Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi “buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqarish amaliyoti hisobot I


Xususiy kapital va moliyaviy natijalar hisobi



Download 278,58 Kb.
bet11/16
Sana24.05.2023
Hajmi278,58 Kb.
#943171
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
XISOBOT

9.Xususiy kapital va moliyaviy natijalar hisobi.
Xususiy kapital (sarmoya) – ustav, qo’shilgan, zaxira kapitaliga va taqsimlanmagan foydadan iborat.
Zaxiralar (rezervlar) - xo’jalik yurituvchi sub’ektni va kreditorlarni zararlarning oqibatlaridan qo’shimcha tarzda himoya qilishni ta’minlash uchun tashkil etiladi.
Taqsimlanmagan foyda – bu hisobot davri yakunida xo’jalik yurituvchi sub’yekt ixtiyorida qoladigan sof foyda (foydaning bir qismi)dir.
Taqsimlanmagan foyda(qoplanmagan zarar)ni hisobiga quyidagi hisobvaraqlar mo’ljallangan :
8710 – Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda(qoplanmagan zarar). Bu hisobvaraqda korxona faoliyatining butun hisobot yilidagi taqsimlanmagan foydasi(qoplanmagan zarari) hisobga olinadi.
8720 – Jamg’arilgan foyda ( qoplanmagan zarar ) hisobvarag’ida korxonani butun faoliyati davomidagi zarari , dividendlar bo’yicha to’lovlar hamda ustav kapitaliga investitsiyalangan foydani chegirgan holda sof foyda summasini ifodalovchi jamlangan foyda hisobga olib boriladi. Hisobot davridagi sof foyda taqsimlanmagan foydani oshiradi (DT 9910 KT 8710).
Ma’lumki , korxona sof foydasidan aksiyadorlarga dividend to’lanadi (DT 8710 – to’lov uchun dividentlar KT 6610 – hisoblanganda, to’langanda DT 6610 KT 5010) Agar muassis chiqib ketayotgan bo’lsa DT 8310, 8320, 8330 KT 6620, uni to’lashda DT 6620 KT 5110 – 5530. Foyda zaxira kapitaliga yo’naltirilganda DT 8710 KT 8520
Hisobot davrida ko’rilgan zararlar rezerv kapitali hisobidan joriy yil oxirida qoplanganda (DT 8520 KT 8710). Shu muomilani o’zi ta’sischilarning maqsadli mablag’lari hisobidan qoplanganda (DT 8890 KT 8710) bog’lanmasi tuziladi.
O’tgan yillar uchun hisoblangan qo’chimcha foyda uchun peniya va jarimalar hisoblanganda – DT 8710 KT 6410.
Joriy yil uchun qo’shimcha foyda solig’i bo’yicha hisoblangan soliq summasiga peniya va jarimalar hisoblanganda – Dt 9430 Kt 6430
Yakuniy moliyaviy natija - bu korxonaning hisob davrida jami faoliyat turlaridan olingan daromadlari (9010, 9300, 9500, 9710) bilan jami faoliyat buyicha kurilgan zarar (9720) va xarajatlarning (9100, 9400, 9600) hamda soliqlar va boshqa yig’imlari (9800) o’rtasidagi farqidir .
Bunda jami faoliyat turlaridan olingan daromadlarga 9000,9300,9500 hisobvaraqlar debetlanib 9910 hisobvaraq kreditlanadi. Jami faoliyat bo’yicha ko’rilgan zararga 9720 hisobvaraq kreditlanadi. 9910 hisobvaraqga o’tkazilgan xarajatlar summasiga ushbu hisobvaraq debetlanib 9100,9400,9600 hisobvaraqlar kreditlanadi. Shu kabi hisobot davri davomida soliqlar va boshqa yig’imlarni to’lash bo’yicha foydaning ishlatilishiga 9910 hisobvaraq debetlanib, 9810, 9820 hisobvaraqlar kreditlanadi.
Shu asosida 9910 “Yakuniy moliyaviy natija hisobvarag’i”da hisobot yilining sof foydasi(zarari) aniqlanadi. 9910 – hisobvaraq tranzit hisobvaraq bo’lib , aktiv-passiv hisobvaraq xarakteriga ega. Yuqorida ta’kidlangandek hisobvaraqni debetiga xarajatlar, zararlar soliq va boshqa yig’imlar oborotlari aks etsa, kreditiga daromadlar bo’yicha oborotlar aks etadi.
Ular ichida 9910 hisobvaraqdagi foydaning soliqlar va boshqa yig’imlardan tashqari qismi hisobot yilining soliq to’languncha foydasini, soliq va boshqa yig’imlar chiqarilgandan qolgan qismi xo'jalikni sof foydasini tashkil etadi.
Xo’jalikni hisobot yili sof foydasi(zarari) 9910 hisobvarag’idan 8700 –
taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) hisobvarag’iga quyidagi schyotlar bog’lanishi bilan o’tkaziladi.
DT 9910 Kt 8710 - foyda summasiga
Dt8720 Kt 9910- qoplanmagan zarar summasi.
Ushbu buxgalteriya yozuvlardan so’ng 9910 hisobvaraq hisobot yili muomalalari bo’yicha to’liq yopiladi.
asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o‘rtasidagi tafovut, va plyus asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:
AFF = YaF-DX+BD-BZ,
bunda, AFF — asosiy faoliyatdan olingan foyda;
DX — davr xarajatlari;
BD — asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
BZ — asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar;
— xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar), bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi:
UF=AFF+MD-MX,
bunda,UF — umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda;
MD — moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
MX — moliyaviy faoliyat xarajatlari;
— soliq to‘langungacha olingan foyda, u umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda plyus favqulodda (ko‘zda tutilmagan) vaziyatlardan ko‘rilgan foyda va minus zarar sifatida aniqlanadi:
STF=UF+FP-FZ,
bunda,STF — soliq to‘langungacha olingan foyda;
FP — favqulodda vaziyatlardan olingan foyda;
FZ — favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan zarar;
yilning sof foydasi, u soliq to‘langandan keyin xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladi, o‘zida foydadan to‘lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to‘lovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar to‘langunga qadar olingan foydani ifodalaydi:
SF= STF-DS-BS,
bunda, SF — sof foyda;
DS — foydadan to‘lanadigan soliq;
BS — boshqa soliqlar va to‘lovlar.


Download 278,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish