MAVZU BO’YICHA MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI
Quyidagi atamalarga izoh bering: Audit, tadbirkorlik faoliyati, mustaqil nazorat, buxgalteriya hisoboti, xo’jalik yurituvchi sub’ekt, moliyaviy majburiyat va moliyaviy talablar, auditorlik xizmati, buxgalteriya hisobotini tuzish bo’yicha tamoyillar, taftish, ixtiyoriy va majburiy audit, tashqi audit, ichki audit, auditorlik xizmatlari bozori, auditning ob’ekti va sub’ekti, auditning predmeti, auditorlik tekshiruvining usullari, xo’jalik faoliyatining tahlili, inventarizatsiya, hujjatli tekshirish, tahliliy amallar, kuzatish, so’rovnoma o’tkazish, kalkulyatsiya, baholash, taqqoslash, skanerlash, tanlash, xo’jalik shartnomalari.
NAZORAT SAVOLLARI
Audit deganda nimani tushunasiz?
Audit dastlab qachon va qaerda paydo bo’lgan? O’zbekistonda qachondan boshlab auditorlik tashkilotlari faoliyat yuritilmoqda?
Auditning ahamiyati nimada?
Auditning oldiga qanday maqsad va vazifalar qo’yilgan?
Audit nechta shakl va turga bo’linadi?
Auditning taftishdan farqi nimada?
Auditning iqtisodiy tahlil fanidan qanday farqli va unga o’xshash tomonlari mavjud?
Agar davlat soliq inspektsiyasi mavjud bo’lsa, audit kerakmi.
Ichki audit bo’limini ishini samarali deb hisoblash mumkinmi, agar u bo’lim bosh buxgalterga bo’ysinsa?
Agar audit nazoratni samarali shakli bo’lsa, barcha korxonalarda uni o’tkazish majburiyatini olishi lozimmi?
Nima sababdan auditorlik tashkiloti ochiq aktsionerlik jamiyati sifatida tashkil etilishi mumkin emas?
Ichki audit xizmati samarali ishlayotgan bo’lsa, ochiq aktsionerlik jamiyatlarida auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish lozimmi?
Qaysi nuqtai nazar aktsioner uchun to’g’riroq: nazorat shaklini ixtiyoriy tanlash huquqiga egaligi, yoki bu xuquqdan maxrumligimi.
Audit nazariyasi auditorlik tekshiruvi o’tkazishga tayyorlanishda qanday ta’sir ko’rsatadi?
Auditorlik faoliyatining predmeti deganda nimani tushunasiz?
Auditda qanday tekshiruv metodlaridan foydalaniladi?
Auditorlik faoliyatining asosiy printsiplari nimalar?
Audit moliyaviy nazoratning boshqa shakllaridan qanday farq qiladi?
Auditning ob’ekti nima, sub’ektlari kimlar?
Qanday audit majburiy audit hisoblanadi?
Qanday audit tashabbusli audit hisoblanadi?
Audit fanining iqtisodiy fanlar bilan aloqadorligi?
«Audit» fanining predmetining mohiyati nimalarda aks etadi?
«Audit» fanining ob’ektini qanday izohlaysiz?
«Audit» fanining qanday metodlari mavjud?
«Audit» fanida qanday xususiy usullar qo’llaniladi?
«Audit» fanining «Moliyaviy hisob» fani bilan qanday o’zaro bog’liqligi mavjud?
«Audit» fanining «Boshqaruv hisobi» fani bilan qanday o’zaro bog’liqligi mavjud?
«Audit» fanining «Soliqlar va soliqqa tortish» fanlari bilan qanday o’zaro bog’liqligi mavjud?
Tekshiruvda isbot va dalillar olishning necha xil usullarini bilasiz, ularni sanang?
Do'stlaringiz bilan baham: |