Bitiruv malakaviy ishi mavzusining ilmiy o`rganishlik darajasi: Bu mavzu bo’yicha ko’pgina olimlarimiz tadqiqot ishlarini olib borganlar. Jumladan Abdusalomov M.A., Braginskiy M.I., Vitryanskiy V.V., Zakirov I.B., Raxmoqulov M., Umaroa T., Chjen V.A., Egamberdieva N., Ergashev V.Yo., va O. Oqyulovlar o’zlarini bir nechta asarlari O’zbekiston Respublikasida huquqiy demokratik davlatni qurish vazifalarini va O’zbekiston Respublikasi Konstitustion qonunlariga amal qilish, hamda Davlat va jamiyat qurilish sohasidagi ustuvor vazifalarni, huquqiy sohadagi islohotlarni bajarishda davlat va huquqning tutgan o’rnining ahamiyatini o’quvchilarga tushuntirish, mavzuni yoritishda foydalanib, o’quvchilarni mustaqil ishlashga, fikrlashga va izlanishga o’rgatish orqali davlat va huquqiy sohadagi bilimlari mustagkamlanadi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi
Ma'naviyat, siyosat va huquq dialektikasi, uning asoslarini o`rganishlik.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari
2.3. O`zbekistonda rahbar ma’naviyati - yangi Ozbekiston taraqqiyotining asosi;
2.3. Ma’naviyat va huquqning o`zaro uyg`unligi huquqiy davlat qurishning muhim omili;
1.3. Huquq, huquqiy ong va huquqiy madaniyatning jamiyat taraqqiyotidagi o`rni va roli.
1.2. Jamiyat ma’naviy hayotida siyosatning o`rni va roli
1.1 Ma’naviyat tushunchasi, kategoriyasi va uning tarkibiy qismlari
2.1. Siyosiy ong, siyosiy madaniyat ma’naviy hayot bilan uygunligi;
1.1
Ma’naviyat tushunchasi, kategoriyasi va uning tarkibiy qismlari
1.2
Jamiyat ma’naviy hayotida siyosatning o`rni va roli
1.1. Ma’naviyat tushunchasi, kategoriyasi va uning tarkibiy qismlari
Ma'naviyat jamiyat taraqqiyoti, millat kamoloti va shaxs barkamolligini belgilab beruvchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi, chunki, ma'naviyat rivojlangandagina jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy barqarorlik vujudga keladi hamda mamlakat va millat taraqqiy etadi.
Siyosat - yunoncha so'z bo'lib, mazmuni davlat yoki jamoat ishlarini anglatadi. Siyosat - davlat faoliyatida ifodalanadi va bu faoliyatning bosh yo'nalishini tashkil qiladi.
Siyosat hokimiyat uchun kurashda muayyan siyosiy tartib va uning iqtisodiy negizlarini himoya qilish, asoslab berish va mustahkamlashda juda muhim qurol bo'lib xizmat qiladi.
Siyosat – iqtisodiyotning jamlashtirilgan ifodasidir, uning umumlashuvi va oxiriga yetishidir.
Turli ijtimoiy guruhlar, tabaqalarning iqtisodiy manfaatlari huddi shu siyosatda to'la va har tomonlama ifodalanadi.
Siyosat - bu muayyan davlatlar hokimiyati, siyosiy partiyalar, ijtimoiy-siyosiy harakatlar, jamoat tashkilotlarining mamlakat ichki xayotida va xalkaro maydonda xalklar, millatlar, ijtimoiy guruhlarning maqsad va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan faoliyatdir.
Adolatsiz, reaktsion siyosat- mamlakatda faqat turli guruhlar hukmronligini ta'minlashga, mehnatkashlar, xalq ommasi manfaatlariga zid bulgan, ularni bir-biriga qarama-qarshi qo'yishga va shu asosda tor doiradagi guruhlar manfaatlarini himoya qiluvchi tuzumni saklab kolishga qaratilgan siyosat.
Siyosat va ma'naviyatning o'zaro bog'liqligi siyosat o'zining ma'naviy-madaniy tomonlari bo'lishi zarurligida ko'rinadi. Siyosatning madaniy tomonini siyosiy madaniyat tushunchasi izohlab beradi.
Siyosiy madaniyat- o'zida halollik va poklikni, ishchanlik va uzoqni ko'zlab ish tuta bilish fazilatlarini o'zida mujassam etgan odamlarning g'oyaviy-siyosiy yetukligi, nazariy bilimlarni, istiqbolni yorqin tasavvur etgan holda amalda qo'llay bilishi, kun tartibidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va mafkuraviy muammolarni keng miqyoslarda hal etish mahorati.
Ma'naviyat tarakkiyotida siyosatning roli nihoyatda kattadir. Kaysi mamlakatda ma'naviyat va ma'rifatni ko'tarish, u hakda g'amxo'rlik qilish davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan bo'lsa, o'sha mamlakatda tinchlik, barqarorlik vujudga keladi, ilm, fan, ma'rifat madaniyat rivojlanadi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov shunday deydi «Agar iqtisodiy o'sish, taraqqiyot –– jamiyatimizning tanasi bo'lsa, ma'naviyat-ma'rifat va siyosiy ong yetukligi, uning ruhi, aqli va jonidir».
.
Do'stlaringiz bilan baham: |