2.Korxonada majburiyatlarning vujudga kelishi va turlari
Bozor munosabatlarida ishtirok etuvchi barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar to‘lov jarayonlarida qarzdor yoki kreditor bo‘lib ishtirok etadi. Chunki, bozorda faoliyat olib borish sharoitida korxonalarda muntazam moliyaviy imkoniyatlari yetarli bo‘lmaydi. Masalan, mahsulot sotilganidan so‘ng kni puli hisob-kitob raqamiga kelib tushkingacha bo‘lgan jarayonda, yoki ishchilarga ish haqi va soliq to‘langandan so‘ng korxonada pul mablag‘larini uzilishi davriy ravishda ro‘y beradi, bu holda korxonada hamashy va materiallarga bo‘lgan talab vujudga kelib qolsa, u qarz hisobiga mahsulot sotib olishga majbur bo‘ladi. Boshqa hollarda, qarzga mahsulot sotishga majbur bo‘ladi. Shunday ekan, korxona balansida majburiyatlarni vujudga kelishi tabiiy hol hisoblanadi. Qachonki, debitor va kreditor qarzdorlik muddatidan o‘tib ketsagina, salbiy hisoblanadi. bu tushunchalarni batafsil ko‘rib chiqishga harakat qilamiz.
Qarzdor – bu turli ko‘rinishda va turli operatsiyalar natijasida o‘zgalar oldida majburiyat vujudga kelgan shaxs hisoblanadi. Boshqa ta’riflarda qarzdor – pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlirning talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir bo‘lmagan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor1. Bundan ko‘rinadiki, Qonunga asosan qarzdor faqatgina yuridik yoki yakka tartibdagi tadbirkordir. Jismoniy shaxs ham qarzdor bo‘lishi mumkin. Lekin milliy qonunchiligimizda faqatgina yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlargagina bankrotlik taomili qo‘llanilganligi uchun qarzdor sifatida ular e’tirof etilgan.
Kreditorlar esa qarzdor tomonidan qaraganda undan haqdor shaxslar. Unga Qonunda quyidagicha ta’rif berilgan: kreditorlar – qarzdor pul majburiyatlari bo‘yicha va (yoki) majburiy to‘lovlar majburiyatini bajarish bo‘yicha qaysi yuridik yoki jismoniy shaxs oldida javobgar bo‘lsa, ayni shu yuridik yo jismoniy shaxslar (qarzdor qaysi fuqaroning hayoti yoki sog‘ligiga zarar etkazganligi uchun javobgar bo‘lsa, ayni shu fuqaro, shuningdek o‘z ishtirokidan kelib chiqadigan majburiyatlar bo‘yicha qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) bundan mustasno)2. Qonunda kreditorlar sifatida sof hamkorlar hisobga olinadi. Lekin qarzdordan o‘z majburiyatini vaqtida bajarishni har qanday shaxs talab qiladi. Shuni e’tiborga olgan holda ta’rifni mavzu doirasida kengaytirish mumkin. Ya’ni kreditor – bu shunday shaxski, u boshqa qarzdor shaxs oldida o‘ziga nisbatan majburiyatni vujudga keltirgan.
Majburiyat iqtisodiy munosabatlarda korxonalarni ishtiroki nuqtai nazaridan olib qaraganda, korxonani boshqa yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi pul mablag‘lari va boshqa ko‘rinishdagi qarzdorlik bo‘lib hisoblanadi. Korxona buxgalteriya balansida aktivlarni chetdan jalb qilingan mablag‘lar hisobiga shakllangan manbaini aks ettiradi.
Majburiyatni korxonada vujudga kelishi bo‘yicha yuqorida dastlabki tushunchalar berib o‘tildi. Bundan tashqari, korxonada majburiyatlarning bajarish imkoniyati quyidagi hollarda vujudga kelishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |