Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit kafedrasi k.o’q Kenjayev M.G’ Shvetsariya bank tizimi MAVZU Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit Kafedra: Fan: Pul va banklar Toshkent moliya instituti Reja: 1. Shveytsariya bank tizimi va uning shakillanish bosqinchilari.
2. Shveytsariya banklar mamlakati ekanligi.
3. Shveytsariya bankida qanday qilib hisob ochish mumkin ?
4. Shveytsariyadagi eng yaxshi banklar va Shvetsariya bank tizimi qanchalik
shaxsiy ?
Shveytsariya bank tizimi "…pulingizni qaysi bankda saqlagan bo'lardingiz?” degan savolga, ko'pchilikning javobi: "Shvetsariya bankida!” bo'lishi aniq. Lekin bu javobni bilib-bilmay berishimizning sababini hech o'ylab ko'rganmisiz? Shvetsariya banklarining siri nimada?
Shveytsariya bank tizimi va uning shakillanish bosqinchilari. XX-asr boshlarida yuzaga kelgan global iqtisodiy muammolar, Shvetsariya banklari uchun ichki qonunlar tizimining yaratilishiga turtki bo'ldi. Natijada, "Banking Act of 1934” ga asos solindi. Unga ko'ra, banklarning hisob raqamlari yoki bank mijozlari haqidagi har qanday ma'lumotning oshkor qilinishi qonun tomonidan taqiqlanishi va aks holda banklarning javobgarlikka tortilishi ochiq-oydin bayon qilinadi. Lekin bunga qadar ham 1713-yili Jeneva Konsuli tomonidan shunga o'xshash qonun-qoidalar to'plami e'lon qilingan edi: mijoz haqidagi ma'lumot bank tomonidan oshkor qilinsa, bank xizmatchisi 6 oygacha qamoq jazosiga va 50.0 00 shvetsar franki miqdorida jarimaga tortilishi mumkin edi.
Qiziqarli tomoni shundaki, odamlar bu banklarning faqatgina qattiqqo'l ichki siyosati va tartiblari tufayli emas, balki yana bir sabab tufayli qadrlashadi.
Gap shundaki, Shvetsariya iqtisodiy tarafdan juda ham mustahkam va ishonchli davlatdir, undan tashqari 1505-yildan beri boshqa davlat bilan urushda qatnashmagan. Shuning o'zidan ham, bu davlatdagi banklarning qanchalik ishonchli ekanligini va davlat bo'yicha tartibsizliklarning kutilmasligini anglab etishimiz mumkin.
Shvetsariya franki hech ham jiddiy inflyatsiyaga uchramaganligi bilan boshqa davlat pul birliklari orasida alohida o'ringa ega. Banklarning sarmoya bo'yicha xizmatlari va internet bank tizimlari ham qulay va mukammal tarzda ishlab chiqilgan.
Shvetsariya Banki Uyushmasining 1984-yili "Depozitorlar to'g'risidagi” qonuniga kiritgan o'zgartirishlariga ko'ra, hattoki bank inqirozga uchragan holda ham, oqibatda mijozlarga etgan zarar to'laqonli tarzda qoplanadi. Shvetsariya aholisi bankdagi hisob raqamidagi mablag'dan 35% ini davlatga soliq sifatida to'laydi. Lekin chet el fuqarolaridan hech qanday dividend ham soliq ham talab qilinmasligi, Shvetsariya banklari tomon dunyo boylaridan pullarning oqib kelishida asosiy sabab bo'lib xizmat qiladi. Istisno holatda, agar siz Shvetsariyadagi Nestle yoki Novartis kabi kompaniyalariga sarmoya kiritsangiz, Shundagina siz ham soliq to'lashga majbur bo'lasiz. Meros sifatida qoldiriladigan pullardan ham hech qanday soliq olinmaydi. Chet el fuqarolari hisob raqami ochmoqchi bo'lsalar, 18 yoshdan oshgan bo'lishlari shart.
Shveytsariya Milliy banki muvozanatli pul-kredit siyosatini amalga oshiradi va moliya bozorini nazorat qilish federal organi bilan birgalikda butun moliya bozorining barqaror rivojlanishi uchun javobgardir. Ko'pgina boshqa mamlakatlarning markaziy banklaridan farqli o'laroq, Shveytsariya Milliy banki davlat mulki emas, balki xususiy aksiyadorlik jamiyati bo'lib, uning aktsiyadorlari kantonlar (mamlakatning hududiy va ma'muriy birliklari), kantonal banklar va xususiy investorlardir. Milliy bank tartibga solish funktsiyalarini bajarmaydi - bu Federal Bank komissiyasining vakolatidir.
Shveytsariya bank tizimi uch bosqichli tuzilma bilan tavsiflanadi. Birinchi darajani Shveytsariya Milliy banki, uning bosh ofislari, vakolatxonalari va agentliklari, kantonal banklari va Shveytsariya Federal moliya bozorini nazorat qilish organi egallaydi.
Kantonal banklar Shveytsariyaning 26 kantonidan birining hokimiyat organlari tomonidan tashkil etilgan va nazorat qilinadigan davlat muassasalaridir. Ular uzoq vaqt va shubhasiz dunyodagi eng ishonchli bo'lib kelgan va arzon davlat kreditlari hisobiga kantonlar iqtisodiyotini rivojlantirish zarurati natijasida paydo bo'lgan. Barcha tarmoqlar kantonal banklar tomonidan qoplanadi, lekin ular eng ko'p jamg'arma va ipoteka kreditlashda, shuningdek, aktivlarni boshqarishda rivojlangan.
Shveytsariya bank tizimining ikkinchi darajasi turli turdagi xususiy tijorat banklarining faoliyati bilan ifodalanadi. Eng yiriklari ikkita transmilliy bank - UBS va Credit Suisse bo'lib, ular Shveytsariya depozitlarining 50% dan ortig'ini tashkil qiladi va ularning har biri butun mamlakat bo'ylab va xorijda keng filiallar tarmog'iga ega. Ularning asosiy operatsiyalari orasida investitsiya banki, xususiy bank va aktivlarni boshqarish xizmatlari yetakchilik qiladi.
Shveytsariyadagi mintaqaviy va jamg'arma kassalari an'anaviy bank xizmatlarini ko'rsatadilar (asosan o'z mintaqalaridagi mijozlarga): ipoteka va korporativ kreditlash, depozitlarni qabul qilish.
Aktivlarni boshqarish sohasida faoliyat yurituvchi birja banklari mijozlarga ham mamlakat ichida, ham xorijda xizmat ko'rsatadi.
Xususiy bank uylari sheriklik shaklida tashkil etilgan bo'lib, ular Shveytsariyadagi eng qadimgi bank klasteri bo'lib, o'z faoliyati sohasida o'z mijozlarining investitsiya portfelini boshqarish hisoblanadi.
Shveytsariyada xorijiy banklarning sho'ba va filiallari faoliyati juda keng ko'lamli: ularning soni mamlakatdagi bank muassasalari umumiy sonining 40% dan oshadi. Moliyaviy kompaniyalar Shveytsariya bank sohasida ham muhim rol o'ynaydi va depozit operatsiyalari bilan shug'ullanuvchi kompaniyalar va depozitlarni qabul qilmaydigan, lekin boshqa bank xizmatlarini ko'rsatadigan kompaniyalarga bo'linadi.
Shveytsariya banklar mamlakatidir, shuning uchun bank tizimining uchinchi darajasi kooperativ sug'urta banklari va kredit idoralari tomonidan ifodalanadi, ularning an'anaviy ko'lami valyuta va foizlar bo'yicha arbitraj operatsiyalari hisoblanadi.
Shveytsariya bankida qanday qilib hisob ochish mumkin ?
Markaziy bank birinchi marta qayerda va qachon paydo bo‘lganini aytish qiyin. Ayrim iqtisodchilar markaziy bankning vazifalarini birinchi bo‘lib bajargan bankning tashkil topgan sanasi deb hisoblaydilar. Bu mezonga Riksbank (Shvetsiya banki bo‘lib, 1668-yilda tashkil etilgan) mos keladi. Angliya banki 1694-yilda tashkil topgan. Fransiya banki esa 1800-yilda.
Shveytsariya bank korporatsiyasi (SBC) Shveytsariya moliyaviy konglomerati bo'lib, o'z davridagi eng yiriklaridan biri bo'lgan xuddi shu nomdagi bank 1854 yildan 1998 yilda UBS bilan birlashgunga qadar mavjud bo'lgan. Birlashishdan oldin Shveytsariya bank korporatsiyasi 300 milliard CHF dan ortiq aktivlari va 11,7 milliard CHF ni tashkil etgan o'z kapitali bilan Shveytsariyadagi uchinchi yirik bank edi.
E’tiboringgiz uchun raxmat !