Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit


Nomoddiy aktivlar kirimini hisobga olish



Download 0,51 Mb.
bet9/12
Sana31.03.2022
Hajmi0,51 Mb.
#520092
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
NOMODDIY AKTIVLAR QAYTA BAHOLASH XAMDA QAYTA BAHOLASH HAMDA ULARNI BALANSDAN CHIQARISH HISOBI

3. Nomoddiy aktivlar kirimini hisobga olish
Budjet tashkilotlarida nomoddiy aktivlar quyidagilar natijasida balansiga kiritiladi:

  • ishlab chiqarish tugaganidan so‘ng yaratilgan ob’ektni qabul qilishtopshirish;

  • oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha ob’ektni sotib olish;

  • beg‘araz kelib tushish;

  • ortiqcha (hisobga olinmagan) nomoddiy aktivlar ob’ektlarini aniqlash; - qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarga ko‘ra.

Korxonaning o‘zi tomonidan yaratilgan (ishlab chiqilgan) nomoddiy

aktivlarning boshlang‘ich qiymati ilmiy Kurs ishi va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlarga haqiqiy xarajatlar summasi sifatida aniqlanadi. Nomoddiy aktivlarni ishlab chiqish davrida ularni ishlab chiqish uchun olingan kredit bo‘yicha hisoblangan foizlar ishlab chiqilgan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymatiga kiritiladi.
Cotib olingan, shuningdek tashkilotning o‘zida yaratilgan nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymatiga ularning sotib olish narxi (tannarxi) va ularga qilingan barcha xarajatlarining to‘liq summasida, jumladan mazkur nomoddiy aktivlarni yetkazib berish va o‘rnatish, ishga tushirish va boshqa shu bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olgan holda kiritiladi. Jumladan, sotib olingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:

  • huquqdan voz kechish (sotib olish) shartnomasiga muvofiq huquq egasi

(sotuvchi)ga to‘langan summalar;

  • huquq egasining mutlaq huquqidan voz kechishi (sotib olish) munosabati bilan amalga oshirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari, davlat bojlari, patent bojlari va boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar;

  • bojxona bojlari va yig‘imlari;

  • nomoddiy aktivlarni sotib olish munosabati bilan to‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summalari (agar ular qoplanmasa);

  • nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog‘liq axborot va maslahat xizmatlari uchun to‘langan summalar;

  • nomoddiy aktivlar ular orqali sotib olingan vositachilarga to‘lanadigan haqlar;

  • nomoddiy aktivlar ob’ektlarini yetkazib berish tavakkalchiligini sug‘urtalash bo‘yicha xarajatlar;

  • aktivdan maqsadga ko‘ra foydalanish uchun uni yaroqli holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq boshqa xarajatlar.

Sotib olingan nomoddiy aktivlarga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar, sotib olish bo‘yicha kontraktlarni tayyorlash va ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar hamda aktivlarni sotib olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa xarajatlar nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilmaydi, balki ular sodir bo‘lgan hisobot davrida xaqiqiy xarajatlar sifatida hisobotlarda aks ettiriladi.
Tashkilotning o‘zi tomonidan yaratilgan (ishlab chiqilgan) nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati ushbu nomoddiy aktivlarni ishlab chiqarishga sarflangan haqiqiy xarajatlar summasi sifatida aniqlanadi.
Nomoddiy aktivlar chet el valyutasi hisobiga sotib olinishida sotib olinayotgan nomoddiy aktivlarning qiymati operatsiya sodir etilgan sanadagi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha chet el valyutasini so‘mga hisoblab o‘tkazish yo‘li bilan aniqlanadi.
Korxona tomonidan boshqa shaxslardan tekinga (hadya shartnomasi bo‘yicha) olingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati joriy qiymat bo‘yicha aniqlanadi. Ushbu turdagi nomoddiy aktivlar uchun faol bozor mavjud bo‘lmagan taqdirda, ularning boshlang‘ich qiymati nominal qiymat bo‘yicha yoki agarda nomoddiy aktivni foydalanishga yaroqli holatga keltirish bilan bog‘liq haqiqiy xarajatlar mavjud bo‘lsa, ularning summasi bo‘yicha aniqlanadi.
Nomoddiy aktivlar kirimi hisobi buxgalteriya hisobida belgilangan tartibda buxgalteriya birlamchi, yig‘ma va hisob registrlarida aks ettiriladi.
Jumladan:
- nomoddiy aktivlar tashkilot tomonidan yaratilaganda nomoddiy aktivni barpo etish to‘g‘risida shartnoma, ob’ektni barpo etishga ketgan xarajatlarni tasdiqlovchi xujjatlar, ob’ektni kirim qilib olish to‘g‘risidagi dalolatnoma;
Oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha ob’ektni sotib olishda xuquqlar berilganligi to‘g‘risida shartnoma, amalga oshirilgan to‘lovlarni tasdiqlovchi xujjatlar, qabul qilib olish dalolatnomasi;
Beg‘araz kelib tushishi bo‘yicha xuquqlar berilganligi to‘g‘risida shartnoma, qabul qilish dalolatnomasi, baxolash dalolatnomasi.
Ortiqcha (hisobga olinmagan) nomoddiy aktivlar ob’ektlarini aniqlash bo‘yicha inventarizatsiya dalolatnomasi.
Nomoddiy aktivlar kirimi bilan bog‘liq xarajatlar xar bir inventar ob’ekt bo‘yicha jamlanma qaydnoma tuzilib buxgalteriya ma’lumotnomasi asosida AV-6 shakldagi inventar kartochka ochiladi, buxgalteriya yozuvlari berilib 6memorial order yoki 274-son shakldagi memorial order , memorial orderga asosan
308-son shakldagi bosh jurnal kitobi va hisobot shakllariga tushiriladi.
Nomoddiy aktivlar kirimi bo‘yicha daslabki xujjatlarga guvoxnomalar, yuk xatlari va boshqa tegishli xujjatlar misol bo‘ladi. Bu xujjatlarga asosan xar bir inventar ob’ekt bo‘yicha aloxida asosiy vositalar singari inventar kartochkalar ochiladi. Bir vaqtni o‘zida buxgalteriya yozuvlari berilib memorial orderga tushiriladi va bosh jurnal daftariga o‘tkaziladi.Bosh jurnal daftaridan moliyaviy xisobotning balansiga tushiriladi.
Nomoddiy aktivlar bo‘yicha sintetik hisob 03 “Boshqa uzoq muddatli nomoliyaviy aktivlar” schyotining 030 “Nomoddiy aktivlar” subschyotida yuritiladi.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish