Bux du san’atshunoslik fakulteti Musiqa ta’limi yo’nalishi sirtqi 9-1 guruh talabasi Matyoqubov Hamidbekning Masofaviy ta’lim asoslari fanidan mustaqil ishi



Download 105,02 Kb.
bet6/6
Sana21.08.2021
Hajmi105,02 Kb.
#152911
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hamidbek Matyoqubov masofaviy ta'lim(1)

VEBINAR METODI

Vebinar metodi – zamonaviy axborot-kommunikastiya texnologiyalari (kompyuter, monitor, multimedia va shu kabi vositalar) yordamida turli joylardagi ishtirokchilar bilan masofadan turib o’tkaziladigan interfaol mashg’ulot turi. Vebinar metodi yoki “Webinar” texnologiya tushunchasi muloqotga 1998 yilda kirib keldi.

Vebinar metodida dars masofaviy seminar yoki konferenstiya shaklida Internet orqali bir vaqtda hozir bo’lgan talabalar bilan masofaviy ta’lim tizimida qo’llanayotgan ko’plab interfaol audio video aloqa vositalari yordamida jonli olib boriladi. Bu darslarni kelgusida kerak darajada foydalanish uchun yozib olish mumkin. Bu metodda olib boriladigan butun o’quv yoki kurs jarayonidagi darslar yagona o’quv dasturidagi izchillikda uzviy bog’lanmaydi, ular alohid martalik darslardan iborat bo’ladi.

Uslubiy qo‘llanmada masofaviy ta’lim to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar, masofaviy ta’lim modellari va texnologiyalari tahlili, masofaviy va an’anaviy ta’lim integratsiyasi, masofaviy ta’lim dasturi konsepsiyasi, masofaviy ta’lim dasturiy ta’minotini tanlash, o‘quv mazmuni va materiallarini uzatish texnologiyasiga oid ma’lumotlar keltirilgan. 

    Masofaviy ta’limning pedagogik texnologiyalari, masofaviy ta’limning ijtimoiy-pedagogik tizimini modellashtirish, fan bo‘yicha elektron ta’lim resurslarini yaratish uslubiyoti, fan bo‘yicha elektron o‘quv-uslubiy majmualar yaratish uslubiyoti, masofaviy ta’limda o‘quv materiallarini modulli yaratish texnologiyasi yoritilgan.

    Uslubiy qo‘llanma yosh pedagoglar, magistrlar, stajyor-tadqiqotchi –izlanuvchilar va gumanitar bilim sohasi bakalavr ta’lim yo‘nalishlarining talabalari uchun mo‘ljallangan.
Qo‘llanma TATU Qarshi filiali Ilmiy Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilgan va nashrga tavsiya etilgan (29.08.2012y., bayon № 01)

Masofaviy ta’lim modellari va ularni takomillashtirish istiqbollarini ekspert baholash usuli orqali aniqlash

Masofaviy ta’limda (MT) turli ta’lim modеllari qo‘llaniladi, biroq ularning barchasiga xos bir xususiyat mavjud, bu ham bo‘lsa, unda barcha o‘quvchi va o‘qituvchilar masofa jihatidan ajratilishidir.

Masofaviy ta’limda (MT) turli ta’lim modellari qo‘llaniladi, biroq ularning barchasiga xos bir xususiyat mavjud, bu ham bo‘lsa, unda barcha o‘quvchi va o‘qituvchilar masofa jihatidan ajratilishidir.

Barcha ta’lim turlari kabi MTning ham har xil modellari mavjud. Bu ta’lim jarayonining quyidagi asosiy tarkibiy qismlari: fan mazmunining bayoni; o‘qituvchilar bilan o‘zaro bevosita va bilvosita muloqot; amaliy topshiriqlarning bajarilishi; talaba bilimini nazorat qilish va baholashdan iborat bo‘ladi. Har bir model shu kabi tarkibni hamda uni amalga oshiruvchi texnologiyalarni qo‘llaydi. MTning turli modellari nafaqat qo‘llaniladigan texnologiyalar, balki boshqarilish darajasi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning mas’uliyati bilan ham farqlanadilar. Ayrim modellarda o‘qituvchilar va ta’lim muassasasi, xuddi an’anaviy ta’lim tizimi auditoriyalarida o‘qitilganidek, ta’lim jarayonini boshqarish funksiyasini to‘liq saqlab qoladi. Boshqa turlarida esa, ta’limni boshqarish ta’lim oluvchilarga o‘tadi. Ilmiy manbalarning tarixiy analitik tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, ko‘plab mualliflar masofaviy o‘qitish modellarini tuzishga o‘z e’tiborlarini qaratishgan, jumladan, E.S.Polat rahbarligidagi jamoa o‘z monografiyalarida quyidagi 6ta modelni ko‘rsatganlar: 1. Eksternat turi bo‘yicha o‘qitish; 2. Universitet MT modeli; 3. Bir necha oliy ta’lim muassasalari hamkorligida o‘qitish; 4. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘qitish; 5. Avtonom o‘qitish; 6. Multimedia dasturlariga asoslangan, norasmiy, integrallashgan o‘qitish [1].

Hozirgi davrda dunyodagi rivojlangan mamlakatlar ta’lim muassasalarida masofaviy usulda ta’lim berishning ana shu oltita modeli qo‘llanib kelinmoqda:

Eksternat turi bo‘yicha o‘qitish. Bu shaklda o‘qitish quyidagi qulayliklarga ega: birinchidan, iqtidorli talabalar uchun vaqtdan samarali foydalanish imkonini beradi; ikkinchidan, malakasini oshirishga ehtiyoj sezayotgan va shu yo‘nalishda bevosita amaliyotda faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislarga qisqa muddat davomida o‘z malakalarini oshirish imkoni yaratiladi. Masofaviy usulda eksternat shaklida ta’lim beruvchi oliy ta’lim muassasasi misolida London universitetini ta’kidlash mumkin.

Universitet MT modeli. Faqat bir universitet bazasida shu universitetda mavjud ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejasidagi fanlar AKT asosida tashkil etilgan MT ning texnik vositalari orqali o‘qitiladi. Bunda har bir fan uchun tegishli kafedralar tomonidan tayyorlangan va doimiy boyitilib boruvchi elektron kitoblar har xil turdagi axborot tashuvchilar orqali talabalarga yetkazib turiladi va talabalar o‘zlashtirishi shu kafedralar tomonidan nazorat qilinadi. Bunday shaklning ustuvor tomoni shundaki, ilg‘or texnologiyalar asosida yaratilgan elektron kitoblar shu universitetdagi ta’limning kunduzgi va boshqa shakllari uchun keng qo‘llaniladi. Bunday ta’limning har xil shaklida yagona dastur asosida tayyorlangan elektron kitoblarning qo‘llanishi talabalar bilimining chuqurlashuviga olib keladi va katta iqtisodiy samara beradi. Misol tariqasida, Angliyaning Oksford va Kembridj universitetlarini, Gollandiyaning Sheffild universitetini, Avstraliyaning Janubiy – Uels universitetini, Kanadaning Vaterloo universiteti, Yangi Zelandiyaning Massey universiteti, Pensilvaniya universitetlarini keltirish mumkin.

Bir nechta oliy ta’lim muassasalarining hamkorligiga asoslangan MT modeli. Bir necha ta’lim muassasasi hamkorligida yaratilgan elektron kitoblar va qo‘llanmalar birinchidan, ilmiy jihatdan mukammal va sifatliroq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ularga iqtisodiy jihatdan bir muncha kam xarajat qilinadi. Bunday shakldagi MTni Yevropa qit’asidagi ingliz tilida so‘zlashuvchi davlatlar, Buyuk Britaniya hamkorligida «Ta’limda hamkorlik» (Commonweailth of Education – 1997-yil) dasturi bo‘yicha ishlab chiqildi. Buning natijasida, Yevropadagi inglizcha so‘zlashuvchi mamlakatlar fuqarolari o‘z uylarida turib, maxsus tashkil etilgan MT telekommunikatsiya tizimi orqali shu mamlakatlarning universitet va kollejlarida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Yana bir misol sifatida, Argentina, Boliviya, Braziliya, Chili va Paragvay davlatlari ta’lim muassasalari ishtirokida amalga oshirilayotgan «Keprikon» (Capricorn Interuniverstu Tele-ducation Prograe, 1990-yildan boshlangan) dasturini keltirish mumkin. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, yuqoridagi besh mamlakat hamkorligida tashkil etilgan MTda bir tomondan shu davlatlardagi mavjud ilmiy salohiyatllar birlashtirilgan va ularning tajribalari umumlashtirilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ushbu dasturning moliyaviy xarajatlari mutanosib ravishda besh martaga qisqargan.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari hamkorligida tashkil qilingan MT modellari. Bunday maxsus tashkil etilgan tizimlar sirtqi va masofaviy shaklda ta’lim oluvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, yangi ta’lim texnologiyalarining keng qamrovli qo‘llanishi natijasida faoliyat yuritadi. Mazkur shaklda telekommunikatsiya tizimidan tashqari, multimedia kurslari keng qo‘llaniladi va buning natijasida talabalarga tahsil berish bilan bir qatorda, ular bilimlarini baholash va attestatsiyadan o‘tkazish imkoniyatlari kengayadi. Ushbu shaklning iqtisodiy tomondan qulayliklari quyidagilardan iborat: yagona dastur asosida tayyorlangan elektron darsliklardan bir necha hamkorlikda faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasalarida foydalaniladi; yagona dastur asosida ta’limning turli shakllarida (kunduzgi, sirtqi, masofaviy) tahsil oluvchi talabalarga tegishli fanlardan tayyorlagan elektron kitoblardan foydalanish imkonini beradi; talabalar bilimini baholash va attestatsiya qilishning dasturda umumlashtirilganligi o‘quv soatlari va ortiqcha xarajatlarni iqtisod qiladi; MT dasturlari va elektron kitoblar yaratish xarajatlari hamkorlikda faoliyat yuritayotgan bir necha ta’lim muassasalari o‘rtasida taqsimlanadi; bu jihat, albatta, masofaviy shaklda ta’lim olish shartnoma qiymatlari kamayishiga xizmat qiladi. Bu kabi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari hamkorligida tashkil etilgan MT shakli keng qo‘llangan o‘quv yurtlariga AQSHning Kolorado shtatida joylashgan Milliy texnologiya universiteti, Londondagi ochiq universiteti, Buyuk Britaniyaning Ochiq universiteti, Ispaniyaning Milliy masofaviy o‘qitish universiteti, Hindistonning Indira Gandi nomli ochiq universitetini misol sifatida keltirish mumkin.

Avtonom o‘qitish modeli. Bu shakldagi o‘qitish dasturlari mustaqil ta’lim olish tamoyilida tashkil etilib, televideniye, radioeshittirishga asoslangan bo‘ladi. Talabalarni o‘qitishda asosiy o‘qitish vositalari bo‘lib, sun’iy yo‘ldosh orqali translyatsiya qilinadigan radio va telelektsiyalar hisoblanadi. Bu holatda mutaxassislarning ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, o‘z malakalarini oshirishlari va qo‘shimcha mutaxassisliklarni egallashlarida qulayliklar yaratiladi. Bu kabi tizimga Amerika televizion loyihasini misol qilib, keltirish mumkin. Ushbu modelning asosiy kamchiliklari sun’iy yo‘ldosh orqali uzatiladigan axborotning qimmatliligi va talabalarning belgilangan ma’lum vaqtda yashash joylaridagi markazda bo‘lishlari shart ekanligidir. Boshqacha qilib aytganda, bilim berishning bunday usuli aniq belgilangan vaqt va aniq joyga bog‘liq bo‘ladi.

Multimedia dasturlariga asoslangan, norasmiy, integrallashgan o‘qitish modeli. Bu shakldagi MT tizimi asosan mustaqil malaka oshirish, qo‘shimcha mutaxassislikni egallash va til o‘rganish kabilar bo‘yicha o‘qituvchilar yoki ta’lim muassasalarga murojaat qilish zarurati bo‘lmaydigan dasturlardan iborat bo‘lib, kompyuter va teleradio tizimlari orqali o‘rganish vositasi hisoblanadi va oliy ta’lim tizimida kam qo‘llaniladi. R.Taning va I.Seynonlar chet ellardagi MO‘ texnologiyalaridan foydalanuvchi ta’lim muassasalarida ishlab chiqilgan modellarni o‘rganib, quyidagi uch MT modellarini ajratib ko‘rsatgan [2]: Maslahat modeli. Rasmiy yozishmalar (korrespondentsiya) modeli. Boshqariluvchi mustaqil o‘qitish modeli. T.P.Voronina, V.P.Kashitsin, O.P.Molchanovalar monografiyasida MTning to‘rt modeli ko‘rib chiqiladi, bular: an’anaviy sirtqi, ochiq – televizion ta’lim (teleta’lim), virtual sinflar va virtual universitetlar [3].

Quyida keltirilgan barcha modellarda ta’lim xizmatlarining potentsial iste’molchilari, ommaviy axborot vositalari, radio va televideniye yoki boshqa bir ta’lim muassasasi tanlanib, kirish sinovlaridan o‘tgan va ularning barcha zaruriy hujjatlari rasmiylashtirilgan, deb ko‘zda tutiladi [4]. Bular: Eksternat turida o‘qitish , bir universitet negizida o‘qitish, maxsus masofali o‘qitish maqsadida tashkil etilgan avtonom ta’lim muassasalari modellari YUNESKO tomonidan tan olingan MT modellari: yagonalik modeli, ikkilangan model, aralash model, konsortsium, franchayzing, validatsiya, uzoqlashtirilgan auditoriyalar. Quyida MTning uchta modeli keltirilgan. Albatta, ular MTga bo‘lgan barcha yondashuvlarni aks ettirmaydilar. Lekin ular ta’lim boshqaruvini o‘qituvchidan o‘quvchi tomonga o‘zgarishini ifodalovchi ikkita eng chetki holat va o‘rtacha holatni aks ettiradilar.



A. Taqsimlangan auditoriya modeli. Bu model turli manzillarda yashovchi talabalardan tashkil topgan sinf, guruhga mo‘ljallangan kursning interaktiv telekommunikatsion texnologiyalar yordamida tarqatilishiga qaratilgan. Natijada, an’anaviy ta’lim oluvchilar va MT oluvchilarni birlashtiruvchi aralash sinf hosil bo‘ladi. Bu modelning ko‘rsatkichlari:

  • mashg‘ulotlar sinxron kommunikatsiyani talab qiladi, ya’ni talaba va o‘qituvchilar ma’lum vaqtda, ma’lum joyda bo‘lishlari kerak (masalan, xech bo‘lmaganda haftada ikki marotaba);

  • ishtirokchilar soni bittadan beshtagacha va undan ko‘pga o‘zgarib turadi, ishtirokchilar soni qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha texnik, mantiqiy va ma’rifiy murakkablik ortib boradi;

  • ta’lim oluvchilarga o‘qish joylarini o‘quv dargohida emas, balki, uyi yoki ish joyida tashkil qilish mumkin;

  • o‘quv muassasalari yaqin bo‘lmagan hududlarda yashovchi talabalarga xizmat qilishga moslashgan;

B. Mustaqil ta’lim olish modeli. Bu modelda talabalarga aniq vaqtda, aniq joyda bo‘lish mas’uliyati yuklanmaydi. Talabalar kursning batafsil dasturi va mazmunini ifodalovchi materiallar to‘plami bilan ta’minlanadilar hamda rahbarlik qiluvchi savollariga javob berib, ishni baholovchi o‘qituvchiga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Talaba va o‘qituvchi o‘rtasidagi muloqot telefon, kompyuter konferensiyalari, elektron va oddiy pochtalarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Bu modelning ko‘rsatkichlari:

  • mashg‘ulotlar auditoriyada olib borilmaydi, fanlar (kurslar) ni talabalar dasturdagi batafsil yo‘riqlar asosida mustaqil o‘rganadilar;

  • talabalar o‘qituvchi bilan ayrim belgilangan paytlardagina, boshqa talabalar bilan esa istagan hamda belgilangan vaqtda muloqot qiladilar;

  • kurs bo‘yicha barcha materiallar bosma nashrlar, kompyuter disklari yoki videoyozuvlar shaklida taqdim qilinadi va talabalar ulardan ixtiyoriy vaqtda, ixtiyoriy joyda foydalanishlari mumkin bo‘ladi;

  • kurs materiallari bir necha yillar davomida foydalaniladi. Bu materiallar kurs tashkilotchilari, ekspertlar va mutaxassislar ishtirokida yaratilgan bo‘ladi va ulardan barcha o‘qituvchilar uchun umumiy shaklda foydalanadi.

V. Ochiq ta’lim +Sinf modeli. Bu model kursning bosma matni va boshqa vositalari (masalan, videoyozuv yoki kompyuter disklari)ni qo‘llashga qaratilgan. Bu esa, talabaga, masofaviy guruh ichidagi talabalar muloqotlari tashkil etilishiga yordam beruvchi interaktiv telekommunikatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda, kursni o‘rganish imkoniyatini beradi. Bu modelning ko‘rsatkichlari:

  • kurs bo‘yicha barcha materiallar bosma nashrlar, kompyuter disklari yoki videoyozuvlar shaklida taqdim qilinadi va talabalar ulardan ixtiyoriy vaqtda yakka tarzda yoki guruhda foydalanishlari mumkin bo‘ladi;

  • kurs materiallaridan bittadan ortiq semestrda foydalaniladi va har bir o‘qituvchi uchun farq qiladi, (masalan, uning videoma’ruzasi);

  • talabalar va o‘qituvchi vaqti-vaqti bilan mashg‘ulot o‘tkazish uchun to‘planadilar. Bunda interaktiv texnologiyalar qo‘llaniladi (taqsimlangan sinf modeliga mos ravishda);

  • sinflardagi mashg‘ulotlar, talabalarning asosiy tushunchalarini oydinlashtirish, masalalarni yechish ko‘nikmalarini hosil qilish, guruhda ishlash va boshqa vazifalarni bajarishlari uchun, tashkil qilinadi.

MTning ixtiyoriy modeliga zarur bo‘lgan, tadqiqotlar natijasida aniqlangan ba’zi talablarni keltiramiz:

  • o‘quv materiallarini barcha o‘quvchilar o‘z vaqtida olishlarini ta’minlash;

  • yozma imtihon ko‘zda tutilgan holatlarda barcha imtihon topshiruvchilar uchun bir xil sharoit yaratish.

Ta’limning an’anaviy turi va MT ning turli modellarini kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini belgilash maqsadida 20ta ekspertni jalb qilgan holda anketa so‘rovnomasi o‘tkazildi. Ekspertlardan to‘rtta mezon, ya’ni ta’lim modellarining istiqbolda tutadigan o‘rni bo‘yicha tartiblash so‘raldi. Eng keng tarqaladigan ta’lim turiga 1-rang va ta’lim turi ko‘lamining kamayishiga qarab uning rangi ham 4 gacha pasayib boradi. So‘rovnoma natijalaridan (1-jadval) ko‘rinib turibdiki, masofaviy o‘qitishning mustaqil ta’lim olish modelini kelgusida eng keng ko‘lamda tarqalishini bashorat qilib 20ta ekspertdan 14tasi ovoz berganlar. Masofaviy o‘qitishning ochiq ta’lim va sinf modellariga asoslangan kombinatsiyalashgan modeli esa 3-rangga (ekspertlarning 9ta ovozi) ega bo‘ldi. 2-rang – ta’limning an’anaviy modeliga (ekspertlarning 10 ta ovozi), 4-rang – masofaviy o‘qitishning taqsimlangan sinf modeliga (ekspertlarning 17 ta ovozi) berildi.

1-jadval


Ta’lim turlarini rivojlanish istiqbollari 

 

 

 



Ekspertlar

tartib raqami



 ( i )

Ta’lim turi ( j )

1 – ta’limning an’anaviy modeli

2 –taqsimlangan auditoriya modeli

3 –mustaqil ta’lim olish modeli

4 –ochiq ta’lim va sinf modeliga asoslangan modeli

1-mezon

2-mezon

3-mezon

4-mezon

A

B

V

G

D

1

2

4

1

3

2

3

4

2

1

3

2

4

1

3

4

2

4

1

3

5

2

4

3

1

6

3

4

1

2

7

4

3

1

2

8

3

4

2

1

9

1

4

1

3

10

3

4

2

1

11

3

4

1

2

12

1

4

2

3

13

2

4

1

3

14

2

4

1

3

15

3

4

2

1

16

2

4

1

3

17

2

3

1

4

18

3

4

1

2

19

2

4

1

3

20

2

3

1

4

Ranglar summasi

47

77

27

48

Natijalarning adekvatligini baholash uchun ekspertlar fikrining mosligini aniqlovchi konkordatsiya koeffitsiyentidan foydalanamiz:

 

bu yerda   – ekspertlar tomonidan berilgan yig‘ma (tartiblangan) bahoning amaldagi dispersiyasi;   – ekspertlar fikrining to‘liq mos kelgan holati uchun yig‘ma (tartiblangan) bahoning dispersiyasi. Ekspertlar fikrining to‘liq mosligi holatida birinchi ta’lim turi 2 ball, ikkinchisi – 4 ball, uchinchisi – 1 ball, to‘rtinchisi – 3 ball berilgan bo‘lgan va bunda mezonlarning muhimligi yig‘ma rangi mos ravishda 40, 80, 20 va 60 ballni tashkil qilgan bo‘lar edi. Ma’lumki, m obyektning n ta ekspert tomonidan baholanishida yig‘ma bahoning o‘rtacha qiymati:

formula orqali aniqlanadi va bizning holatimizda u 50 ga tengdir. U holda





 dispersiyani ikkita usul bilan aniqlash mumkin:

yoki


Demak, ekspertlar fikrining moslik koeffitsiyenti  

Konkordatsiya koeffitsiyentining qiymati 0 va 1 orasida o‘zgaradi. Agar uning qiymati 0 bo‘lsa, fiklar mosligi yo‘q va agar 1ga teng bo‘lsa to‘liq moslik mavjud deb xulosa qilish mumkin. Bu koeffitsiyentning belgilangan me’yoriy qiymatdan yuqori bo‘lishi yetarlidir. Odatda, bu me’yoriy qiymat 0,5 ga tengdir. Ekspert baholariga tayanib xulosa qilish uchun W=0,64>0,5 ekanligi yetarlidir. Shuningdek, ekspertlar fikrining mosligi ular fikri tasodifiy variatsiyalar natijasi emasligini tekshirib ko‘rish lozim bo‘ladi. Buning uchun tasodifiy sonlarning x2 taqsimoti bo‘yicha jadval qiymati bilan aniqlangan konkordatsiya koeffitsiyenti o‘zaro solishtiriladi. Unga ko‘ra

 (3)

tengsizlik o‘rinli bo‘lishi lozim. Bizning holda



yoki


38,13>7,82

Demak, ekspertlar fikrining mosligi ular fikri tasodifiy variatsiyalar natijasi emasligi aniqlanadi va MTning mustaqil ta’lim olish modeli kelgusida eng keng ko‘lamda tarqalishini bashorat qilish mumkin. MT qanday modelga va qanday AKTga asoslangan bo‘lishidan qat’iy nazar ular umumiy qoidalar asosida tashkil qilinishi lozim.



Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Полат E.С., Моисeeва М.В., Пeтrов А.У., Бухаrкина М.Ю., Аксeнов Ю.В., Гоrбунькова Т.Ф. Дистанционноe обучeниe. −М.: ВЛАДОС, 1998, 304 с.

  2. Tuninga R.S., Seinen I.B. The Supple and Demand of Distance Education in Russia /− The World Bank, Bureau Cross, 2000.− 110 б.

  3. Воrонина Т.П., Кашицин В.П., Модчанова О.П. Обrазованиe в эпоху ВИТ.−М.: АМО, 1995.

  4. Abduqodirov A.A., Pardayev A.X. Masofali o‘qitish nazariyasi va amaliyoti. – T.: Fan, 2009.145 b.

Download 105,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish