Muhimlik darajasi va auditorlik riski o‘zaro qanday bog‘liqlikda?
A. Bog‘liq emas.
B. Teskari proportsional.
C. To‘g‘ri proportsional.
D. Progression bog‘liqlikda.
E. To‘g‘ri javob mavjud emas.
Aniqlanmaslik riski bu -
A. Auditorlik tekshiruvi natijalari bo‘yicha auditorlar tomonidan subyektiv aniqlanadigan ko‘rsatkich.
B. Buxgalteriya schotida, balans moddasida, bir turdagi xo‘jalik muomalalari guruhida uchraydigan kamchiliklarni absalyut qiymati.
C. Korxonaning mavjud va muntazam qo‘llanilib kelinayotgan buxgalterlik hisobi tizimi va ichki nazorat tizimi vositalarini nisbiy miqdori.
D. Auditorlik tekshiruvi jarayonida qo‘llaniladigan auditorlik amallarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda jiddiy hisoblangan xatolar hamda kamchiliklarni aniqlash imkoni yo‘qligining ehtimolidir.
E. Yuqoridagilarni barchasi to‘g‘ri.
«AUDITDA MUHIMLIK TUSHUNCHASI VA AUDITORLIK RISK» MAVZUSI BO’YICHA TARQATMA MATERIALLAR
Muhimlilik tushunchasi deganda moliyaviy hisobotni buzishning eng yuqori qiymati tushuniladi, undan boshlab ana shu hisobotning malakali foydalanuvchisi uning asosida to’g’ri xulosalar chiqarish va to’g’ri qarorlar qabul qilishga qodir bo’lmay qoladi. Muhimlik darajasining mutlaq qiymatini aniqlashda auditor xo’jalik yurituvchi sub’ektning audit qilinadigan, bundan keyin moliyaviy hisobot ning bazaviy ko’rsatkichlari deb nomlanadigan hisoboti ishonchliligini tavsiflaydigan eng muhim ko’rsatkichlarni asos sifatida qabul qilishi kerak.
Auditor:
auditorlik rusum-qoidalarining tabiati, vaqti va teranligini belgilash;
buzilishlar ta’sirini baholash paytida muhimlikni ko’rib chiqishi kerak.
Auditorlik riski - auditor tomonidan sub’ektiv ravishda belgilanadigan, auditorlik tekshiruvi yakunlari bo’yicha moliyaviy hisobot uning ishonchliligi tasdiqlanganidan keyin aniqlanmagan jiddiy buzilishlarni o’z ichiga olishi mumkinligini e’tirof etish yoki aslida bunday buzilishlar moliyaviy hisobotda bo’lmasada, unda jiddiy buzilishlar mavjudligini e’tirof etish ehtimolidir.
Demak, muhimlik tushunchasi auditor tomonidan yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatoning hajmini va o’tkaziladigan auditorlik tekshiruvining ko’lamini aniqlash hamda tuziladigan auditorlik xulosasining shaklini belgilash (ijobiy yoki salbiy) uchun birlamchi va asos bo’luvchi manba hisoblanadi.
Jiddiy xatolarning auditor tomonidan aniqlanishi ko’plab omillarga bog’liq. Jumladan, ham korxona rahbariya-ti, ham auditor tomonidan mavjud jiddiy xatolarning baholanishi; tekshiruvlar vaqti va qiymatining chegaralanganligi; mijozning xatolarni auditor aniqlashini “kutib o’tirishi”; auditorning mustaqillik darajasi; uning vijdonliligi; tashqi auditorning ichki nazorat tizimiga ishonchi; korxonada qabul qilingan hisob siyosati va undagi ayrim qoidalarning tafsiloti; hisob siyosatining me’yoriy hujjat-lar talablariga mosligi.
Auditor quyidagi hollarda muhimlikni ko’rib chiqishi lozim:
auditorlik amallarining xususiyatlari, vaqti va chuqurli-gini aniqlashda;
xatolar ta’sirini aniqlashda.
№ 9 – «Muhimlik va auditorlik riski» nomli AFMS ga muvofiq muhimlik darajasi deganda moliyaviy hisobot-dagi xatoning, ushbu hisobotdan foydalanuvchi unga asosan to’g’ri xulosa va qaror qabul qilishiga monelik qiladagan chegarasi tushuniladi (8 bandi).
Eng muhim ko’rsatkichlar sifatida quyidagilarni olish va ularga nisbatan qo’llaniladigan foizlarni tavsiya sifatida belgilash mumkin. Ushbu ko’rsatkichlar qu-yidagi jadvalga tushirilib (2-grafa), qabul qilingan muhimlik darajasi (%) ga muvofiq (3-graf
Do'stlaringiz bilan baham: |