozyaystvennoye risk

Ichki xo’jalik riski – bu mazkur buxgalteriya schyotida, balans moddasida, bir turdagi xo’jalik muomalalari guruhida yaxlitlanganda, xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisobotida jiddiy kamchiliklarning, bunday kamchiliklar ichki nazorat tizimi vositalari yordamida aniqlangunga qadar yoki ichki xo’jalik nazorati umuman yo’q bo’lganda, auditor tomonidan sub’ektiv tarzda aniqlanish ehtimoli tushuniladi.

Aniqlanmaslik riski

Detektion risk

Risk neobnarujeniya

Aniqlanmaslik riski - bu xatolar va moliyaviy hisobotdagi kamchiliklarning aniqlanmaslik (ko’zga tashlanmaslik) riski tushunilib, bu auditorlik tekshiruvi jarayonida qo’llaniladigan auditorlik amallarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda haqiqatan mavjud bo’lgan har biri alohida-alohida yoki birgalikda jiddiy hisoblangan xatolar hamda kamchiliklarni aniqlash imkoni yo’qligining ehtimolidir.

Nazorat riski

Control risk

Konrolnыy risk

Nazorat riski – bu korxonaning mavjud va muntazam qo’llanilib kelinayotgan buxgalterlik hisobi tizimi va ichki nazorat tizimi vositalari alohida-alohida yoki birgalikda jiddiy ahamiyat-ga ega bo’lgan kamchiliklarni o’z vaqtida aniqlay olmaslik va tuzata olmaslik (yoki bunday kamchiliklar vujudga kelishining oldini olish) ehtimolining auditor tomonidan sub’ektiv tarzda aniqlangan ko’rsatkichdir.

Auditorlik tekshiruvi

Auditing

Auditorskaya proverka

Audit qilinishi lozim bo’lgan iqtisodiy sub’ektning moliyaviy holatiga dahldor bo’lgan auditorning dalillarini yig’ish, baholash va tahlil qilishdan iborat bo’lgan hamda auditorning mazkur iqtisodiy sub’ekt buxgalteriya hisobotining ishonchliligi va buxgalteriya hisobini yuritish to’g’riligi haqidagi fikrning bayon qilinishi natijasi bo’lgan tadbir.

Auditni rejalashtirish bosqichlari

Stages of audit planning

Etapы planirovaniya audita

Auditni rejalashtirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
a) auditni dastlabki rejalashtirish;
b) auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish;
v) audit dasturini tayyorlash va tuzish.

Tahliliy amallar

Analytical procedures

Analiticheskiye protsedurы

Auditor tomonidan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va baholash, g’ayrioddiy va buxgalteriya hisobida noto’g’ri aks ettirilgan xo’jalik faoliyati faktlarini aniqlash, hamda bunday xatolar va chalkashliklarning sabablarini aniqlash maqsadida tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi subektning muhim moliyaviy va iqtisodiy ko’rsatkichlarini o’rganish tushuniladi.




Download 4,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish