Moliyaviy hisobotni bashoratlash. Boshqaruv har doim kelajakka yo`nalitirilgan bo`ladi. Bo`lib o`tgan jarayonni ortga qaytarib bo`lmaydi. Lekin uning natijalariga qarab kelajak rejasini tuzish, kelajakdagi boshqaruvning optimalligini, samaradorligini ta‘minlash choralarini ko`rish mumkin. Moliyaviy hisobotlarni bashoratlash nima uchun kerak? Moliyaviy hisobotlarni bashoratlash asosida moliyaviy holat, natija, pul harakati, kapital o`zgarishidagi har qanday ko`rsatkichni oldindan kutilishini bashoratlash mumkin. Bashoratlash moliyaviy hisobotlar ma‘lumotlari asosida hisob-kitob qilinadigan har qanday ko`rsatkichni oldindan aniqlash imkonini beradi. Bu esa korxonaning moliyaviy holati, natijalari, pul oqimi yuzasidan oddindan kutilishi mumkin bo`lgan holatni aniqlashga imkon beradi. To`g`ri, oldindan aniqlangan ko`rsatkichning aniqligi ta‘minlab bo`lmaydi. Chunki unga ta‘sir etuvchi ichki va tashqi omillar, shuningdek‚ boshqaruv apparati tomonidan qabul qilinadigan qarorlar aniqlikni qay jihatdandir o`zgarishiga sabab bo`ladi. Bashoratlashda murakkab modellashtirish tizimidan foydalaniladi. Risklarni baholash masalasi bu borada o`ta murakkab va qiyin jarayon hisoblanadi.
Balans moddalarini bashoratlashda quyidagi modellardan foydalaniladi.
1) Buxgalteriya balansi moddalarini fiksatsiyalash metodi – bashoratlash davrida balansning shunday moddalariga nisbatan qo`llaniladiki, ular ma‘lum davriylikda o`zgarishsiz qoladi. Masalan Ustav kapitali, Qo`shilgan kapital, Uzoq muddatli moliyaviy qo`yilmalar, Uzoq muddatli majburiyatlar va h.k.
2) Buxgalteriya balansi moddalari orasidagi mutanosiblik metodi. Misol uchun, boshqaruv va tijorat xarajatlarini, to`lovga qabul qilingan majburiyatlar va h.k.larning sotish hajmiga bog`liqligi. Ayrim ko`rsatkichlar mahsulotlarni sotish hajmiga emas, balki ishlab chiqarilgan, sotilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish xarajatlari o`zgarishiga bog`liq ravishda o`zgaradi. Masalan, kreditorlik majburiyatlarining ortishi, majburiyatlar bo`yicha zaxiralarning tashkil etilishi kabi.
3) Regressiv tahlil metodi. Ko`rsatkichlar orasidagi barqaror munosabatlar mavjudligi sharoitida statistik mutanosiblikka asoslangan usul hisoblanadi.
4) Ekspert baholash metodi. Murakkab vazifalarni hal etishda foydalaniladigan usul.
5) Doimiy o`sish metodi. Alohida koeffitsiyentlarning doimiy o`sish
sur‘atlarini belgilash usuli. Masalan uzoq muddatli qarzlar, ma‘muriy va savdo xarajatlari, belgilangan xarajatlarning boshqa turlarining o`sishi. Ko`rsatkichlarning o`sish sur‘atlari o`rtacha qiymatlarni emas, balki murakkab o`rtacha yillik o`sish sur‘atlari darajasida qo`llanishi kerak.
6) Elementar rejalashtirish metodi. Har bir obyekt uchun rejalashtirilgan sxema, rejalar mavjudligi, moliyaviy hisobot maqomini tashkil etuvchi shu kabi obyektlar guruhi nazarda tutiladi. Ushbu metoddan amortizatsiya xarajatlarini bashoratlashda, uzoq muddatli qarzlarni qoplashda foydalanish mumkin.
Moliyaviy tahlilning modelli tarkibi quyidagi bo`limlardan tashkil topadi.
- dastlabki ma‘lumotlar bazasi;
- hisob-kitoblar;
- oraliq jadvallar;
- natijalar;
- grafiklar.
Moliyaviy hisobotlarni bashoratlashda har qadamda xo`jalik yurituvchi subyekt rahbariyatining xatti-harakatlarini tanlash zaruriyati bilan yuzma-yuz kelishi mumkin va bu tabiiy hol hisoblanadi. Agar xo`jalik yurituvchi subyekt muayyan choralarni ko`rishni xohlamasa, o`z-o`zidan holat yanada yomonlashib boraverishi mumkin. Asosiy jihatlar taqsimlanmagan foydani qayerga yo`naltirish lozimligiga, uzoq muddatli aktivlarning qaysi turlarini olib kelish lozimligiga, moliyaviy qo`yilmalarni qayerlarga joylashtirishga, xususiy kapitalni o`stirishga qaratilmog`i lozim. Bashoratlashdagi eng muhim masalalardan biri bu inflyatsiya darajasi bo`yicha aniq ma‘lumotlarga tayanilishi bilan izohlanadi.
Xulosa
Moliyaviy hisobotlar kompaniya faoliyatidagi muhim ahamiyat kasb etadi.So’ngi yillarda moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga moslashtirish bo’yicha ko’plab ishlar olib borildi.Bu ishlarning barchasi kompaniyalarga xorijlik investorlarni jalb etish va fond bozorinirivojlantirishga qaratilgan.Xususan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni fond bozorini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori iqtisodiyotdagi bo‘sh pul mablag‘larini jamlash va uni investitsiya jarayonlariga yo‘naltirishning muhim vositasidir. Bu boradagi islohotlarning dastlabki bosqichi sifatida joriy yil boshida Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tuzildi. Davlat obligatsiyalari fond bozoriga qayta chiqarildi. Lekin qimmatli qog‘ozlar chiqarib, ularni fond bozorida sotish mexanizmidan samarali foydalanilmayapti. Fond bozoridagi aksiyalarning jami qiymati 25 trillion so‘m bo‘lib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 6 foizga ham yetmaydi. Bu ko‘rsatkich Singapurda 188 foiz, Malayziyada 112 foiz, Rossiyada 34 foizni tashkil etadi. Mamlakatimizda joriy yilda chiqarilgan davlat obligatsiyalari valyuta birjasi orqali faqatgina tijorat banklariga sotilgan. Fond bozori professional ishtirokchilari soni yuztagayam bormaydi. Shu bois 2020-2025-yillarda fond bozorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilgan.. Davlatimiz rahbari qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqib, ortiqcha cheklovlarni bekor qilish va fond bozorida ishlashni soddalashtirish zarurligini ta’kidladi. Bugungi kunda 605 ta aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining 85 foizi davlatga tegishli. Shundan 105 ta jamiyatning atigi 5 foiz aksiyalari fond bozorida ishtirok etmoqda.Har bir davlatning rivojlanganlik darajasi uning kapital bozori rivojlanganligi bilan belgilanadi..Kapital bozorning rivojlantirishda birinchi navbatda xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini O’zbekistonda joriy qilish kerak deb o’ylayman.Bugungi kundagi hisobotlar faqat soliq uchun xizmat qiladi.Hisobotlar soliq uchun emas investor uchun xizmat qilish kerak.Investor hisobotni o’qib turib kompaniya qancha soliq to’lashi kerakligini emas kompaniyada qanday moliyaviy jarayonlar yuz berayotganini bilishi kerak
Foydalanilgan adabiyotlar:
O’zbekiston Respublikasining 2017-2022 yil uchun rivojlanish strategiyasi.
Lex.ux
Spot.uz
O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlari.
O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti 21-son BHMS.
Tfi.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |