Buxgalteriya hisobi” kafedrasi «Buxgalteriya hisobi» fanidan mavzu: Mahsulot tannarxini tarkibi va turlari Bajardi


Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi va uning tarkibiy tasniflanishi



Download 262,83 Kb.
bet3/12
Sana30.12.2021
Hajmi262,83 Kb.
#198132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
bux hisob kurs

1.Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi va uning tarkibiy tasniflanishi .

Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tayotgan xamda bugungi kundagi jaxon moliyaviy-iktisodiy inkirozi kechayotgan bir sharoitda Mamlakatda raqobatbardosh mahsulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish katta ahamiyatga ega. Buning uchun mamlakatda iste’molchilar ehtiyojini qondira oladigan arzon xamda sifatli mahsulot ishlab chiqarish lozimdir. Bunda asosiy ko’riladigan masalalardan biri mahsulot tannarxini o’rganib uni imkon qadar pasaytirishdan iborat.Mahsulot tannarxi – shu mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan barcha bevosita va bilvosita xarajatlarning qiymat ifodasidir. Maxslot (ish, xizmat) tannarxi- mahsulot ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan tabiiy resurslar, xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya, asosiy vositalar, mehnat resurslari, va boshqa xarajatlarning qiymat bahosi.Xo’jalik yurituvchi subyektlarda mahsulot tannarxi hisobi Vazirlar Mahkamasining 1999 Yil 5 fevraldagi “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi” NIZOM ga muvofiq amalga oshiriladi.Mahsulot tannarxi tarkibiga quyidagi xarajatlar kiritiladi. Bu xarajatlar korxona mahsulot ishlab chiqarishda bevosita qatnashib mahsulot tannarxini shakllantiradi:



  •  Moddiy xarajatlar;

  •  Mehnatga haq to’lash xarajatlari;

  •  Ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar;

  •  Amortizasiya xarajatlari;

  •  Boshqa xarajatlar.

Moddiy xarajatlar – ishlab chiqarishning asosiy xarajatlaridan biri bo’lib,mahsulot (ish, xizmat)larga qarab jami ishlab chiqarish xarajatlarining 60-80 % atrofida bo’lishi mumkin. Moddiy xarajatlar o’z ichiga xom ashyo va materiallarga qilingan xarajatlarni o’z ichiga oladi. xom ashyo va materiallarga qilingan xarajatlar deyilganda, mahsulot sotib olgandan to korxonaga olib kelgunga qadar barcha komission va vositachilik xarajatlar tushuniladi.Moddiy xarajatlarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

• Texnologik maqsadlar va xo’jalik extiyojlariga sarflanadigan yokilgi va energiya xarajatlari;

• Yarim tayyor mahsulotlarni sotib olinishi;

• Mahsulotga tara va upakovka uchun xarajatlar;

• Arzon va tez eskiruvchan inventarlarning eskirishi;

• Tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog’liq soliqlar va ajratmalar;

• Ichki ishlab chiqarish bilan bog’liq brakdan yo’qotishlar;

• Ishlab chiqarish jarayonida xizmat qiladigan transport xarajatlari;

• Ishlab chiqarishda ishtirok etadigan boshqa xarajatlar.

Mehnatga xaq to’lash xarajatlari – bu korxonaning asosiy ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi ishchi va xodimlar mehnat xaqlari, jumladan rag’batlanttiruvchi va kompensasion to’lovlar uchun xarajatlardir.Mehnatga xaq to’lash xarajatlari o’z ichiga quyidagilarni oladi:

• Lavozimdagi okladi, tarif stavklaraiga muvofiq aniq bajarilgan ishlar uchun to’lovlar;

• Ishchilarga ma’lum bir tartibda berilgan mahsulot qiymati;

• Ishlab chiqarish natijalari uchun okladga qo’shimcha mukofot va ustamalar;

• Ishchilarga tekin ko’rsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq ovqat, uy- joy xaqini to’lash uchun xarajatlar;

• Ishchilarga to’lanadigan boshqa ko’rinishdagi xarajatlar.

Mahsulot tannarxi shakllanishida ta’sir etuvchi xarajatlardan biri ijtimoiy Sug’urta fondiga ajratma xisoblanadi.2 Bu ajratma korxonada shakllanadigan ish xaqi fondiga nisbatan hisoblanadi. Korxonada qancha ish xaqi fondi shakllansa, shu summaga nisbatan 25 foiz ajratiladi. Bunda 25 % dan 24,8 % i davlat pensiya fondiga o’tkaziladi,0, 1% i bandlik fondiga, kolgan 0,1 % i kasaba uyushmalari fondiga o’tkaziladi. Umuman olganda bu 25 %li ajratma davlatning iqtisodiyotni tartibga solib turishda hamda davlat pensiya fondini shakllantirishda foydalaniladi. Ish xaqi fondi ishchilarga mehnat xaqi to’lash uchun shakllansada, lekin unga qo’shimcha tarzda korxonaning o’zi bu fondga nisbatan ijtimoiy sug’urta fondiga ajratma tolashga majburdir. Shuning uchun amaliyotda korxonalar ishchilarga ish xaqi xisoblashda albatta bu ajratmani xam xisobga oladi.Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiruvchi boshqa xarajatlar. Bu xarajatlarga korxona mulkini majburiy sug’urta qilish, belgilangan tartibdagi safar xarajatlari, kadrlar tayyorlash bo’yicha xarajatlar, aloqa xizmatlari uchun to’lovlar, brak tufayli kelib chiqadigan yo’qotishlar, yong’indan saqlash va qo’riqlash xarajatlari, ijara xarajatlari va boshqa barcha ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar.Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona) o’z faoliyati natijalaridan ko’proq daromad olishga xarakat qiladi. Har qanday korxona nafaqat o’zining tovarini ancha yuqori baholarda sotishga, balki mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan sarf- xarajatlarni kamaytirishga xam intiladi.Tovarlarni sotish baholari asosan korxona faoliyatiga bog’liq bo’lmagan tashqi sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish sarf- xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish va tayyor tovarlarni sotish jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi darajasiga bog’liq. Lekin xar qanday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun ma’lum sarf xarajatlar talab etiladi.Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari deganda, tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflar tushuniladi.Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materillar, yonilg’i va energiya uchun qilingan xarajatlar, asosiy kapital amortizasiyasi, ish xaqi va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar, foiz to’lovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlarini ikkiga bo’lib qadoqlash,saralash, transportga ortish, tashish va yetkazish xarajatlari qo’shimcha muomala xarajatlari hisoblanadi.Muomala xarajatlari bu turlari ishlab chiqarish xarajatlariga yaqin turib, tovar qiymatiga kiradi va uning qiymatini oshiradi. Xarajatlar tovar sotilgandan keyn olingan pul sotuv tushumidan qoplanadi.Ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari tarkibiga quyidagilar kiradi:

-tashqaridan sotib olinadigan ishlab chikariladigan mahsulot tarkibiga kirib, uning asosini tashkil etadigan yoki mahsulot tayyorlashda (ish bajarishda, xizmat Ko’rsatishda) zarur komponent xisoblanadigan xom-ashyo va materiallar;

-mahsulotni o’rash xamda boshqa ishlab chiqarish zaruriyatlari uchun sotib olingan materiallar, ta’mirlash uchun extiyot qismlar, moslamalar va boshqa mehnat buyumlari;

-texnologik maqsadlar, binolarni isitish, barcha turdagi energiyani ishlab chiqarish uchun sarflanadigan chetdan sotib olingan yoqilg’ining hamma turlari;

-korxonaning texnologik, tarnsport va boshqa ishlab chiqarish, shuningdek, xo’jalik zaruriyatlariga sarflanadigan sotib olinadigan barcha turdagi energiya;

-tabiiy kamayishining me’yor chegarasidagi moddiy resurslarning kamomadi va buzilishlaridan yo’qotishlar;

Ishlab chiqarishdagi mehnatga haq to’lash xarajatlariga quyidagi moddalar kiradi:

-korxonada qabul qilingan mehnatga xak to’lash shakl va tizimlariga muvofiq ishbay haqqlari, tarif stavkalari va mansab okladlari asosida haqiqiy bajarilgan ishlar uchun ishlab chiqarishdagi xisoblangan ish xaqi;

-natura shaklida haq to’lash tartibi bo’yicha beriladigan mahsulot qiymati;

-amaldagi tartiblarga ko’ra rag’batlantiruvchi to’lovlar, jumladan, ishlab chiqarish natijalari uchun mukofotlar (natural mukofotlarni qo’shgan xolda) ta’rif stavkalari va okladlarga kasb maxorati uchun qo’shimcha ustama to’lovlar, amaldagi qonunchilikka muvofiq ko’p yillik xizmatlari uchun (shu xo’jalikda bir ixtisoslikdagi ish staji uchun) ishlab chiqarish xodimlariga beriladigan taqdirlanishlar, mukofotlar, kasb mahorati uchun ta’rif stavkalar va okladlarga nisbatan) ustama to’lovlar, harakatdagi qonunchilikka muvofiq ko’p yillik xizmatlari uchun ishlab chiqarish xodimlariga beriladigan taqdirlashlar;

- ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog’liq tovon to’lovlari, jumladan, tungi ish vaqti, ish vaqtidan so’nggi ish uchun to’lovlar.Amaldagi Nizomga muvofiq xo’jalik yurituvchi subyektlarning barcha xarajatlari quyidagi guruhlarga ajratiladi:



  1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga qo’shiladigan xarajatlar;

    1. Ishlab chiqarish tannarxiga qo’shilmaydigan xarajatlar, ammo, davr xarajatlariga qo’shiladigan xarajatlar (asosiy faoliyatdan ko’rilgan foydani aniqlash uchun);

  2. Korxonaning umumxo’jalik faoliyatidan ko’rgan foyda yoki zararini aniqlash favqulodda zarar (soliq to’lashga qadar aniqlanadigan foydani xisoblashda ishtirok etadigan).

  3. Ishlab chiqarishdan hisobga olinadigan moliyaviy faoliyat xarajatlari.








Download 262,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish