Biroq… Ming afsuslar bo‘lsinki, bu xatlarning ayrimlari ruchka siyohidan bo‘yalib ketadi. Hoh elektron shaklda bo‘lsin, hoh qo‘lyozma xatlardagi imloviy xatolarni o‘qib, bu manzarani so‘zga e’tiborsizlikning achinarli ko‘rinishi deb bilamiz. Aksariyat hollarda muallif ismi yozilmagan yoki ismning bosh harfi yozilgan, boz ustiga, Djamalov, Xodjayev, Kasimova, Gaffarova kabi familiyalar mustabid tuzumning asorati bo‘lib qog‘ozlarda “aks-sado” berayotgani qalbni bir tirnab o‘tadi. To‘g‘ri, bu xatolar o‘sha vaqtlardagi notarial idoralar xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolardir. Lekin muallifning bu xatoni to‘g‘rilab yozishga huquqi bor-ku.
Do'stlaringiz bilan baham: |