Buxgalteriya balansini tuzish (maqolani raqamga aylantiring)
“Maktabda birga o‘qigan do‘stim meni yangi ish boshlagan kompaniyasi (“Ushalgan orzular” MChJ)ga buxgalterlik ishiga taklif etdi, xar xolda oilam uchun qo‘shimcha daromad deb darrov rozilik berdim. Ertasiga tanishib chiqish uchun kompaniyaga bordim. Do‘stim kompaniyabinosini 10 ta Lesseti avtomobilining puliga sotib olibdi, avtomashinaning narxi bozorda 120 mln.so‘m ekan, Ofisida jami 5 nafar xodim ishlaydi, sentyabr oyiga ularga ish haqi berish uchun bankdan 35 mln.so‘m olib kelish kerakligini do‘stim menga bir eslatib o‘tdi (xali ish haqini bermagan ekan), ko‘zim bexos xovlida turgan avtomashinaga tushdi. Xali yangi ekan, ichidagi selofan xaltasi xam olinmagan (ofis xizmati uchun yangi sotib olingan), do‘stimni aytishicha xorijda o‘qigan kursdoshi bilan bu ishlab chiqarish kompaniyasini ochishgan ekan, xorijlik do‘stining ulushi 80 foizga teng bo‘lgan, shunda men qiziqib kompaniyaning ustaviga qaradim (ta'sis hujjati 1 mlrd. so‘m miqdorida belgilangan, kompaniya uchun xom ashyo Turkiyadan keltirilar ekan, turk qardoshlardan 30000 AQSh dollar qarzdorlik bor (1 AQSh doll =1100 so‘m), xorijdan o‘rnatiladigan uskuna uchun “Xamkorbankdan” 200 mln so‘m uzoq muddatli kredit olgan.
Do‘stim bu o‘tgan chorakda ustav kapitalining 50 foizi miqdoriga teng sof foyda bilan chiqqan. Kompaniyaning bankdag hisobraqamida 175 mln so‘m borligini bank ko‘chirmasidan ko‘rib qoldim. Shuningdek, yangi texnologiyalari va ishlanmalari uchun kompaniya 20 mln so‘mlik patentni qo‘lga kiritgan (Intellektual mulk agentligidan olgan), ammo zaruriyat yuzasidan berib yuborilgan tovarlar qiymati (pulini xali olmagan) patent qiymatiga teng.
Xa shunaqa gaplar, endi men bu kompaniyaning balansi qanday bo‘lishi ustida bosh qotira boshladim (do‘stim men bilan gaplashanda birinchi masala shu ekanligini aytgan edi)....endi bu yog‘iga hijolat bo‘lib qolmay, siz menga yordam qiling (axir siz eng nufuzli Toshkent moliya institutida tahsil olasiz.....)”
“Ushalgan orzular” MChJning buxgalteriya balansi
№
|
Balans aktivlari (mablag‘lar)
|
Summasi
|
№
|
Balans passivlari (mablag‘larni tashkil topish manbasi)
|
Summasi
|
1
|
Bino
|
1 200 000 000
|
1
|
Hodimlar ish haqi bòyicha qarzlar
|
35 000 000
|
2
|
Mashina
|
120 000 000
|
2
|
Ustav kapitali
|
1000 000 000
|
3
|
Xom-ashyo
materiallari
|
33 000 000
|
3
|
Mol ketkazib beruvchilardan qarzlar
|
33 000 000
|
4
|
Hisob-kitob schotida
|
375 000 000
|
4
|
Uzoq muddatli kredit
|
200 000 000
|
5
|
Patent
|
20 000 000
|
5
|
Sof foyda
|
500 000 000
|
6
|
Haridorlardan olinadigan schot
|
20 000 000
|
6
|
|
|
|
Jami aktivlar
|
1 768 000 000
|
|
Jami passivlar
|
1 768 000 000
|
Do'stlaringiz bilan baham: |