1. Xarajatlarning turkumlanshi va ular hisobining vazifalari Har qanday tijorat korxonasi imkoni boricha ko‘p foyda olishni ta’minlaydigan qarorlar qabul qilishga harakat qiladi. Mahsulotga qilingan xarajatlar foyda miqdoriga ta’sir qiladigan xarajatlarning muhim qismidir.
Odatda xarajatlar deganda iste’mol qilingan resurslar yoki tovarlar va xizmatlar uchun to‘lash lozim bo‘lgan pul tushuniladi. Boshqarish uchun menejerlarga shunchaki xarajatlar emas, balki biror narsaga (mahsulotga, uning turkumiga, xizmatga) chiqimlar to‘g‘risidagi, ya’ni “xarajatlar hisobi ob’ektiga” chiqimlar to‘g‘risidagi axborot zarur.
Xarajatlarning maqsadi - xarajatlari aloxida o‘lchanadigan xar qanday faoliyatdir. Mahsulot, tsex, savdo xududi yoki aniqlash mumkin bo‘lgan xar qanday faoliyat bunga misol bo‘la oladi.
Xarajatlar tushunchasi Bizning fikrimizcha, xarajatlar hisobini tashkil etishdan asosiy maqsad ularni yuzaga kelish joylari bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish hamda hisobotlarda aks ettirish uchun axborotlarni yetazishdir.
Amalda korxonalarda xarajatlarni boshqarishga yondashuvlarda uslublarning ikki guruhi: buxgalteriya-soliq va boshqaruv-tahliliy uslublari nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish mumkin. Uslublarning birinchi guruhi buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish sohasida amal qiladigan qonunchilik doirasida foyda solig‘i bo‘yicha soliqqa tortiladigan bazani o‘zgartirish maqsadida sarflar bilan ishlash imkoniyatini ko‘zda tutadi. Ikkinchi gurux uslublarini qo‘llash jarayonida korxonaning ichki xizmatlari boshqaruv hisobining progressiv uslublaridan foydalangan holda korxona ishini rejalashtirish hisobini yuritish, nazorat qilish, tannarxini kamaytirish va samaradorligini oshirish sohasida muayyan vazifalarni ishlab chikadi.
Mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun sarflarni rejalashtirish, ularning hisobini yuritishga yagona yondashuvni ta’minlash uchun ushbu sarflarning tegishli tasnifi kerak.
Amaliyotda mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun sarflarni rejalashtirish, ularning hisobini yuritish va kalkulyatsiya kilish maqsadida boshqarish uchun: mazmuni va maqsadi; ishlab chiqarish hajmiga bog‘likligi darajasi sarflarni ma’lum turdagi mahsulot birligining tannarxiga kiritilishi usuli; ishlab chiqarishda sarflarning shakllantirilishi ketma-ketligi kabi belgilar bo‘yicha tasnif ishlatiladi.