Buxgalteriya balansi



Download 0,62 Mb.
bet5/5
Sana29.03.2022
Hajmi0,62 Mb.
#516926
1   2   3   4   5
Bog'liq
jasurkurs

Oldingi tahrirga qarang.
13. Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi 2020 — 2022 o‘quv yillari uchun xorijda ta’lim oluvchi nomzodlar ro‘yxatini shakllantirishda “iqtisodiy rivojlanish” va “makroiqtisodiy siyosat” yo‘nalishlarida zamonaviy bilimga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash maqsadlarida vazirlik bilan birgalikda yosh mutaxassis va oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini xorijga ta’lim olish va malaka oshirishga jo‘natish uchun amaliy choralar ko‘rsin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
14. Vazirlik Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda, davlat zaxiralarini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish, strategik va safarbarlik zaxirasi tovarlar nomenklaturasi va hajmlarini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish, mahsulotlar narxi keskin o‘zgarishining oldini oluvchi bozor tamoyillariga asoslangan ta’sirchan mexanizmlarni joriy qilishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-martga qadar:
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha Sirdaryo viloyatida o‘tkazilayotgan huquqiy eksperiment muddatini uzaytirish;
“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarni xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning kuchga kirish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tegishli qonun loyihasini kiritsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmon talablaridan kelib chiqqan holda vazirlik faoliyatini tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
18. Vazirlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda belgilangan tartibda:
qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni mazkur Farmonga muvofiqlashtirsin.
19. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, uning qonuniy-me'yoriy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan iqtisodiy islohatlar dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu masala O`zbekiston hukumatining iqtisodiyot sohasida amalga oshirayotgan islohatlarida eng ustivor, davlat siyosati darajasida ko`tarilgan masalalardan biri bo`lib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini har tomonlama qo`llab-quvvatlash, shu asosda aholining bandligi va farovonligini oshirish muammolarini hal etishdan iborat.
Kichik biznesni rivojlantirish asosida bir qator ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar hal etilishi nazarda tutiladi.
Birinchidan, jahon tajribasi shuni ko`rsatadiki, kichik biznes ichki bozorni zarur tovar va xizmatlar bilan to`ldiradigan, iqtisodiyotning tarkibiy negizini belgilab beradigan eng muhim sektor hisoblanadi, shuningdek, aholini ish bilan ta'minlashda, uning daromadlarini oshirishda eng asosiy omil va manba bo`lib xizmat qiladi.
Ikkinchidan, hozirgi sharoitda jahon va mintaqaviy bozorlarda raqobat keskinlashib borayotgani hammaga ayon. Aynan kichik biznes o`zining harakatchanligi, kam sarmoya talab qilishi hisobidan ishlab chiqarishni yengilroq va tez modernizatsiya qilish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini yangilash imkoniyatiga ega ekani va shu tariqa bozor kon'yunkturasining o`zgaruvchan talablariga yaxshi moslasha olishi bilan e'tiborlidir.
Uchinchidan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o`sishi bilan mamlakat tayanchi va suyanchi bo`lgan mulkdorlar o`rta sinfini shakllantirish vazifasi bevosita hal etiladi. Umuman aytganda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda aholi bandligini ta'minlaydigan va uning asosiy daromad manbai bo`lgan muhim bug`in hisoblanmoqda.
Shu jihatdan, respublikamizning bozor iqtisodiyotiga o`tishi sharoitida iqtisodiyotning ijtimoiy yo`naltirilishini kuchaytirish, ishlab chiqarishni iste'molchilar talablari asosida amalga oshirish va tashkil etish hamda fuqarolarni tadbirkorlik bilan shug`ullanishlariga keng yo`l ochib berish, ularning mavjud imkoniyatlardan to`la foydalanishi, yuqori samara, tashabbus va tashkilotchilik asosida tadbirkorlik faoliyatini olib borishlariga katta e'tibor qaratilayapti.

Tadbirkorlarimiz oldilariga qo`ygan yuksak maqsadlariga erishishda bir qator muammolarga duch kelmoqdaki, bu - qonuniyatlari darajasida to`la anglamaslik, biznesni tashkil etish, rejalashtirish, moliyalashtirish, soliqqa tortish va boshqarishda kerakli bilim hamda ko`nikmaga ega emasliklarida namoyon bo`lmoqda. Bu esa albatta, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakatimizda sust rivojlanishini asosiy sabablaridan biridir.


http://el.tfi.uz/images/Dusiyarov_BMI_uz_fdc98.pdf
2-reja
Bugungi kunda iqtisodiyotimizga bozor elementlari va xalqaro tajribalarning tadbiq etilib borishi barcha xo‘jalik mexanizmini hamda oliy ta’lim tizimini takomillashtirishni va uni axborot ta’minotining asosi bo‘lgan moliyaviy hisob va tahlil sohasida tub islohotlarni o‘tkazish zaruriyati yuzaga keldi. 350 Ma’lumki, yaqin yillargacha hisob tizimi faqatgina xo‘jalik muomalalarini qayd qilish va hisob hujjatlarini saqlash vositasi bo‘libgina xizmat qilardi. Bozor munosabatlariga o‘tish esa buxgalteriya hisobining haqiqiy vazifalarining naqadar serqirra ekanligini yanada kengroq ochib berdi. Birinchidan, buxgalteriya hisobi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini boshqarishning ajralmas bo‘lagiga aylandi. Ikkinchidan, turli xil foydalanuvchilarni buxgalteriya axborotlari bilan ta’minlash markaziy masalalardan biriga aylandi. Va, nihoyat, zamonaviy buxgalter faqatgina hisob ishlarini yuritibgina qolmay, balki buxgalteriya ma’lumotlarini tahlil qilish, korxona iqtisodiy holatini tavsiflovchi turli xil koeffitsiyentlarni hisoblash, xo‘jalik jarayonlariga baho berish, korxona istiqbolini belgilay olishi kerak. Bundan tashqari malakali zamonaviy buxgalter auditorlik faoliyati bilan shug‘ullana olishi kerak. Shunga ko‘ra, iqtisodiyotda faoliyat yuritadigan buxgalter kadrlarga alohida talablar qo‘yildi. Moliyaviy hisob fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, iqtisodiyot bo‘g‘inining ajralmas qismi hisoblangan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga kadrlar etkazib berishda muhim rol o‘ynaydi.
Хo’jalik subyektlarini boshqarish uchun, eng avvalo, ulardagi mablag’lar haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lish kerak. Shu bilan birga ular, mablag’larning qanday turlariga ega va bu mablag’lar qanday manbalardan tashkil topganligini bilish kerak bo’ladi. Bunday ma’lumotlar umumlashtirilgan hodda pul ko’rsatkichlarida ma’lum bir sanaga berilishi kerak. Mablag’lar tarkibi va qanday maqsadlarga mo’ljallanganligini o’rganish uchun ularni iqtisodiy jihatdan guruhlash zarur. Mana shu ma’lumotlar buxgalteriya balansi yordamida olinadi.
Buxgalteriya balansi xo’jalik mablag’larini ularning turlari va tashkil topish manbalari bo’yicha muayyan bir davrga pulda ifodalanib, umumlashtirib aks ettirish va iqtisodiy guruhlash usulidir.
Mablag’lar turlari va ularning manbalarini ajratib ko’rsatish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 7 fevralda 31-sonli buyrug’i bilan qabul qilingan balans ikki qismdan iborat bo’lgan jadval shaklida tuzilgan. Uning chap tomonida mablag’lar turlari va ularning joylanishi keltiriladi va u aktiv qism deb nomlanadi, passiv qism deb nomlanadigan o’ng tomonida mablag’lar manbalari va ularning qanday maqsadlarga atalganligi ko’rsatiladi.
«Aktiv» atamasi lotincha faoliyatli, amal qilish, mavjud bo’lish degan so’zlardan kelib chiqqan. Shuning uchun aktiv deganda mablag’lar qanday amal qilayotganligini, ishlayotganligini ko’rsatuvchi mablag’lar guruhlanishini tushunish kerak.
Aktivlar oldingi amalga oshirilgan muammolarni yoki oldin sodir bo’lgan voqealar natijasida korxonaga kelib tushgan va ular kelajakda foyda keltiradigan iqtisodiy resurslardir. Aktivlar uch xil xususiyatga ega bo’lishi kerak:
a) kelajakdagi iqtisodiy nafni o’zida mujassamlanishi, bevosita va bilvosita pul mablag’lari yoki ularning ekvivalentlarini ko’paytirish imkoniyati;
b) bu iqtisodiy naflarni nazorat qilish qobliyatini mujassamlash;
v) oldingi bitimlar yoki boshqa voqealarning natijasi bo’lishi.
«Passiv» atamasining ildizi ham lotincha faolsiz, xolis turmoq, tushuntirish kabi so’zlarning ildizidan olingan. Тarixan bu atama dastlab faqat qarzga olingan mablag’larga nisbatan, ya’ni uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlarga nisbatan qo’llanar edi. Bu bilan mulk egasi qarzga olingan mablag’larga bo’lgan munosabatda o’zboshimchalikdan o’zini tutishi kerakligi ta’kidlangan edi. Keyinchalik «passiv» atamasi manbalarning boshqa moddalariga ham tarqatilgan bo’lib, faqat korxona majburiyatlarini tavsiflabgina emas, mablag’lar turlarini qanday maqsadlarga mo’ljallanganligini ham tavsiflash uchun ishlatiladigan bo’ldi.
Manbalarning tarkibiy qismini majburiyatlar tashkil etadi. Subyektning majburiyatlari bu oldingi amalga oshirilgan operatsiyalarning natijasi yoki kelajakda o’zida mujassamlangan iqtisodiy nafni chiqib ketishi yoki yangi majburiyatlarni vujudga kelishi bilan yakunlanadi. Majburiyatlarni uch xil xususiyatga ega bo’lishi kerak:
a) aktivlarni chiqib ketishi yoki xizmat ko’rsatish yo’li bilan to’lashni vujudga keltiradigan mavjud doimiy majburiyatni o’zida majassamlashtirishi;
b) subyekt uchun majburiyatning bajarilishi shartligi va qariyb muqarrarligi;
v) oldingi bitim yoki voqealar natijasi bo’lishi.
Uning aktivi va passivida ham balans moddalari ikkiga bo’lib ko’rsatiladi. Aktivda: I bo’lim. Uzoq muddatli aktivlar va II bo’lim. Joriy aktivlar.
Passivda: I bo’lim. O’z mablag’larining manbalari va II bo’lim. Majburiyatlarga bo’linadi.
Balans ko’rsatkichlaridan quyidagi iqtisodiy ko’rsatkichlarni aniqlab olish mumkin. Aktivlar aylanma va uzoq muddatli kapitallari yig’indisiga teng. Хo’jalik yurituvchi subyektning o’z mablag’lari aktivlaridan majburiyatlarini ayirganiga teng.
Aktiv va passivning xar bir elementi mablag’lar turi yoki ularning manbai balans moddasi deb ataladi. Aktivda, masalan, quyidagi moddalar keltiriladi: «Asosiy vositalar», «Тugallanmagan ishlab chiqarish», «Тayyor mahsulot», «Hisob-kitob schyoti» va boshqalar; passivda «Ustav kapitali (fondi)», «Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi, «Bank kreditlari», «Mol yetkazib beruvchilardan qarzlar» va boshqa moddalar.
Buxgalteriya balansining xususiyati aktiv va passivlar pullik yakunlarining tengligidan iborat. Bu talab har qanday korxona balansi uchun majburiydir. Bu talab aktivda ham, passivda ham mablag’larning bir xil hajmda, faqat har xil guruhlanishda ko’rsatiladi, ya’ni aktivda - turlari bo’yicha, passivda - manbalari bo’yicha. Balansning nomi ham shunga asoslangan, chunki «balans» so’zi tenglik, barobarlikni anglatadi. Shuning uchun ham balans aktivi va passivi «balans» so’zi bilan belgilanadi.
Balans korxonaning xo’jalik mablag’larini ma’lum bir sanaga tavsiflab, uning o’tgan davrdagi barcha faoliyat natijasini qanday holatga olib kelganligini ko’rsatadi. Shunday qilib, balans korxona mablag’larining turlari va ularning manbalari haqidagi muhim axborotga ega bo’lgan xo’jalik yuritish subyektlari ishining yakunlari to’g’risidagi hisobotdir.
Balans aktivida mazkur korxona ixtiyoridagi mablag’lar turi va ularning ma’lum davrda aylanishidagi joylanishi keltiriladi. Masalan, aktivning birinchi moddasida dastlabki qiymatda berilgan «Nomoddiy aktivlar» korxona ixtiyoridagi sezilarsiz aktivlarning qiymatini tavsiflaydi. Navbatdagi «Amortizatsiya» moddasi nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati qanchaga kamayganini ko’rsatadi. «Qoldiq qiymat» moddasi nomoddiy aktivlarning amortizatsiya summasini ayirib tashlangandan keyingi qolgan qiymatini aks ettiradi.
«Asosiy vositalar» dastlabki qiymat moddasida korxona ixtiyoridagi mehnat vositalarining qiymatini ko’rsatadi. Shuningdek, qayta tiklash qiymati - eskirish va asosiy vositalarning qoldiq qiymati va hokazolarni aks ettiradi. «Ishlab chiqarish zaxiralari» moddasi korxona ixtiyoridagi «Хom-ashyo va materiallar», «Yordamchi materiallar», «Yoqilg’i» va ombordagi boshqa ishlab chiqarish zaxiralarining qiymatini umumiy summada aks ettiradi. «Тugallanmagan ishlab chiqarish» moddasi korxonaning har xil sexlarida tayyorlanishi hali oxirigacha yetkazilmagan buyumlarga qilingan sarflar summalarini aks ettiradi. «Тayyor mahsulot» - bu mazkur korxonada tayyorlangan va sotish uchun mo’ljallangan buyumlardir. «Kassa» va «Hisob-kitob schyoti» moddalarida muayyan davrda korxona ixtiyoridagi pul mablag’larining summasi ko’rsatiladi. «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklao». «Boshqa debitoolik qarzlari» va hokazo moddalarida esa boshqa xo’jalik yuritish subyektlarning ushbu korxonaga undan sotib olingan mahsulot uchun («Хaridorlar») va boshqa operatsiyalar bo’yicha («Boshqa debitorlar») qarzlari aks ettiriladi.
Ko’rinib turibdiki, aktiv moddalari juda aniq bo’lib, ularning mazmuni ko’p tushuntirishlarni talab qilmaydi. Passiv moddalari esa boshqachadir. Bu moddalardan ba’zilarining mohiyatini ularning qanday maqsadga tayinlanishiga qarab aniqlab olish doim ham oson bo’lavermaydi. Passivdagi har bir moddaning mazmunini aniq ko’z oldiga keltirish uchun passiv umuman nimani aks ettirishini yaxshi bilib olish lozim. Yuqorida aytilganidek, passiv aktivda ko’rsatilgan korxona mablag’larining manbaini aks ettiradi.
Passivning birinchi moddasi ustav kapitalidir. Uning summasi korxonaning yaratilish paytida shakllantirilgan mablag’lar miqdoridan iborat. Bunda korxonaning o’z mablag’larining umumiy summasi ko’rsatiladi va bu manbadan berilgan mablag’larning o’zi balans aktivining moddalarida aniq gavdalantirilgan bo’ladi.
«Тaqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)» moddasida korxonaning faoliyat ko’rsatishi boshidan boshlab hisobot davrigacha bo’lgan vaqt ichida jamg’arilgan foyda summasini aks ettiradi.
«Uzoq muddatli kreditlar» moddasida korxonaning bankka bo’lgan uzoq muddatli qarzi aks ettiriladi. Bu moddada ko’rsatilgan summa korxona tomonidan olingan uzoq muddatli bank kreditini aks ettirib, belgilangan davrda qaytarilishi kerak. Mazkur modda korxona ixtiyorida hozircha bo’lgan pul mablag’larining miqdorini ko’rsatadi, deb o’ylash noto’g’ri bo’ladi, chunki bank tomonidan kredit ko’rinishida beriladigan pul mablag’lari odatda korxonaning hisob-kitob schyotiga yozib qo’yiladi yoki mol yetkazib beruvchilardan bo’lgan qarzni uzish uchun o’tkaziladi. Demak, bu mablag’ balansning boshqa moddalarida aks ettiriladi.
«Kreditorlar» moddasining «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar» qatorida keltirilgan summa korxonaning mol yetkazib beruvchilardan sotib-olingan har xil moddiy boyliklari uchun qarzini ko’rsatadi.
«Mehnatga haq to’lash bo’yicha qarzlar» moddasida korxonaning ishchilar va xizmatchilariga hisoblangan ish haqiga doir majburiyatlari aks ettiriladi. Boshqacha qilib aytganda, bu modda korxona tomonidan ishchi va xizmatchilarning bajargan ishlari uchun to’lanishi kerak bo’lgan ish xaqi summasi qancha ekanligini ko’rsatadi.
«Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz» moddasi korxonaning budjet oldidagi undan undiriladigan har xil soliqpar va ajratmalarni to’lash bo’yicha majburiyatlarining summasini, ya’ni moliya tashkilotlariga bo’lgan qarzning miqdorini aks ettiradi. Тo’lanishi lozim bo’lgan summa aniqlanganidan keyin, korxona o’z balansining passivida shu modda bo’yicha uning summasini ko’rsatadi. Buxgalteriya balansi quyidagi belgilariga qarab tasniflanadi:
1. Тuzish vaqtiga qarab: kirish balansi; joriy (davriy) balans; tugatish balansi; ajralish balansi; qo’shilish balansi; sanatsiya balansi.
2. Тuzish manbalariga qarab: inventar balanslari. Faqat inventar vositalari asosida tuziladi; ular qisqartirilgan variantda hisoblanadi. Bunday balanslar mavjud mulk asosida yangi korxonalar vujudga kelganda yoki xo’jaliklar o’z shaklini o’zgartirganda talab qilinadi; daftar balansi - inventarizatsiya o’tkazish yo’li bilan oldindan tekshirilmasdan faqat daftarlardagi yozuvlar asosida tuziladi; bosh balans - hisob va inventarizatsiya ma’lumotlariga asosan tuziladi.
3. Axborot hajmi bo’yicha: yakka balans - faqat bir korxona axborotini aks ettiradi; yig’ma balans - barcha korxonalar mablag’larining umumiy holatini aks ettiruvchi summalarni mexanik qo’shish yo’li bilan tuziladi; konsolidallashgan balans.
4. Faoliyat xarakteri bo’yicha: asosiy balans - korxonaning asosiy faoliyat turi va ustaviga to’g’ri keladigan balans; asosiy bo’lmagan balans - korxonaning boshqa faoliyat turlari bo’yicha tuziladigan balans.
5. Mulk shakli bo’yicha: davlat korxonalari balansi; aksioner jamiyatlari balansi; munitsipal balansi; qo’shma korxonalar, kichik va xususiy korxonalar balansi.
6. Aks ettirish obyekti bo’yicha: huquqiy shaxs bo’lgan korxonaning mustaqil balansi; alohida balans.
7. Тozalanish usuli bo’yicha: brutto-balansi - bu barcha tartibga soluvchi moddalarni o’z ichiga oluvchi balans; netto-balans - bu barcha tartibga soluvchi moddalarni chiqarib tashlab tuzilgan balans. Bizning Respublikamizda netto-balansi qo’llaniladi.

Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS) xo‘jalik yurituvchi subyektning turli hisobot davrlaridagi moliyaviy hisobotlari, shuningdek turli xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotlari qiyoslanishini ta’minlash maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotini shakllantirish va tuzish uchun asoslarni belgilab beradi. Bu maqsadga erishish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisob siyosati va moliyaviy hisobotiga asos bo‘ladigan kontseptsiyalar hamda moliyaviy hisobotning mazmuniga eng kam miqdordagi talablar ko‘zda tutilgan. Ayrim operatsiyalar va voqealarni aks ettirish, ularni o‘lchash hamda ochib berish uchun batafsil talablar BHMSlarda bayon qilinadi. Moliyaviy hisobotdan tashqari taqdim etilishi lozim bo‘lgan axborotlarga talablarni bayon qilmaydi. Masalan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotga qo‘shimcha axborot sifatida moliyaviy sharhlarni taqdim etishlari mumkin. Hisob siyosatini buxgalteriya hisobini yuritish subyektlarining mablaglarini hisobot yilida baholashning uslubiy qoidalarining yig‘indisi deb ta’riflash mumkin. Endilikda har qanday mulkchilik shaklidagi, tashkiliy-huquqiy tuzilishdagi va tarmoqqa tegishli subyektlar quyidagi sohalar bo‘yicha uzining hisob siyosatini tanlab olishi mumkin: − asosiy vositalarning amortizatsiyasini hisoblash; − asosiy vositalarni ta’mirlash sarflarini hisobga olish; − materiallarni sotib olish sarflarini hisobga olish; −moddiy aylanma mablaglarining hisobini tashkil qilish va baholash; − ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish;


materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, junatilgan tovarlarni baholash; − ishlab chikatilgan tayyor mahsulotni hisobda aks ettirish; − mahsulot (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasini hisobga olish; − shubxali qarzlar bo‘yicha har xil zaxira (rezerv)larni yaratish; − sof foyda hisobidan har xil jamg‘armalarni xosil qilish va boshqa masalalar bo‘yicha. MChJ “Trans-Snab”da hisob siyosati yilning 01 yanvar holatiga tasdiqlanadi va yil davomida unga o’zgarishlar kiritilmaydi, quydagi holatlardan tashqari: 1) sub’ektning tugatilishi va qayta tashkil etilishi paytida; 2) mulk egalari o’zgargan hollarda; 3) O’zbekiston Respublikasi qonun va qonun osti xujjatlariga o’zgarishlar kiritilgan holatlarda; 4) Buxgalteriya hisobining yangi usullari ishlab chiqilgan hollarda (iqtisodiy va texnologik isboti taqdim etilgan holatda). Hisob siyosatiga kiritiladigan o’zgarishlar asoslangan bo’lishi shart va qonunda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi. Yangi yoki qayta tashkil etilgan korxonalar o’z hisob siyosatlarini buxgalteriya hisobotini e’lon qilish va ro’yxatdan o’tgan kundan boshlab 90 kun avval tasdiqlashlari lozim
Korxonalar, aksiyador jamiyatlari, firmalarda muhim boshqaruv usullaridan biri — biznes-rejalardir. U iqtisodiy jarayonlami umummilliy manfaatlami ko'zlab, xo'jalik amaliyotida obyektiv iqtisodiy qonunlardan foydalanish asosida, ongli ravishda, bir maqsadga intilgan holda boshqarishning o'zaro uzviy bog'liq tizimidan iboratdir. Biznes-reja vositasida hal etiladigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: iqtisodiyot rivojlanishi yo'nalishlari va maqsadlami amalga 7.1. Boshqaruvning iqtisodiy usullari 75 oshirish yo‘llarini ko'rsatish, iqtisodiyotning barqaror, mutanosib o'sishini ta’minlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni tarmoqlar va ishlab chiqarishlar o'rtasida taqsimlash va qayta taqsimlash, fantexnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etishni ta’minlash; tarmoqlararo integratsiya, tarmoq ichida ixtisoslashuv va sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish; xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tezkor tartibga solish va koordinatsiya qilish. Biznes-reja korxona, aksiyadorlar jamiyati, konsemlar faoliyatining hamma tomonlarini: mahsulot ishlab chiqarish va sotish, moddiy-texnik ta’minot va ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish, mehnat va ish haqi, jamoada ijtimoiy jarayonlar va boshqalami qamrab oladi. Bozor munosabatlari sharoitida ularga rejalashtirish borasida keng huquqlar beriladi.
Xo'jalik tashkilotlarining ishlab chiqarishni boshqarish bo'yicha faoliyati boshqaruvning turli tashkiliy farmoyish usullarini qo'llash bilan bog'liqdir. Boshqaruvning tashkiliy farmoyish usullari boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi ta’sir etish tizimidan iboratdir. Boshqaruvning tashkiliy farmoyish usullari iqtisodiy usullarni to'ldirib, bozor iqtisodiyoti qonunlari, huquqiy aktlarni hisobga olish va bajarishga asoslanadi. Davlat maxsus tuzilgan boshqaruv tashkilotlari vositasida boshqariladigan tizimga ma’muriy va tashkiliy jihatdan ta’sir o'tkazadi. Boshqaruv tizimida tashkiliy usullar umumiy maqsadga erishish uchun ishlab chiqaruvchilaming hamkorlikdagi harakati tartibga solinadigan ma’muriy hujjatlar asosida amalga oshadi. Tashkiliy farmoyish usulini qo'llash asosini boshqaruvning barcha tamoyilariga rioya qilish tashkil etadi. Nima sababdan boshqaruvning ma’muriy farmoyish usullari ma’muriy shakllar bilan qo'shib olib boriladi. Bu ko'p hollarda tashkiliy ta’sir ma’muriy huquqni qo'llash, ya’ni qaror va farmoyishlarni amalga oshirishga asoslanadi. Lekin, «boshqaruvning tashkiliy famioyish usuli» tushunchasi «ma’muriy boshqaruv usuli» tushunchasidan birmuncha kengdir, chunki tashkiliy farmoyish usullari boshqaruvning turli darajalariga turli ko'lamda va shaklda tashkiliy ta’sir etishni o'rganish masalalarini ham qamrab oladi. Tashkiliy farmoyish usullari tashkiliy aniqlikni ta’minlaydilar, tashkiliy tizim, boshqaruvning har bir bo'g'ini vazifalarini belgilab beradi, boshqaruv apparati intizomi va faoliyati 76 samaradorligini ta’minlaydi, ishda tartib o'matadi, qaror va farmoyishlarni bajaradi, kadrlami tanlaydi va joy-joyiga qo'yadi va b. Boshqaruvning tashkiliy farmoyish usullari ulaming ishlab chiqaruvchilaiga ta’sir etish manbalari va yo'nalishlari bo'yicha turlarga ajratiladi. Bunga bog'liq holda ta’sir etishning tashkiliy farmoyish usullari uch guruhga bo'linadi: tashkiliy-barqarorlashtiruvchi, farmoyish va intizom. Ta’sir etishning tashkiliy-barqarorlashtirish usullarining asosiy maqsadi hamkorlikda ishlash uchun tashkiliy asos yaratishdir, ya’ni, vazifa, majburiyat. Javobgarlik va vakolatlami taqsimlash, tartib o'rnatish va b. M a ’m uriy t a ’sir tashkiliy shakllarining ikki tashkiliy reglamentlash va tashkiliy me’yorlash turi mavjud. Tashkiliy reglamentlash vositasida davlat boshqaruvchi va boshqariladigan tizimga ulaming maqbul nisbatini, tashkiliy tizimini va har bir darajada boshqaruv chegaralarini aniqlash maqsadida ta’sir etadi. Tashkiliy reglamentlashga misol qilib lavozimlar haqida Nizomni ko'rsatish mumkin. T a ’sir etishning fa rm o y ish usuli cheklovchi hujjatlarda ko'zda tutilmagan mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda kundalik jadal boshqarish maqsadida qo'llaniladi. Farmoyish ta’sirining asosiy maqsadi boshqaruv apparatining aniq harakati, boshqaruvning barcha bo'Iinma va xizmatlari barqaror ishlashini ta’minlab berishdan iborat. Ta’sir etishning farmoyish usullari buyruq, farmoyish, ko'rsatma va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Buyruq — bu rahbarning qo'l ostidagi xodimlardan ma’lum vazifani bajarishni yozma yoki og'zald ravishda talab qilishidir. Buyruq faqat chiziqli boshqaruv tizimi rahbari tomonidan beriladi. Farm oyish — xodimlardan ayrim ishlab chiqarish va xo'jalik masalalarini hal etishni talab qilishdir. Farmoyish boshliq o'rinbosarlari, xizmatlar boshliqlari, ular ega bo'lgan vakolatlari doirasida beriladi. Boshqaruv amaliyotida qo'llaniladigan ta’sir qilish usullaridan biri — og'zaki ko'rsatmadir. Ta’sir etishning bunday shaklini barcha darajadagi rahbarlar, lekin ko'pincha quyi darajadagi komandirlar, brigada boshliqlari, ustalar qo'llaydilar. Farmoyish vositasida ta’sir etish bajarish muddatlari bilan farq qiladi. Buyruq va farmoyishlar uzoq yoki qisqa muddatga mo'ljallangan bo'ladi. Har bir buyruq yoki farmoyishda qanday vazifa bajarilishi, qachon bajarilishi kerakligi belgilanadi. Ta’sir etishning farmoyish usuli tashkiliy ta’sirga nisbatan uning bajarilishini nazorat qilishni ko'proq talab etadi. Ijro etishning borishi nazorat qilingandan so'ng yana farmoyish bilan ta’sir etishga ehtiyoj tug'iladi. Farmoyish usulining 77 qo'llanish ко‘lami boshqaruv kadrlari malakasi, tashabbuskorligi va qobiliyatiga bog'liqdir. Korxonani boshqarishda farmoyish bilan ta’sir etish faqat qonunga zid bo'lmagan holdagina bajarilishi qat’iy bo'lgan huquqiy kuchga ega bo'ladi. Shu sababli barcha tizimdagi tashkiliy farmoyish faoliyati mavjud qonunchilikka bo'ysungan holda amalga oshishi lozim. Intizomiy ta’sir usullari tashkiliy barqarorlashtiruvchi va farmoyish vositasida ta’sir etish usullarini to'ldirib, intizomiy talablar va majburiyatlar tizimi vositasida tashkiliy aloqalar barqarorligini ta’minlashga qaratilgandir

3-4 reja
Buxgalteriya balansining har xil turlari mavjud bo’lib, ular quyidagi belgilari bo’yicha tasniflanadi: tuzilish vaqti, axborot hajmi, mulkchilik shakli, aks ettirish ob’yekti, tozalash usuli.

Тuzilish vaqtiga ko’ra buxgalteriya balanslari kirish, joriy, tugatish, bo’lish va birlashtirish balanslari bo’lishi mumkin.

Kirish balansi korxonaning paydo bo’lish vaqtiga tuziladi. U korxona o’z faoliyatini boshlayotgan boyliklar summasini belgilaydi.

Joriy balanslar korxona qonunchilik bilan belgilangan muddatda mavjud bo’lgan vaqt mobaynida vaqti-vaqti bilan tuzib turiladi.

Тugatish balanslari korxona tugatilganda tuziladi.

Bo’lish balanslari yirik korxona bir necha mayda korxonalarga bo’linish vaqtiga yoki shu korxonaning bir yoki bir necha tarkibiy bo’linmasini boshqa korxonaga berish vaqtiga tuziladi. Ba’zida bu balans berish balansi ham deyiladi.

Birlashtirish balansi bir necha korxonalar bor korxonaga birlashganda (qo’shilganda) tuziladi.

Axborot hajmi bo’yicha balanslar bir martalik va yig’ma balanslarga bo’linadi. Bir martalik balans faqat bitta korxona bo’yicha joriy hisob asosida tuzilali.

Yig’ma balans bir martalik balanslar asosida tuziladi va birlashmalar (vazirliklar, firmalar, aksiyadorlik jamiyatlari va shu kabilar)ning xo’jalik mablag’larini aks ettiradi.

Mulkchilik shakllariga ko’ra davlat, kooperativ, o’z, aralash va qo’shma korxonalar, shuningdek, jamoat tashkilotlari balanslari farqlanadi.

Aks ettirish ob’yektiga ko’ra balanslar mustaqil va alohida balansga ajratiladi. Mustaqil balansni yuridik shaxs bo’lgan korxonalar tuzadi. Alohida balansni korxonaning tarkibiy bo’linmalari (filiallar, sexlar, korxonaning avtotransport va turar joy-kommunal xo’jaliklari va shu kabilar) tuzadi.

Тozalash usuliga ko’ra balanslar balans-brutto va balans-nettoga ajratiladi.

Balans-brutto-tartibga soluvchi moddalarni o’z ichiga oluvchi balansdir. Vositalarning haqiqiy qiymatini (tannarxi yoki qoldiq qiymatini) aniqlashda summalar boshqa moddalar summalaridan chegiriladigan moddalar tartibga soluvchi moddalar deyiladi. Masalan, asosiy vositalar qoldiq qiymatini hisob-kitob qilish uchun “Asosiy vositalar” summasidan “Asosiy vositalarning eskirishi” tartibga soluvchi modda summasi chegiriladi. Balans-bruttoda tartibga soluvchi moddalar summasi balans yakuni qiymatiga kiritiladi.


Balans-netto-qiymatidan tartibga soluvchi moddalar summasi chegirilgan balans bo’lib, buni “tozalash” deyiladi. O’zbekistondagi barcha korxonalar balans-netto tuzadi, ya’ni balans yakuniga asosiy vositalar, qayta sotiladigan tovarlar esa tannarxi bo’yicha kiritiladi.

Buxgalteriya balansiga qo’yiladigan asosiy talablar uning to’g’riligi, realligi, yaxlitligi, izchilligi va tushunarligidir.

Balansning to’g’riligi balansni tuzishda asoslanadigan hujjatlarning to’laligi va sifati bilan ta’minlanadi. Agar hisobot davrida xo’jalik faoliyatining barcha faktlari o’z vaqtida hujjatli rasmiylashtirilmagan yoki noto’g’ri rasmiylashtirilgan bo’lsa, unda balans korxona ishining haqiqiy yakunini aks ettirmaydi. Buxgalteriya balansining har bir moddasi hujjatlar, buxgalteriya hisobraqamlaridagi yozuvlar, buxgalteriya hisob-kitoblari va inventarlash bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak. Buxgalteriya balansi ma’lumotlarini qasddan buzish – niqoblash deyiladi. Balansni niqoblash qoida buzishlarni yashirish maqsadida yoki korxona faoliyatining ayrim tomonlarini bo’rttirib ko’rsatish maqsadida atayin va balansni tuzish bo’yicha ayrim qoidalardan bexabarlik oqibatida bilmasdan qilingan bo’lishi mumkin.

Balansning realligi moddalar bahosining ob’yektiv voqelikka muvofiq kelishini anglatadi. Balansning “to’g’riligi” va “realligi” tushunchalarini bir-biriga aralashtirmaslik kerak. Balans to’g’ri, ammo noreal bo’lishi mumkin, ya’ni balans ma’lumotlari hujjatlar asosida tuzilgan bo’ladi va haqiqiy mavjud mablag’larni ko’rsatadi, ammo uning ayrim moddalari real holatni, masalan, asosiy vositalar – ma’naviy eskirganligi, debitorlik qarzni talab qilib olib bo’lmasligi va shu kabilarni ko’rsatmaydi.

Balansning birligi balansni yagona hisobga olish va baholash tamoyillari bo’yicha tuzilishini, ya’ni korxonaning barcha tarkibiy bo’linmalarida va tarmoqlarida buxgalteriya hisobi hisobraqamlari (schyot)ning yagona nomenklaturasi, hisobraqamlarning bir xildagi mazmuni, ularning korrespondensiyasi va shu kabilar qo’llanilishini anglatadi.

O’zbekistonda balanslar birligiga erishilgan, chunki O’zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi 1997-yil 15-yanvarda tasdiqlangan buxgalteriya balansining yagona shakli qabul qilingan, hisobraqamlarning yagona rejasi qo’llaniladi. Moliyaviy hisobotning barcha shakllari O’zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi huzuridagi Buxgalteriya hisobi va hisoboti uslubiyati va ularni tashkil etish boshqarmasi ishlab chiqqan “Korxonalar chorak va yillik moliyaviy hisoboti shakllarini to’ldirish bo’yicha ko’rsatmalar” asosida tuziladi.




Balansning davomiyligi har bir keyingi balans oldingi balansdan kelib chiqishi lozimligida ifodalanadi. Masalan, oldingi yil yakuniy balansi (yil oxiriga bo’lgan ma’lumotlar) hisobot yili (yil boshiga bo’lgan ma’lumotlar) boshlang’ich balansi bo’lishi kerak, chunki hisobot yili oldingi yilning davomi hisoblanadi.

Balansning aniqligi – uning balansni tuzuvchilar va uni o’qiydigan hamda tahlil qiladiganlar tushunishi uchun qulayligidir. Balansni aniq va tushunarli qilish uchun moddalar rekvizitlari va nomlari ikki tilda (o’zbek va rus tilida) bayon qilingan, uning shakli ancha soddalashtirilgan.

Shunday qilib, buxgalteriya balansining har bir turi o’ziga xos mazmunga ega bo’lib, ma’lum vazifalarni bajarish uchun mo’ljallangan.


Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobot elementlarining uchtasini, ya’ni aktiv, xususiy kapital va majburiyatlarni o’z ichiga oladi. Shuning uchun buxgalteriya hisobining aktivlar, xususiy kapital va majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlarning qoldiqlari asosida buxgalteriya balansi tuziladi. Ushbu schyotlarni buxgalteriya balansi schyotlari yoki doimiy schyotlari deb atashadi. Chunki bu schyotlar doimiy qoldiqqa ega bo’ladi va hisobot davri oxiriga yopilib ketmaydi. Buxgalteriya balansini tuzish ushbu schyotlarning dastlabki qoldig’i, hisobot davridagi aylanmasi va hisobot davri oxiriga bo’lgan qoldiq summasini to’g’ri aniqlashga bevosita bog’liqdir.

Balans aktivining “Uzoq muddatli aktivlar” bo’limini to’ldirish uchun zarur ma’lumotlarni aks ettiruvchi schyotlarning hisobot davri yakuniga bo’lgan summasini aniqlashda asosiy e’tibor ularning kirimi va chiqimi, eskirish summasini to’g’ri aniqlash hamda ularni schyotlarda aks ettirish bilan bog’liq ishlarini to’g’ri amalga oshirishni talab qiladi. Korxonalar amaliyotida uzoq muddatli aktivlarning kirimi va chiqimi bilan bog’liq bo’lgan xo’jalik muomalari ancha kam sodir bo’ladi. Ammo ularga eskirish hisoblash bilan bog’liq xo’jalik muomalari doimiy va uzluksiz amalga oshiriladi hamda ular sezilarli salmoqqa ega.

Balans aktivining “Joriy aktivlar” bo’limi moddalarini hisobga olish ancha murakkab jarayon bo’lib, buxgalteriya balansini tuzish uchun zarur ma’lumotlarni aniqlashga bir necha bosqichdan iborat hisob-kitob ishlarini amalga oshirishni talab qiladi.

Birinchi bosqichda joriy aktivlarning kirimi bilan bog’liq xo’jalik muomalarining buxgalteriya hisobi schyotlarida to’g’ri hisobga olinganligini tekshirish bilan bog’liq hisob-kitoblar, ya’ni ular kirimining summasini aniq hisobga olish.

Ikkinchi bosqichda joriy aktivlarning chiqimi, ya’ni ichki ehtiyojlar va zarurat bo’lganda tashqi ehtiyojlar uchun sarflanishi bilan bog’liq xo’jalik muomalarining to’g’ri hisobga olinganligini tekshirish bilan bog’liq hisob-kitoblar, ya’ni ular chiqimi summasini aniqlash.

Uchinchi bosqichda ishlab chiqarish xarajatlari summasini olingan mahsulot (ish, xizmat)lar va tugallanmagan ishlab chiqarish o’rtasida taqsimlash bilan bog’liq hisob-kitoblar. Bu bosqichda hisobot davriga tegishli xarajatlar summasi to’g’ri aniqlanganligiga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, taqsimlanadigan xarajatlar 2510-“Umumishlab chiqarish xarajatlari” va 3110-“Kelgusi davr sarflari” schyotlarida hisobga olinadigan xarajatlarning xarajat ob’yektlariga to’g’ri olib borilganligiga alohida e’tibor qaratilishi lozim.

Тo’rtinchi bosqichda “Тayyor mahsulot” va tovarlarning kirimga olinishi va ularning sotilgan qismiga tegishli xarajatlar summasini aniqlash bilan bog’liq hisob-kitoblar amalga oshiriladi.

Beshinchi bosqichda debitorlik qarzlarining harakati bilan bog’liq xo’jalik muomalalarining aniqligini ta’minlashga oid hisob-kitoblar amalga oshiriladi.



Balans passivining “O’z mablag’larining manbalari” bo’limi uchun zarur ma’lumotlarni shakllantiruvchi schyotlar unchalik katta hajmga ega emas. Bu bo’limni to’ldirishda asosiy e’tiborni taqsimlanmagan foyda, maqsadli moliyalashtirish va tushumlar, kelgusi davr sarflari uchun zaxiralar, kelgusi davr daromadlari kabi moddalarni hisobga oluvchi schyotlarning dastlabki qoldig’i, aylanmasi va oxirgi qoldig’iga qaratish lozim





Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish