2.Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar va uning tahlili. Xarajatlar tarkibi tо‘g‘risida”gi nizomga binoan moliyaviy faoliyatdan
olinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi:
- olingan royaltelar va sarmoya transferti;
- О‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xо‘jalik
yurituvchi subyektlar faoliyatida ulush qо‘shgan holda qatnashishdan olingan
daromad, aksiyalar bо‘yicha dividentlar va obligatsiyalar hamda xо‘jalik
yurituvchi subyektga tegishli qimmatli qog‘ozlar bо‘yicha daromadlar;
- mulkni uzoq muddat ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing tо‘lovini
olish);
valyuta schotlari, shuningdek chet el valyutalaridagi muomalalar bо‘yicha ijobiy kurs tafovutlari;
- sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, shuba korxonalarga va hakazolar)
mablag‘larni qayta baholashdan olingan daromadlar .
Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar soliqqa tortishda yalpi
daromadga kiritilmaydi.
Moliyaviy faoliyat bо‘yicha daromadlar hisobi “Asosiy xо‘jalik faoliyatidan
olinadigan daromadlar” nomli 2-son BHMA, “Lizing hisobi” nomli 6-son BHMA,
“Moliyaviy investitsiyalar hisobi” nomli 12-son BHMA lar bilan tartibga solinadi.
Moliyaviy faoliyat bо‘yicha olinadigan daromadlar uchun quyidagi
hisobvaraqlar ochilishi mumkin:
9510 – “Royaltidan olinadigan daromadlar”;
9520 – “Dividentlar kо‘rinishidagi daromadlar”;
9530 – “Foiz kо‘rinishidagi daromadlar”;
9540 – “kurs farqidan olingan daromadlar”;
9550 – “Moliyalanadigan lizingdan olinadigan daromadlar”;
9560 – “Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar”;
9590 – “Moliyaviy faoliyat bо‘yicha boshqa daromadlar.
Bu schyotlar tranzit schyotlar bolib, passiv schyotlariga mansubdir. Ushbu schyotlarning kredit aylanma tegishli manbalar hisobidan moliyaviy foydaning kopayishini, debet aylanmasi esa ularning hisobdan chiqarilishini korsatadi va hisobot davri boshiga qoldigi qolmaydi.
Moliyaviy faoliyatdan olinadigan foydaning shakllanishi buxgalteriya hisobi milliy standartlari bilan tartibga solinadi.
9510-«Royalti korinishidagi daromadlar» schyotida pul mablaglarini hisobga oladigan schyotlar bilan korrespondentlangan holda royalti va kapitalning transfertidan olingan daromadlar hisobga olinadi.
Royalti - sotuvchiga (litsenziyalarga) litsenziya shartnoma buyumdan foydalanish huquqi uchun vaqti - vaqti bilan ajratib turiladigan summa. Olishga tegishli bolgan royalti va gonorarlar summasiga quyidagicha rasmiylashtiriladi: D-t 4850-«Olinadigan royalti», Kt 9510-«Royalti korinishidagi daromadlar» schyoti. Ushbu olishga tegishli summa olinsa, pul mablaglarini hisobga oladigan schyotlar debetlanib 4850- schyot kreditlanadi.
9520-«Dividendlar korinishidagi daromadlar» schyotida Ozbekiston Respublikasi xududida va chet ellarda ulush qoshish yoli bilan boshqa korxonalar faoliyatida qatnashishdan olingan daromadlar, aksiyalar boyicha dividendlar, obligatsiya va boshqa qimmatli qogozlar boyicha daromadlar aks ettiriladi.
Bunday daromadlar hisoblanganda 9520-«Dividendlar korinishidagi daromadlar» schyoti kreditlanib quyidagi schyotlar debetlanadi:
5110-«Hisob - kitob schyoti», 5210-«Mamlakat ichidagi valuta schyotlari»- korxonaning hisob - kitob schyotidagi pul mablaglaridan foydalanganligi uchun bank tomonidan otkazib berilgan summaga; 4840-«Olinadigan dividendlar» schyoti - korxona tomonidan sotib olingan aksiyalar va boshqa qimmatli qogozlar boyicha hisoblangan dividendlar summasiga. Ushbu dividendlar hisob - kitob schyotiga otkazib berilsa, 5110-«Hisob - kitob schyoti» debetlanib 4840- schyot kreditlanadi.
9530-«Foizlar korinishidagi daromadlar» schyotida uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar boyicha hisoblangan foizlar aks ettiriladi.
9530-«Foizlar korinishidagi daromadlar» schyotida uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar boyicha hisoblangan foizlar aks ettiriladi.
Foizlar hisoblanganda 9530-«Foizlar korinishidagi daromadlar» schyoti kreditlanib quyidagi schyotlar debetlanadi:
4830-«Olinadigan foizlar» schyoti uzoq muddatli va joriy investitsiyalar boyicha va berilgan kreditlar boyicha mijozlardan olinadigan foizlar summasiga. Foizlar summasi olinganda pul mablaglarini hisobga oladigan schyotlar debetlanib 4830- schyoti kreditlanadi.
9540-«Valutalar kursi farqidan daromadlar» schyotida valuta schyotlari, shuningdek xorijiy valuta muomalalari boyicha ijobiy kurs farqlaridan olingan daromadlar hisobga olinadi.
Valuta schyotlari va xorijiy valuta muomalalari boyicha kurs farqlaridan daromad olinganda 9540- «Valutalar kursi farqidan daromadlar» schyoti kreditlanib quyidagi schyotlar debetlanadi:
5210-«Mamlakat ichidagi valuta schyotlari» - valuta schyotidagi mablag boyicha ijobiy kurs farqiga;
0610-«Qimmatli qogozlar», 5810-«Qimmatli qogozlar» schyotlari - uzoq va qisqa muddatli qimmatli qogozlar boyicha xorijiy valutalarning ijobiy kurs farqi summasiga;
4720- «Berilgan qarzlar boyicha xodimlarning qarzi» schyoti xodimlarga xorijiy valutada berilgan qarzlarning ijobiy kurs farqi summasiga;
4110-«Ajratilgan bolinmalardan olinadigan schyotlar» - filial va vakolatxonalar bilan olib boriladigan hisobkitoblar boyicha valuta kursining ijobiy farqi summasiga;
6230-Boshqa kechiktirilgan daromadlar» schyoti - muddati uzaytirilgan qarz boyicha valuta kursining ijobiy farqi summasiga.
9550-«Uzoq muddatli ijaradan daromadlar» schyotida mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromad aks ettirilib quyidagi provodkalar bilan rasmiylashtiriladi:
- Uzoq muddatli ijara boyicha joriy yilda olinadigan daromad summasiga; D-t 6230-«Boshqa muddati ozaytirilgan daromadlar» - joriy qismi, K-t 9550-«Uzoq muddatli ijaradan daromadlar».
- Uzoq muddatli ijara boyicha asosiy vositalarni ijaraga berishdan olingan daromad summasiga; D-t 7290- «Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar», K-t 9550 «Uzoq muddatli ijaradan daromadlar».
9560-«Qimmatli qogozlarni qayta baholashdan daromadlar» schyotida qimmatli qogozlarga qoyilgan mablaglarni qayta baholashdan olingan daromadlar hisobga olinadi.
Uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar boyicha qimmatli qogozlarning nominal qiymatidan ortiq baholangan farq summasiga 0610- «Qimmatli qogozlar» va 5810 «Qimmatli qogozlar» schyotlari debetlanib 9560- «Qimmatli qogozlarni qayta baholashdan daromadlar» schyoti kreditlanadi.
9590- «Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar» schyotida yuqoridagi schyotlarda aks ettirilmagan muomalalardan olingan foyda aks ettiriladi.
Masalan, uzoq muddatli qimmatli qogozlar auksionida auksion muvafaqqiyatli otkazilgandan song garov summasi qoldirilsa 0610-«Qimmatli qogozlar» schyoti debetlanib, 9590-«Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar» schyoti kreditlanadi.
Hisobot davri oxirida yuqoridagi schyotlarning kredit oborotlari yakuniy moliyaviy natijaga otkaziladi: Dt 9510, 9520, 9530, 9540, 9560, 9590 schyotlar, Kt-9910 -«Yakuniy moliyaviy natija» schyoti.
Moliyaviy hisobot -xojalik yurituvchi subyektlar tomonidan mahsulotlarini sotish, bajarilgan ish va korsatilgan xizmatlar natijalari togrisidagi malumotlar majmui bolib, moliyaviy-xojalik faoliyatining holatini malum davr (chorak, yillik) ga qiymat korinishida aks etirishdir.
Shuningdek, ushbu hisobotni tuzish tamoyillarini, uni taqdim etish tartibi togrisida nazariy hamda amaliy konikmalarini shakllantirish boyicha tavsiyalar berilgan. Biz mamlakatimiz ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishining joriy va istiqboldagi
chora-tadbirlarini belgilashda jahon moliyaviy inqirozi oqibatlarining tasirini har
tomonlama hisobga olishimiz, iqtisodiy rivojlanish dasturini ushbu jarayonlar
tasiri nuqtai-nazaridan shakllantirishimiz va ularni izchil amalga oshirishimiz ni
taqqozo etadi.
Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “Birinchi navbatda, dunyo bozorida
xomashyo va tayyor mahsulotda ehtiyojning tobora pasayib borishini hisobga
oladigan bо‘lsak, bunday holat mamlakatimizning eksport salohiyati va valyuta
tushumiga salbiy ta’sir kо‘rsatmasdan qolmaydi
Foydalanilgan adabiyotlar http://fayllar.org