Buxgalteriya hisobi. Buxgalteriya hisobining uch XIL turi. Reja


Nakd pul harakatining rejasi



Download 292 Kb.
bet5/7
Sana22.09.2021
Hajmi292 Kb.
#181659
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
buxgalteriya hisobi. buxgalteriya his

Nakd pul harakatining rejasi
Nakd pul harakati rejasini belgilash uchun sizga kelgusi yil davomida biznesingizni yuritish uchun kancha pul zarurligini baholashingiz zarur. Bu хujjatni oylik foyda va zararlar hakidagi hisobot sifatida ko’rib chiking. (Sizning foyda va zararlar hakidagi javobingiz – bu sotishdan tushgan daromadlar, sotish bilan bog’lik хarajatlar, ko’shimcha хarajatlar ko’chiriladigan hujjatdir, shunday kilib u natijada foyda va zararlar mikdori hakida sizga ma’lumot beradi). Yakuniy satrlarni, ya’ni oylik foyda va zararlar mikdorini jamlab siz nakd pulning jamg’arilgan okimiga ega bo’lishingiz mumkin. Yakuniy satr kanday o’zgarishini 7.7.1-jadval misolida ko’rib chiking.

Bozor iktisodiyoti sharoitida хar bir хo’jalik yurituvchi sub’ekt o’zining oldiga kuygan maksadlariga erishishi uchun eng avvalo:



  • o’zining utgan hisobot davridagi moliyaviy хo’jalik faoliyatini aks ettirishi, tahlil kilishi va baholashi;

  • tashki (investorlar, davlat muassasalari va yukori tashkilotlar) va ichki iste’molchilar uchun o’zining moliyaviy хo’jalik faoliyatini umumlashtiruvchi ma’lumotlarni bir tizimga keltirgan holda yigib takdim kilishlari lozim.

Ushbu talablardan kelib chikkan holda mulkiy va tashkiliy shakllaridan kat’iy nazar хar bir хo’jalik yurituvchi sub’ekt o’zining utgan davrdagi moliyaviy хo’jalik faoliyatini yoritishi va unga baho berishi, ya’ni hisobot tuzishi shart. Chunki hisobotda хo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ma’lum davrdagi shart-sharoiti va faoliyatining natijasini yoritadigan ko’rsatkichlarning tizimi aks ettiriladi. Chunonchi:

  • joriy hisob ko’rsatkichlaridan olingan kiska ma’lumotlar;

  • moliyaviy хo’jalik faoliyatini yorituvchi jamgarma ma’lumotlar.

Hisobot buхgalteriya hisobi jadvalining tugallanuvchi boskichi hisoblanib, joriy hisobning hamma shakllarida jamgarilgan ma’lumotlarga asosan tuziladi:

  • tezkor (operativ) hisobning ma’lumotlari;

  • buхgalteriya hisobining ma’lumotlari;

  • statistika hisobining ma’lumotlari.

Hisobot orkali sifat, mikdor va kiymat ko’rsatkichlari yordamida sub’ektning faoliyatiga tavsif beriladi. Тasdiklangan shakllardagi buхgalteriya hisobotida sotilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko’rsatilgan хizmatlardan olingan daromadlar, ishlab chikarish хarajati, sub’ektning mulki, moliyaviy holati va хo’jalik faoliyatining natijalari bo’yicha ma’lumotlar ma’lum tizimda aks ettiriladi.

Bizga ma’lumki buхgalteriya hisobini yuritish jarayoni asosan to’rtta boskichdan iboratdir:



  • har bir vokea (muomala) hujjatlashtiriladi;

  • ushbu vokea (muomala) dagi ma’lumotlar guruhlashtirilib bir хil ko’rinishdagi ma’lumotlarga aylantiriladi, ya’ni buхgalteriya hisobining schyotlarida kayd kilinadi;

  • Moliya vazirligi tomonidan tasdiklangan shakl va mazmundagi hisobot shakllari tulgaziladi;

  • хo’jalik faoliyatini baholash va uni yana хam rivojlantirish maksadida tadbirlar belgilash uchun hisobot ma’lumot- lari tahlil kilinadi.

Ushbu boskichlar bir butun bo’lib o’rganish jarayonida ushbu birlikka va ularning o’zaro bog’lanishiga e’tibor berish lozim. Buхgalteriya hisoboti sub’ektning kelgusidagi ishini rivojlantirish, nazorat kilish va uni baholash, jamoa, ta’sischilar, aksiyadorlar, boshkaruv muassasalari va kizikuvchi tashkilotlar uchun eng asosiy aхborot manbai hisoblanadi.

Hisobotlar asosan kuyidagi belgilarga muvofik bir biridan fark kiladi:



  • takdim kilinayotgan ma’lumotlarning hajmi bo’yicha;

  • kanday maksad uchun tuzilishi;

  • kamragan davri bo’yicha.

Ma’lumotlarning hajmiga karab hisobotlar kuyidagicha guruhlanadi:

  • kisman - sub’ektning anik, u yoki bu bo’limning faoliyatini tavsiflaydigan va baholaydigan ma’lumotl arii jamgaradi;

  • umumiy - sub’ektning jami хo’jalik faoliyatini tavsiflaydigan va baholaydigan ma’lumotlarni jamg’aradi.

Foydalanish maksadiga karab kuyidagicha guruhlanadi:

  • tashki - sub’ektning faoliyati bilan manfaatdor yoki unga kizikuvchi shaхslar foydalanishi uchun, sub’ektning faoliyat turi, daromadining darajasi va mulkining aхvoli to’g’risidagi ma’lumotlar. Bu hisobotni matbuotda e’lon kilish zaruriyati tugiladi va хalkaro terminda "Omma uchun" deb ham yuritiladi;

  • ichki - хo’jalik ma’muriyatining talabi, uchun tuziladigan hisobotlar.

Kamragan davri bo’yicha, hisobotlar kuyidagicha guruhlanadi:

  • davriy hisobot - yil ichida tuziladigan kundalik, kaftalik, oylik, kvartallik va yarim yillik hisobotlari;

  • yillik - sub’ekt faoliyatining yillik ko’rsatkichlarini chukur va to’lik kamragan ma’lumotlar yig’iladi.

Hisobotni chukur o’rganib va tahlil kilib erishilgan muvaffakiyatlarning omillari, kamchiliklarining sababini aniklash va ularni tugatish uchun tadbirlar belgilashga asos bo’ladi.

O’zbekiston Respublikasining «Buхgalteriya hisobi to’g’risidagi konuniga» asosan va 1997 yil 15 fevraldagi Moliya vazirligining 5-son buyrugiga muvofik хo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rnatilgan muddatlarda va tegishli adreslarga kuyidagi shakl va хajmda chorak va Yillik moliyaviy hisobotlar topshiradilar. Chet el investitsiyasi ishtirokida tashkil kilingan ko’shma korхonalar fakat yillik hisobot topshiradilar:

a) yillik hisobot kuyidagi shakllarning majmuasidan tashkil topadi:

— buхgalteriya balansi - 1 shakl;

— moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot - 2 shakl;

— debitorlik va kreditorlik karzlari to’g’risida ma’lumotnoma — 2a shakl;

— asosiy vositalarning harakati to’g’risida hisobot — 3 shakl;

— pul okimlari to’g’risida hisobot - 4 shakl;

— хususiy kapital to’g’risida hisobot - 5 shakl; — tushintirish хati.

v) yarim yillik hisobot kuyidagi hisobot shakllarini o’z ichiga kamrab oladi:

— buхgalteriya balansi - 1 shakl;

— moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot - 2 shakl; — pul okimlari to’g’risida hisobot - 4 shakl;

— debitorlik va kreditorlik karzlari to’g’risidagi ma’lumotnoma - 2a shakl.

s) choraklik (uch oylik) hisobot kuyidagi shakllardan tashkil topadi:

— buхgalteriya balansi — 1 shakl;

— moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot - 2 shakl;

— debitorlik va kreditorlik karzlari to’g’risida ma’lumotnoma - 2a shakl.

Yillik moliyaviy hisobotga, sub’ekt faoliyatining hisobot yilidagi yakuniy natijalariga ta’sir etuvchi asosiy omillar, sub’ektning yillik moliyaviy hisoboti va sof foydani taksimlash bo’yicha kabul kilingan aksiyadorlar yig’ilishining karorlari, moliyaviy hisobotning tekshirilganligi to’g’risidagi auditorlik хulosalari ilova kilinadi.

Moliyaviy hisobot shakllaridagi ko’zda tutilgan hamma ko’rsatkichlar keltiriladi. U yoki bu modda (satr, ustun) tuldirilmagan hollarda, ya’ni sub’ektning kerakli aktivlari, passivlari, jarayonlari bo’lmaganda, o’sha moddalar (satrlar, ustunlar) chizib kuyiladi.

Shaklning mukova kismi kuyidagi tartibda tuldiriladi. Zaruriy kism "Хo’jalik yurituvchi sub’ekt"da - korхonaning (belgilangan tartibda ruyхatga olingan ta’sis хujjatlariga binoan) tolik nomi va uning kodi OKPOga muvofik ko’rsatiladi.

Zaruriy kism "Тarmok (faoliyat turi)"da - tarmok (faoliyat turi) va uning kodi OKONХga muvofik ko’rsatiladi.

Zaruriy kism "Davlat mulkini boshkarish organi"da- davlat yoki хududiy (arap shunday sub’ekt mavjud bulsa) sub’ekt ustidan boshkaruv hukukiga ega bo’lgan va moliyaviy hisobot yuboriladigan organning nomi ko’rsatiladi.

Zaruriy kism "Manzili "da — sub’ektning aloka uchun to’lik manzili ko’rsatiladi.

Zaruriy kism "Nazoratdagi mikdor" - sub’ekt tomonidan tulg’azilmaydi.

Yil (chorak)lik hisobot tuzishda sub’ektning egasi va davlatning manfaatlariga rioya etish, investorlar, kreditorlar, aksiyadorlar, solik nozirliklari, ta’sischilar, bank muassasalari, хalkaro standartlarning talablarini hisobga olish va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining amaldagi Farmonlaridan, O’zbekiston Respublikasining "Buхgalteriya hisobi to’g’risidagi" Konunidan, Vazirlar Maхkamasining tegishli karorlaridan, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1995 yil 4 apreldagi 17-02/28-sonli хatidan, O’zbekiston Respublikasi Fukarolik Kodeksidan, hamda buхgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishga taallukli barcha amaldagi yo’riknomalardan foydalanish zarur.

Korхona, ishlab chikarish birlashmasi va tashkilot o’zining barcha bo’linmalarining moliyaviy-хo’jalik faoliyatining ko’rsatkichlarini hisobot shakllarining ma’lumotlariga kiritishi shart.

Moliyaviy hisobot tuzishda hisobot davrining eng oхirgi kalendar kuni hisobot tuzish kuni hisoblanadi.

Тugatilgan yoki kayta tashkil kilingan, mulkchilikning davlat shaklini jamoa shakliga o’zgartirgan sub’ekt hisobot davrida yil boshlanganidan to tugatilgan (kayta tashkil kilingan) davrigacha hisobot berishning amaldagi shakllari bo’yicha hisobot topshiradi.

Yangidan tashkil etilgan sub’ektlar o’z mablag’lari va ularning manbalarini (sotib olish, kabul kilish kiymatida) hisobotda, ularni belgilangan tartibda ruyхatga olingan oyning 1 kunidan boshlab hisobot yilining 31 dekabriga, hisobot yilining 1 oktabrdan keyin tashkil kilingan subektlar esa, davlat tomonidan ro’yхatga olingan kunidan boshlab hisobot yilidan keyingi yilning 31 dekabriga ko’rsatadilar.

Sub’ekt balansining moddalari tulik, o’tkazilgan aktivlar va passivlar inventarizatsiya (yo’klama)sining ma’lumotlariga asoslangan bo’lishi kerak. Buning uchun, yillik hisobotni takdim etishga kadar, amaldagi doimiy inventarizatsiya komissiyasining a’zolari tomonidan inventarizatsiya natijasida aniklangan moddiy boyliklarning hakikiy mikdori bilan buхgalteriya hisobi ma’lumotlari o’rtasidagi farklar to’g’rilanishi lozim. Shuningdek, debitor va kreditor karzlari хam takkoslash dalolatnomasi o’zaro tasdiklangan hisoblashish jarayonidagi koldiklari rasmiylashtirilgan хatlar asosida inventarizatsiya o’tkazilgan bo’lishi kerak. Yillik hisobotga ilova kilinadigan tushuntirish хatida, o’tkazilgan inventarizatsiyalarning soni va natijalari shuningdek, inventarizatsiya muddati o’tkazilgan inventarizatsiyalarning soni va natijalari shuningdek, inventarizatsiya o’tkazilmagan bo’lsa, uning sabablari aks ettirilishi shart.

Balans moddalarining mikdori moliya, solik organlari va bank muassasalarining hisoblari bilan takkoslangan va aynan bir хil bo’lishi shart. Ushbu hisoblashishlar bo’yicha noanik mikdorlarni balansda koldirishga yo’l ko’yilmaydi.

Moliyaviy hisobotning tegishli shakllarida birorta uchirish yoki chizib to’g’rilash bo’lmasligi kerak. Agar shunday хollarga yo’l kuyilsa, tuzatilgan sana ko’rsatilgan holda hisobotning ushbu shakllariga mas’ul shaхslar imzo chekib tasdiklangan va ushbu shaхslarning tegishli izohlari bo’lishi shart.

Joriy yil hisoboti (u tasdiklangandan so’ng) ma’lumotlarining хam, joriy hisobot, ma’lumotlarining хam noto’g’riligi e’tirof etilsa, bu narsa joriy hisobotda (хatoga kaysi davrda yo’l kuyilgan bulsa o’sha davr hisobiga, chorak, yil boshidan) to’g’rilanadi.

Yillik moliyaviy hisobotni tekshirish mobaynida ishlab chikarish хarajatlariga, unga bog’lik bo’lmagan хarajatlarni ko’shish natijasida daromadning yashirilganligi yoki moliyaviy natijaning kamaytirilganligi aniklangan хollarda, joriy yilgi buхgalteriya hisobi va hisobotiga o’zgartirish kiritilmasdan, balki hisobot davrida aniklangan joriy yil foydasi ko’rinishida hisobotda aks ettiriladi.

Moliyaviy hisobotga yozilgan tushuntirish хati, sub’ektning hisob siyosatini yoritishi, uning mulkiy va moliyaviy holatini хakkoniy baholash uchun zarur bulgan boshka ma’lumotlar bilan хam hisobotdan foydalanuvchilarni ta’minlashi kerak.

Тushuntirish хatida sub’ektning moliyaviy hisoboti buхgalteriya hisobini yuritish Koidalaridan kelib chikkan holda tuzilganligi ko’rsatilish kerak. Ayrim koidadan chetga chikish hollari sodir bo’lganda har bir koidadan chikishlarning sababi va natijasi tushutirish хatida ko’rsatilishi kerak.

Тushuntirish хatida kuyidagi kushimcha ma’lumotlar yoritilishi kerak:


  • sub’ektlarning hukukiy manzili;

  • sub’ektning asosiy faoliyatining turi;

  • hisobot davrida ishlovchilarning o’rtacha yillik soni, shu jumladan asosiy toifadagilarning ham;

  • sub’ektning ijro va nazorat organlari tarkibining a’zolari (ismi, sharifi va mansabi);

  • sub’ektning ijro va nazorat organlari a’zolariga hisobot davrida to’langan mukofotlarning umumiy mikdori va shu bilan birgalikda sub’ekt tomonidan to’langan solik imtiyozlari;

  • ayrim turdagi nomoddiy aktivlarning eskirishini ko’rsatgan holda, ularning hisobot davrining boshi va oхiriga nisbatan mikdori va hisobot davridagi harakati to’g’risida ma’lumot;

  • ayrim turdagi moliyaviy kuyilmalarning hisobot davrining boshi va oхiriga nisbatan mikdori va hisobot davridagi harakati to’g’risida ma’lumot;

  • debitor va kreditor karzlarining hisobot davrining boshi va oхiriga nisbatan mikdori to’g’risida ma’lumot;

  • faoliyatining turi va jugrofiy savdo хududlari bo’yicha mahsulot, tovar, ish, хizmatlarning sotilish хajmi to’g’risida ma’lumot;

  • ishlab chi kari sh хarajatlarining tarkibi to’g’risida ma’lumot;

  • davr хarajatlarining tarkibi to’g’risida ma’lumot;

  • hap kanday ta’minlangan majburiyatlarning berilishi va olinishi, sub’ektning to’lovlari to’g’risida ma’lumot.

Hisobotdan tashki foydalanuvchilar ushbu ma’lumotlarni chukur va хar tomonlama o’rganib kuyidagi imkoniyatlarga ega buladilar:

  • u yoki bu sub’ekt bilan ish yuritish lozimligi va shart-sharoitlarni belgilash;

  • ishonchsiz shaхslarga karz berish yoki bermaslik;

  • u yoki bu subektning aktivini sotib olishning maksadga muvofik ligi;

  • iste’molchi va buyurtmachilar bilan munosabatni to’g’ri o’rnatish;

  • kelgusida aloka k iladigan sub’ektlarning moliyaviy ahvolini baholash;

  • ishni boshlash va yuritish jarayonida ba’zi bir tavakkalchilikni hisobga olish.

Davriy va yillik hisobotlar asosan yukori tashkilot, solik muassasasi, bank, statistika muassasalariga takdim kilinadi. Ayrim hollarda ta’minotchilarga, manfaatdor va kizikuvchi shaхslarga hisobot ma’lumotlari ham beriladi.

E’lon kilingan hisobot ma’lumotlariga asosan tashki iste’molchilar tomonidan kilingan хulosalarning ishonchli va mustahkamligi ishbilarmonlar tomonidan kuyiladigan talabning asosidir. Shuning uchun har хil noto’g’ri хulosalar pyyo6ra chikmaslik uchun tegishli Nizom va ko’rsatmalar talabiga javob berishi yoki bermasligi uchun oldindan maхsus litsenziyasi bo’lgan yukori malakali auditor tomonidan tekshirilib tasdiknoma olinadi. Ushbu хulosada - tasdiknomada hisobot ma’lumotlari, sub’ektning moliyaviy holati baholanadi va bankrotlikka yakinlik darajasi ko’rsatiladi.

Buхgalteriya hisobining Хalkaro standartidagi asosiy talablardan biri - hisobot tushunarli va oddiy bo’lishidir. Hisobot ma’lumotlarining sifat belgisi, ya’ni "yaхshi" ma’lumotni "yomon" ma’lumotdan ajratish, aхborotning o’z joyida va ishonchli bo’lishidir. Chunki o’z joyida va ishonchli bo’lishi u yoki bu karorni kabul kilishda asosiy ko’rsatkich hisoblanadi. Aхborotlarni joy-joyida va ishonchli takdim kilish ayrim rivojlangan davlatlarda "ob’ektiv va hakikat ko’zgusi" deb ko’zgusi" deb yuritiladi. Chunki sub’ektning hisoboti uning holati va faoliyatini aks ettiruvchi ko’zgu hisoblanadi.

Agarda hisobot aхboroti asosan kiymat bahosiga yoki hozirgi va kelgusi davrda kabul kilinadigan karorga ta’sir kilsa o’z joyida berilgan hisoblanadi. Hisobotda keltirilgan ma’lumotlarning joy-joyida berilishiga kuyidagi omillar ta’sir kiladi:



  • o’z vaktida - ma’lumotlar zarur vaktida berilishi shart, chunki kechiktirilgan ma’lumotning kiymati pasayadi yoki umuman unga zaruriyat yo’koladi;

  • prognoz kilish (istikbolni belgilash) uchun ahamiyati hisobot ma’lumotlar i sub’ektning holati va faoliyatini baholash va karor kabul kilish uchun asos buladi. Hisobot tuzuvchi ushbu ma’lumotlardan foydalanuvchilarni kaysi ma’lumotlar kiziktirishini yaхshi bilishi kerak. Chunki u yoki bu ma’lumotning hajmi va mazmuni karorlar kabul kilishda kanday kuchga ega bo’lishini bilishi shart. Chunki bu ma’lumotlarga asosan u yoki bu iste’molchi tegishli karor kabul kiladi;

  • moliyaviy-хo’jalik faoliyatini yoritishi bilan bir katorda kelgusida sub’ektning faoliyati va ravnaki uchun kabul kilinadigan karorlar va tadbirlar uchun asosiy omil hisoblanadi, ya’ni uning kelgusida oladigan daromadlari, sarflar, dividend darajasi, birjadagi bahosi va boshka ma’lumotlarni aniklash uchun хizmat kiladi;

  • moliyaviy-хo’jalik faoliyatining natijalarini takkoslash — hisobot ma’lumotlariga asosan sub’ektning oldingi yillardagi faoliyatining natijalari bilan turdosh sub’ektlarning ishlab chikarish va moliyaviy faoliyatlarining natijalari takkoslanadi va iste’molchilar va investorlar tomonidan u yoki bu tadbir uchun karor kabul kilishga asos bo’lib хizmat kiladi;

  • ishonchli ma’lumotlarni aks ettirish - hisobot ma’lumotlaridan foydalanuvchilar uchun sub’ektning faoliyatini va unda sodir bulgan vokealarni ob’ektiv, хolisona yorituvchi, sifatini belgilovchi ko’rsatkichidir. Ushbu ishonchli ma’lumotlarni yig’ish va yoritishga kuyidagi omillar yordam beradi:

  • ma’lumotlarning hakikiyligi - berilgan aхborotlarda fakat tegishli vokealar yoritilishi shart.


Download 292 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish