Buxgaletriya hisobining predmeti, metodi va uning elementlari


  BUXGALTERIYA HISOBINING USULI (METODI) VA UNING ELEMENTLARI



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/19
Sana13.06.2022
Hajmi0,96 Mb.
#661851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1 бух сиртки (1)

3. 
BUXGALTERIYA HISOBINING USULI (METODI) VA UNING ELEMENTLARI 
Usul elementlari. 
Usul (metod yunoncha metodos) tushunchasi ikki ma’noni bildiradi:
1)
ayrim voqealarni bilish o’rganish usuli; 
2)
alohida usul, harakat usuli yoki ko’rinishi.
Birinchi tushuncha kengroq ma’noga ega. Har bir fan kabi buxgalteriya hisobi o’z usuli 
bilan ta’riflnadi. Hisob yuritish tartibini belgilab beruvchi tarkibiy qism sifatida 
buxgalteriya hisobiga xos bo’lgan quyidagi usullar ma’lum:
1.
Hujjatlashtirish;
2.
Investitsiya;
3.
Baholash;
4.
Kalkulyatsiya;
5.
Buxgalteriya hisobi schetlari;
6.
Ikkiyoqlama yozuv; 
7.
Buxgalteriya balansi;
8.
Hisobot.
Bu tushunchalar buxgalteriya hisobi usul elementlari deyiladi.
O’z
 
mablag’lari
 
manbalari
 
Mablag’lar manbalari tarkibi
 
(
)
passiv
 
Kelgusi davr xarajatli va
 
to’lovlari
 
uchun
 
zaxiralar
 
Maqsadli tushumlar
 
Taqsimlanmagan
 
foyda
 
Sotib olingan
 
xususiy
 
aktsiyalar
 
Rezerv
 
kapital
 
Qo’shilgan
 
kapital
 
Ustav
 
kapitali
 
Majburiyati
 
Qisqa
 
muddatli
 
qarzlar
 
O’zoq
 
muddatli
 
qarzlar
 



Ikkinchi ma’noda – alohida foydalaniladigan usullar ma’nosida - qo’llaniladigan usullar 
yig’indisi hisobning metodologiya (uslubi)sini tashkil etadi.
Metodologiya buxgalteriya hisobi oldida turgan maqsad va vazifalar ham ularni echish 
imkoniyatlari, ya’ni mavjud texnik va texnologik baza bilan belgilanadi.
Usulning mazmuni - mazkur fanning predmeti, vazifalari va uning oldiga qo’yiladigan 
talablar xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Ular buxgalteriya hisobi usulining tarkibiga 
kiradigan aniq usullarni belgilab beradi.
Eng avval shunga e’tibor berish lozimki, buxgalteriya hisobida sodir bo’ladigan barcha 
xo’jalik jarayonlari, uning ixtiyoridagi barcha mablag’larni aks ettiruvchi axborotlar 
shakllanadi. Har xil jarayonlarda sodir bo’ladigan muomalalar soni hamda korxona 
ixtiyorida joylashgan mablag’lar turi va manbalari juda ko’pdir. Har bir xo’jalik 
muomalasi va mablag’lar hamda manbalar turi ustidan zaruriy boshqaruv axborotini 
umulashtirish, shakllantirishni hujjatlashtirish yordamida kuzatib boriladi.
Hujjatlashtirish buxgalteriya hisobining ob’ektlari (uning predmetining tarkibiy unsurlari) 
ustidan yoppasiga va uzluksiz kuzatishni amalga oshirish imkonini beradigan dastlabki 
aks ettirish usulidir. Buning uchun har bir alohida muomala uchun yoki ularning bir 
turdagi guruhi uchun dastlabki hisob axborotini muayyan moddiy tashuvchisi tuziladi. 
Unda amalga oshirilgan muomalaning mazmuni qayd etiladi.
Hujjatlashtirish yordamida sodir bo’layotgan xo’jalik muomalalari haqida mukammal 
ma’lumotlar olinadi. Bu ma’lumotlar ularni keyinchalik iqtisodiy jihatdan guruhlash va 
umumlashtirish uchun asos bo’lib hisoblanadi. Yuridik talablarga rioya qilingan holda 
hujjatlardan foydalanish buxgalteriya hisobining ma’lumotlariga isbotlovchi kuch 
bag’ishlaydi.
Lekin, xo’jalik jarayonida bo’lib o’tayotgan barcha hodisalarni ham hujjatlashtirish 
yordamida qayd qilib bo’lavermaydi. Jumladan, tabiy yo’qolish, mablag’larni qabul qilish 
va topshirish paytidagi noaniqliklar, hisobdagi xatolar va qolaversa o’g’irliklar tegishli 
qiymatliklarning haqiqiy miqdorini dastlabki axborotni tashuvchilar va hisobda aks 
ettirilganlaridan chetga og’ishiga olib keladi. Bunday hodisalarning rasmiylashtirish, ular 
sodir bo’layotganda emas, balki ma’lum bo’lgandagina mumkin bo’ladi. Dastlabki 
axborot tashuvchilar tomonidan qayd qilinmay qolgan hodisalar, hujjatlashtirishga zaruriy 
qo’shimchalar qayta ro’yxatga olish (inventarizatsiya) yordamida aniqlanadi. Uning 
ma’lumotlari yuqorida keltirilgan u yoki boshqa sabablarga ko’ra o’z vaqtida hisobga 
olinmay qolgan hisob ko’rstatkichlarini haqiqatdagiga muvofiqlashtirish uchun xizmat 
qiladi.
Shunday qilib, hujjatlashtirish va ro’yxatga olish buxgalteriya hisobining ob’ektlarini 
dastlabki kuzatish amalga oshirish uchun qo’llaniladi. Ulardan foydalanish - mulkning but 
saqlanishi ustidan nazorat qilish imkonini beradi. Hujjatlashtirish va ro’yxatga olishning 
ma’lumotlari moddiy-javobgar shaxslarning hatti-harakatlari, amalga oshirilayotgan 
muomalalarning qonuniyligi, mablag’larning to’g’ri saqlanishi, ulardan maqsadga 
muvofiq ravishda foydalanish va shu kabilar ustidan kuzatish imkonini beradi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, xo’jalik muomalalari va mablag’lar juda turli-tumandir. 
Lekin, buxgalteriya hisobi ular haqida yig’ma (umumlashtirilgan) ko’rsatkichlarni berishi 



kerak. Bu, yig’iladigan ma’lumotlar o’lchagichlarida ifodalaniladi. Buning uchun 
buxgalteriya hisobida baholash usuli qo’llaniladi. Baholash yordamida natura va mehnat 
ko’rsatkichlarini pul ko’rsatkichlariga aylantiriladi.
Xo’jalik jarayonini boshqarish uchun uni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan barcha 
chiqimlarni hisoblab chiqish, har bir jarayonda ishlatilgan ham jonli, ham 
moddiylashtirilgan mehnatni hisoblab chiqish kerak. Bunda har bir chiqim turining 
miqdorinigina emas, balki aniq bo’lgan, ularning ob’ektiga tegishli bo’lgan umumiy 
summasini topish, ya’ni hisobga olinayotgan mahsulotlarning tannarxini aniqlab topish 
lozim bo’ladi. Mahsulot tannarxi - ishlab chiqarish harajatlarining miqdori ustidan nazorat 
qilish uchun qo’llaniladigan kalkulyatsiya yordamida hisoblab topiladi. U ob’ektlarning 
haqiqiy tannarxini aniqlash imkonini beradi.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish