Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit


Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga korxonaning moliyaviy holati tahlili



Download 199 Kb.
bet2/7
Sana30.03.2022
Hajmi199 Kb.
#519142
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
tahlil

1. Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga korxonaning moliyaviy holati tahlili


Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga korxonaning moliyaviy holati tahlilining asosiy maqsadi – xususiy kapitalni o‘stirish va bozorda barqaror vaziyatni ta’minlashdir. Buning uchun korxona to‘lov qobiliyati va rentabelligini, shuningdek, balans aktiv va passivining optimal tarkibini muntazam saqlab turishi lozim. Korxonalarning moliyaviy holati tahlili o‘tkazish bosqichlarining o‘zaro aloqasi va asosiy elementlari quyidagi chizmada keltiriladi.



Moliyaviy axborotlardan foydalanuvchilar


Moliyaviy tahlil o‘tkazilishini yetarlicha to‘liq tartibga soluvchi rasmiy hujjatlar bugungi kunda deyarli yo‘q va tahlil olib borayotgan analitik uni o‘z mayliga ko‘ra amalga oshiradi.
Moliyaviy tahlil masalalari bankrotlik va korxonalar sanatsiyasi masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining hukumat ko- missiyasi tomonidan 1997 yil 17 aprelda tasdiqlangan “Korxonalarni moliyaviy tahlil qilish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar” da muayyan darajada aks ettirilgan va unda korxona moliyaviy tahlilining quyidagi turlari nazarda tutiladi:
1. Moliyaviy holat tahlili – balans valyutasi dinamikasi, passivlar tarkibi, asosiy mablag‘lar va nobyudjet aktivlar dinamikasi, moliyaviy natijalar tahlili.
2. Moliyaviy barqarorlik tahlili – zaxira va sarf-xarajatlarni shakllantirish manbalari ortiqchaligi yoki yetishmasligi ko‘rsatkichlari, moliyaviy mustaqillik koeffitsiyentlari, qarz va o‘z mablag‘lari nisbati koeffitsiyentlari, zaxira va sarf-xarajatlarning o‘z manbalari bilan ta’minlanganligi koeffitsiyenti, to‘lov qobiliyati koeffitsiyenti.
3. Korxonaning iqtisodiy barqarorligi tahlili – to‘lov qobiliyatini yo‘qotish (tiklash) koeffitsiyenti, manyovrlashganlik koeffitsiyenti, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mulkning real qiymati koeffitsiyenti.
4. Korxona rentabelligi tahlili – sotish rentabelligi koeffitsiyenti, asosiy mablag‘lar rentabelligi koeffitsiyenti, xususiy kapital rentabelligi koeffitsiyenti, kapitalning umumiy aylanuvchanligi rentabelligi koeffitsiyenti.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan 1996 yil iyulda tasdiqlangan “Korxonalar moliyaviy holatini tahlil qilish metodikasi” tahlilni quyidagi ketma-ketlikda olib borishni tavsiya qiladi:
1. Moliyaviy holatni umumiy baholash.
2. Korxonaning moliyaviy barqarorligi tahlili.
3. Korxonaning to‘lov qobiliyatini baholash.
Ko‘rinib turibdiki, bizning respublikamizda nazariya va amaliyot, moliyaviy tahlil metodikasini bozor munosabatlari talablariga muvofiq shakllantirish masalalari bo‘yicha ancha ishlar qilingan.
Moliyaviy holat tahlili quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
- gorizontal tahlil – hisobotning har bir pozitsiyasini o‘tgan davr bilan taqqoslash;
- vertikal (tuzilmaviy) tahlil – hisobotning har bir moddasini natijaga umumiy ta’sirini aniqlagan holda yakuniy ko‘rsatkichlar tarkibini aniqlash;
- trend tahlili – hisobotning har bir pozitsiyasini o‘tgan davrlar qatori bilan taqqoslash va trendni, ya’ni tasodifiy ta’sirlar va alohida davrlarning individual xususiyatlaridan tozalangan ko‘rsatkichlar dinamikasining asosiy tendensiyalarini aniqlash.
Trend yordamida kelajakda ko‘rsatkichlarning ehtimoliy qiymatlari shakllantiriladi, o‘z navbatida istiqbolli, prognoz tahlil olib boriladi;
- moliyaviy koeffitsiyentlar tahlili – hisobotning qiyosiy ma’lumotlarini hisoblash, ko‘rsatkichlarning o‘zaro aloqasini aniqlash.
Ushbu usullar bilan bir qatorda boshqa usullar, jumladan qiyosiy va omilli tahlildan ham foydalaniladi.
- qiyosiy tahlil – korxona hisobotining alohida ichki xo‘jalik ko‘rsatkichlarini boshqa bo‘linmalar, sexlar bilan qiyoslash, shuningdek, o‘rtacha umumiqtisodiy ma’lumotlar bilan taqqoslash asosida olib boriladi.
- omilli tahlil – natijaviy ko‘rsatkichni bevosita tarkibiy qismlarga bo‘lish usuli bilan yoki teskari usulda, ya’ni alohida elementlar umumiy natijaviy ko‘rsatkichga biriktirilgan holda amalga oshirilib, alohida omillarning natijaviy ko‘rsatkichga ta’sirini baholashga imkon beradi.



Download 199 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish