Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit


Aylanma aktivlar rentabelligi



Download 85,64 Kb.
bet17/19
Sana31.03.2022
Hajmi85,64 Kb.
#520054
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Молиявий Тахлил” фанидан курс иши

Aylanma aktivlar rentabelligi.
Ushbu ko‘rsatkich aylanma aktivlarning har bir so‘miga to‘g‘ri keladigan foyda, sof foyda summasini
xarakterlaydi. Aylanma aktivlar rentabelligi olingan sof foyda summasini aylanma aktivlarning o‘rtacha yillik qiymatiga bo‘lish asosida aniqlanadi.
sof foyda R= 100 %.
aylanma aktivlar o‘rtacha yillik qiymati
Jami mulk rentabelligi.
Ushbu ko‘rsatkich xo‘jalik yurituvchi subyektlar mulkining
foydalilik darajasini xarakterlovchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich har bir so‘mlik mulkka to‘g‘ri keladigan sof foyda summasini ifodalaydi.
sof foyda R= 100 %.
xo‘jalik yurituvchi subyektlar mulki jami
O‘z mablag‘lari rentabelligi.
Ushbu ko‘rsatkich xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘ziga tegishli bo‘lgan mablag‘larning foydalilik darajasini xarakterlaydi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar sof foydasini uning o‘zlik mablag‘lari manbayiga bo‘lish asosida o‘zlik kapitalining foydalilik darajasi o‘rganiladi.
sof foyda R= 100 %.
xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘zlik mablag‘lari
Qarz mablag‘lari rentabelligi.
Ushbu ko‘rsatkich korxona sof foydasini qarzga olingan mablag‘lariga nisbati asosida aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich har bir so‘mlik qarz mablag‘iga to‘g‘ri keladigan foyda summasini ifodalaydi.
sof foyda R= 100 %.
qarz mablag‘lari jami
Asosiy vositalar va moddiy aylanma mablag‘lari rentabelligi.
Ushbu ko‘rsatkich sof foyda summasini korxona asosiy vositalari va moddiy aylanma mablag‘lari o‘rtacha yillik qiymatiga bo‘lish asosida aniqlanadi. U har bir so‘mlik asosiy va aylanma mablag‘iga to‘g‘ri keladigan foyda summasini xarakterlaydi.
sof foyda Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, biz tahlil qilayotgan xo‘jalik subyektida hisobot yilida o‘tgan yilga nisbatan aksariyat rentabellik turlari bo‘yicha pasayish kuzatilgan. Bu korxonaning samaradorligi pasayib borayotganligidan hamda uning moliyaviy holati yomonlashayotganligidan dalolatdir.
Daromadlar moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asosiga va «Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar» nomli 2-son BHMSda belgilanishicha, hisobot davri mobaynida aktivlarning ko‘payishi yoki majburiyatlarining qisqarishi ko‘rinishida iqtisodiy foydaning ko‘payishidir, ular o‘z kapitalining ko‘payishiga olib keladi (bundan o‘z kapitali egalari tomonidan qo‘yilmalar bilan bog‘liq ko‘payishlar mustasno).
Daromadlar turli aktivlarning ko‘payishi ko‘rinishida yuzaga keladi;
bular nafaqat pul mablag‘lari, balki realizatsiya qilinayotgan tovarlar va xizmatlarning o‘rniga olingan tovarlar va xizmatlar ham bo‘lishi mumkin, agar tovarlar va xizmatlar haqi xaridor tomonidan to‘liq to‘lanmagan bo‘lsa, bunday hollarda, debitorlik qarzlari ham bo‘lishi mumkin.
Daromadlar, shuningdek, majburiyatlarni kamaytirish ko‘rinishida olinishi mumkin, bu esa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kapitaliga aktivlarning
ko‘payishi kabi ta’sir ko‘rsatadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning daromadlari va xarajatlari hisobi, moliyaviy natijalarni shakllantirish va ulardan foydalanish hisobvaraqlar rejasining so‘nggi, to‘qqizinchi bo‘limida, 9000-9900-son hisobvaraqlarda amalga oshiriladi.
Mazkur hisobvaraqlar tranzit (vaqtinchalik) hisobvaraqlardir, hisobot oyining oxiriga borib ularning barchasi (bundan 92-hisobvaraq mustasno) yakuniy moliyaviy natijani aniqlash 9910-hisobvaraq bilan yopiladi, uning saldosi keyin 8710-«Hisobot davrining taqsimlangan foydasi (qoplanmagan zarari)» hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Buxgalteriya hisobotida aks etgan quyidagi xarajat ma’lumotlariga e’tibor qaratilmog‘i lozim.
Hisobotlarda odatdagi xo‘jalik faoliyatining borishi chog‘ida yuzaga keluvchi xarajatlardan tashqari, kelgusida biror-bir iqtisodiy manfaatlarni hosil qilmaydigan xarajatlardan tashkil topgan zararlar ham bo‘lishi mumkin. Ularga quyidagi uchala mezonlardan biriga javob beruvchi xarajatlar kiritiladi:
– kelgusida ma’lum bir daromadlarni keltirib chiqarmaydigan;
– aktivlar sifatida tan olib bo‘lmaydigan (kelgusi davrlar daromadlari yoki oldindan to‘langan boshqa xarajatlarga o‘xshash);
– tashkilot balansida mol-mulkning o‘sishiga kiritish mumkin bo‘lmagan.
Daromadlilik, foydalilik bir xil ma’noga ega emas. Ayrim iqtisodiyotga oid manbalarda daromadlilik, foydalilik mazmun jihatdan bir deb qaraladi.
Masalan, korxonaning ma’lum davrdagi jami daromadi, sof foydasini balans aktiviga nisbati bir xilda nomlanmaydi.
Rentabellik o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarga tahlilda alohida ahamiyat beriladi. Rentabellik o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni ularda qatnashuvchi birliklarga nisbatan belgilash mumkin. Masalan, mahsulotni sotishga nisbatan rentabellik o‘zgarishiga sotishdan olingan yalpi foyda summasining o‘zgarishi va sotishdan olingan tushumlar summasining o‘zgarishi ta’sir etsa, asosiy vositalar rentabelligiga xo‘jalik yurituvchi subyektlar sof foydasining o‘zgarishi va asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishi, umumiy rentabellikka bir so‘mlik tushumga to‘g‘ri keladigan sof foyda summasining o‘zgarishi, asosiy vositalar qaytimining o‘zgarishi va moddiy aylanma mablag‘lar qaytimining o‘zgarishlari ta’sir qiladi va hokazo.


Download 85,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish