partiyalardan yana biri O‘zbekiston “Vatan taraqqiyoti” partiyasi bo‘ldi. Ushbu
partiya 1992-yil tashkil topgan. 1999-yili “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi ta’sis etildi. U O‘zbekiston fidokorlar maqsadlari va intilishlarini qo‘llabquvvatlaydigan siyosiy uyushma sifatida dunyoga keldi. 2000-yil aprelda “Vatan taraqqiyoti” partiyasi va “Fidokorlar” milliy-demokratik partiyasining qo‘shma qurultoyi bo‘lib, unda har ikki partiya harakati, faoliyat dasturi yakdilligi muhokama qilindi, ularning birlashib ishlashlari maqsadga muvofiq degan xulosa asosida ikkita partiya birlashdi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida tashkil topgan partiyalardan yana biri bu – O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidir. U 1995-yil fevralda tuzilgan. Sotsial-demokratik partiyalarning asosiy maqsadi jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan. Partiya shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlardagi sotsial-demokratik yo‘nalishdagi partiyalar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishga va xalqaro sotsial-demokratik harakatlarda faol ishtirok etishga
intilmoqda. O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi o‘rta sinf va ehtiyojmand aholi tabaqasiga tayanadi, ularning siyosiy va ijtimoiy irodalarini ifodalashga intiladi.
Mustaqillik yillarida tashkil topgan partiyalardan yana biri – bu O‘zbekiston Milliy
tiklanish demokratik partiyasidir. Ushbu partiya 1995-yili iyunda tuzilgan.
O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining asosiy maqsadvazifasi
milliy an’analarni va qadriyatlarni saqlashdan iborat. 2008-yil iyunda O‘zbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi va O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining birlashuv qurultoyi bo‘lib, unda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasini birlashtirish to‘g‘risidagi masala ko‘rildi. Qurultoyda partiyalarning maqsadli dasturiy vazifalari mazmun-mohiyatiga ko‘ra birbiriga yaqinligi ta’kidlandi va
ular birlashtirildi.
O‘zbekiston siyosiy tizimida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib ulgurgan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) 2003-yil noyabrda tashkil topgan.
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi umummilliy siyosiy tashkilot sifatida mulkdorlar qatlami, kichik biznes, fermerlik va dehqon xo‘jaliklari vakillari, ishlab chiqarishning yuqori malakali mutaxassislari va boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi. O‘zbekiston Respublikasida siyosiy partiyalarning o‘tgan yillar davomidagi faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularning rivojlanishi uchun huquqiy asos yaratilganini ko‘ramiz. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Siyosiy
partiyalar to‘g‘risida”gi, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi qonunlar hamda “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni shular jumlasidandir.Tabiiyki, siyosiy partiyalarning jamiyatda qanchalik mavqega ega ekanligini belgilovchi asosiy mezon – bu ularning davlat hokimiyati. vakillik organlariga bo‘ladigan
saylovlarda qanday natijalarga erishganligi hisoblanadi.
O‘zbekiston ekologik harakati. 2008-yil O‘zbekiston Respublikasining “Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonuni qabul qilindi. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga besh yil muddatga 135 deputat saylanib, Qonunchilik palatasining 15 deputati O‘zbekiston ekologik harakatidan, o‘z ichki qurultoyidan saylanishi belgilandi. Ushbu Qonun asosida Oliy Majlisning Qonunchilik palatasidagi deputatlarining soni 150 deputatdan iborat bo‘ldi.
O‘zbekiston ekologik harakati 2008-yil avgustda tashkil topgan. O‘zbekiston ekologik harakati o‘z faoliyatini fuqarolarning hozirgi va kelgusi avlodi qulay atrof-muhit sharoitida yashashi, aholi salomatligini yaxshilash, barcha tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish huquqlarini hamda ularga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan yangilanish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishda jamiyatning bor kuch va salohiyatini safarbar qilishga
qaratgan.
4.Huquq-tartibot organlari va sud tizimidagi o‘zgarishlar. O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki. Ijtimoiy-sherikchilik
Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini mustahkamlash va sud himoyasining samaradorligini oshirish mamlakat sud-huquq tizimini isloh qilishning asosiy vazifalari bo‘lib, sudlarni har tomonlama mustaqil, o‘zini o‘zi moddiy-texnik jihatidan ta’minlash va moliyalashtirish darajasiga ko‘tarishni nazarda tutadi.
Mazkur vazifalarni amalga oshirishda Uzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentining umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy-texnik jihatidan va moliyaviy ta’minlash sohasidagi vazifa va vakolatlarini O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi tasarrufiga o‘tkazish alohida o‘rin egallaydi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi PF-4966-son Farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzurida Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti tashkil etildi, ularning shtat birliklari tasdiqlandi hamda uning asosiy vazifalari belgilab berildi.
Ijtimoiy sheriklik – davlat tuzilmalari, tadbirkorlik sub’ektlari va jamoat birlashmalarining o‘zaro manfaatli uchburchagidir. Ularning hamkorligi qanchalik kuchaysa, jamiyat shunchalik kuchayadi. Fuqarolik jamiyati jamoatchilik nazoratini o‘rnatadi, odamlarga milliy umuminsoniy qadriyatlarga rioya qilish, ijtimoiylashuv va tarbiyalashuvga qaratilgan, barcha uchun foydali
yechimlarni taklif qiladi.
Ijtimoiy sheriklikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash turlari
quyidagilardan iborat: nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini mulkiy, axborot, maslahat, tashkiliy va o‘quv-uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash; nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga moddiy yordam ko‘rsatayotgan yuridik hamda
jismoniy shaxslarga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar berish; nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat subsidiyalari, grantlari va ijtimoiy buyurtmalari berish, ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni moliyalashtirish.
Yollanma xodimlar va ish beruvchilargina mohiyatan ijtimoiy hamkorlar sanaladi, degan fikrlar ham mavjud. Shu sababli ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solish davlatning aralashuvisiz, ya’ni bu munosabatlar ishtirokchilari o‘rtasida shartnoma erkinligi bilan yangi yaxshi darajada ta’minlanadi. Faqat istisno hollardagina davlat ularga oliy darajadagi hakam rolida yordamga kelishi mumkin.
Biroq davlatning haddan tashqari aralashuviga ehtiyotkorlik bilan
munosabatda bo‘lish lozim. Mamlakatning tarixiy tajribalari va xalqaro
amaliyotning ko‘rsatishicha, ijtimoiy-mehnat munosabatlari sohasida davlat vasiylik qilishi, boz ustiga, ma’muriy buyruqbozlik – juda ham zarar keltiradigan holat hisoblanadi.
Ijtimoiy sheriklik sharoitlarida davlatning roli mehnat va ijtimoiy
qonunchilikni ishlab chiqishdan iborat. Hozirgi paytda ijtimoiy sheriklikning huquqiy asoslari mamlakatda rivojlanib bormoqda. Xususan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro munosabatlariga doir turli masalalar mamlakatimizning 30 ta qonuni va yuzdan ortiq boshqa normativ-huquqiy hujjatlarida mustahkamlangan. Ular avvalo, Konstitutsiya, “Ijtimoiy sheriklik
to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”, “Jamoat fondlari to‘g‘risida”,“Homiylik to‘g‘risida” va “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar bo‘lib, ularga muvofiq davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida nodavlat notijorat tashkilotlarini turli shakllarda qo‘llabquvvatlashi
mumkin.
O‘z-o‘zini boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni
demokratlashtirishdagi o‘rni Fuqarolar shaharchalarda, qishloqlarda, ovullarda, shuningdek, shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi hamda harbiy shaharchalardagi mahallalarda o‘zini o‘zi boshqarishga doir o‘z konstitutsiyaviy huquqini fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlariga muvofiq fuqarolar yig‘ini majlislari
(fuqarolar vakillarining yig‘ilishlari) orqali amalga oshiradi.
Fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, bevosita yoki o‘zlarining saylanadigan vakillari orqali o‘zini o‘zi boshqarishda teng huquqlarga ega.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishga doir huquqlarini cheklash taqiqlanadi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga davlat organlari va tashkilotlari, hamda ularning mansabdor shaxslari aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
demokratizm, oshkoralik, ijtimoiy adolat;
mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etishda mustaqillik;
jamoaviylik, aholi oldida hisobdorlik;
jamoatchilik asosidagi o‘zaro yordam;
ijtimoiy sheriklik;
mahalliy urf-odatlar va an’analarni hisobga olish.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi O‘zbekistonning butun hududida amalga oshiriladi. Shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi hamda ovullardagi hamda harbiy shaharchalardagi mahallalar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishining hududiy birliklaridir.
Shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yig‘inlari, shuningdek,
shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi, ovullardagi hamda harbiy shaharchalardagi mahalla fuqarolar yig‘inlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridir.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va qonun hujjatlari bilan berilgan o‘z vakolatlarini tegishli hudud doirasida amalga oshiradi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat xizmatlari markazlarida hisobga olingan kundan e’tiboran yuridik shaxs maqomiga hamda o‘z nomi yozilgan muhrga va bankda o‘z hisobraqamlariga ega bo‘ladi.
Fuqarolar yig‘ini aholi manfaatlarini ifodalaydi va uning nomidan tegishli hudud doirasida amal qiladigan qarorlar qabul qiladi.
Fuqarolar yig‘ini faoliyatini fuqarolar yig‘inining kengashi hamda raisi (oqsoqoli) tashkil etadi.
O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. Inson haq-huquqlarini ta’minlash va himoya qilish.
Tariximizga kirib kelayotgan bu buyuk marra munosabati bilan o‘tgan davr mobaynida hayotimiz sifati, mamlakatimiz qiyofasi qanday o‘zgarib borayotgani, qanday yutuq va natijalarga erishganimiz, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida qanday sur’atlar bilan rivojlanib borayotganimizni baholash ehtiyoji tug‘ilmoqda.
Qisqacha aytganda, biz o‘z oldimizga qo‘ygan uzoq muddatli strategik maqsadlar, ya’ni zamonaviy rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishini ta’minlash, hayot sifatini yaxshilash va jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallash borasidagi sa’y-harakatlarimizga bugungi kun nuqtai nazaridan xolisona baho berishimiz tabiiydir.
Ma’lumki, O‘zbekiston 1991 yili o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng umrini o‘tab bo‘lgan mustabid, ma’muriy-buyruqbozlik, rejali-taqsimot tizimidan voz kechib, «o‘zbek modeli» deb nom olgan o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi.
Biz ishlab chiqqan va bugungi kunda hayotga tatbiq etayotgan ushbu modelning ma’no-mazmuni – davlat qurilishi va konstitutsiyaviy tuzumni tubdan o‘zgartirish va yangilash, iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, uning siyosatdan ustunligini
ta’minlash, davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, ya’ni islohotlar tashabbuskori bo‘lishi va ularni muvofiqlashtirib borishi, qonun ustuvorligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil olib borish tamoyillariga asoslanadigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishdan iboratdir.
Biz islohotlarni inqilobiy usulda, ya’ni «shok terapiyasi» yo‘li bilan amalga oshirishdan ongli ravishda voz kechib, tadrijiy taraqqiyot yo‘lini tanlab olganimiz tufayli xalqimizni qanday og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy va ijtimoiy to‘fonlardan asrab qolishga muvaffaq bo‘lganimizni bugun hayotning o‘zi tasdiqlab bermoqda.
Izchil yuqori o‘sish sur’atlari, yurtimizda barpo etilgan bank-moliya tizimining barqaror va ishonchli faoliyat yuritishi, iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan yangilanish va o‘zgarishlar, umuman, mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo‘lidagi dadil qadamlarimiz dunyo jamoatchiligi, shuningdek, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki singari nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan e’tirof etilmoqda.
Haqiqatan ham, qariyb yigirma yillik mustaqil taraqqiyotimiz mobaynida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 3,5 barobarni, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,5 barobarni, aholining real daromadlari 3,8 barobarni tashkil etgani e’tiborga sazovordir. Ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar sohada erishilgan marralar – aholini ijtimoiy himoya qilish uchun yo‘naltirilgan davlat xarajatlarining 5 barobar ko‘paygani, turmush darajasining sezilarli ravishda
yaxshilangani va buning natijasida onalar o‘limi 2 barobardan ko‘proq, bolalar o‘limi 3 barobar kamaygani, odamlarning o‘rtacha umr ko‘rishi 67 yoshdan 73 yoshga, jumladan, ayollarning o‘rtacha umr ko‘rishi 75 yoshga yetganini mamnuniyat bilan ta’kidlasak arziydi, deb o‘ylayman.
2008-2010 yillarda, ya’ni dunyoning aksariyat mamlakatlarida iqtisodiy o‘sish sur’atlari sezilarli ravishda tushib ketgan, ishlab chiqarish pasaygan bir vaqtda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 2008 yilda 9 foizni, 2009 yilda 8,1 foizni tashkil etgani, 2010 yilda bu ko‘rsatkich 8,5 foizga yetishi kutilayotgani, kelgusi 2011 yilda esa 8,3 foiz darajasida bo‘lishi belgilab berilayotgani ko‘pgina xalqaro tuzilmalar, ekspert va mutaxassislarda kata qiziqish uyg‘otmoqda.
Dunyoda, ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda davlatning tashqi qarzlari ko‘payib borayotgani jiddiy xavotir tug‘dirayotgan bir paytda O‘zbekistonning tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotning 10 foizidan oshmaydi, davlat byudjeti esa so‘nggi besh yilda profitsit bilan bajarilmoqda.
1992 yil dekabr oyida qabul qilingan, mamlakatimizning demokratik taraqqiyotini
ta’minlash va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy prinsiplarini belgilab bergan konstitutsiyamizning qoida va normalariga tayanish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi ishlarimiz 2001 yildan 2010 yilgacha bo‘lgan keyingi 10 yil davomida yanada faollashib, ko‘lami va miqyosi tobora kengayib bormoqda.
Ikki palatali milliy parlamentimizni tashkil etish masalasi bo‘yicha 2002 yil 27 yanvarda o‘tkazilgan referendum yakunlari va shu asosda «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi qonun chiqaruvchi hokimiyatni tubdan isloh qilishning asoslarini belgilab berdi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsadlar parlament tomonidan o‘z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimini shakllantirish, qonun ijodkorligining sifatini jiddiy ravishda oshirish, umumdavlat va hududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishishdan iborat edi. Bu borada
tarkib jihatidan asosan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari vakillaridan tashkil topgan yuqori palata – Senatning hududlar manfaatlarini ifoda etishi, quyi - Qonunchilik palatasi esa o‘z faoliyatini doimiy professional asosda amalga oshirishi hisobga olinganini aytib o‘tish lozim.
Ta’kidlash kerakki, milliy parlamentimizning rivojlanishida yangi parlament va
uning har bir palatasining maqomi, vakolatlari va faoliyat mexanizmlari aniq belgilab berilgan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunlarning 2003 yilda qabul qilinishi alohida ahamiyat kasb etdi.
2007 yilda O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasidan mamlakatimiz Birinchi Prezidenti bir vaqtning o‘zida ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i ekanini belgilaydigan normaning chiqarilishi ushbu davrdagi muhim siyosiy-huquqiy
voqealardan biri bo‘ldi. Bugungi kunda konstitutsiyamizning 89-moddasida «O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi» degan qoida belgilab qo‘yilgan.
Ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti egallab turgan Vazirlar Mahkamasi raisi lavozimining tugatilishi ham liberallashtirish va demokratlashtirish yo‘lida
muhim qadam bo‘ldi. Qabul qilingan qonunlarga muvofiq endilikda Bosh vazir nafaqat Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi, balki unga rahbarlik qiladi va uning ishi samaradorligi uchun shaxsan javob beradi, Vazirlar Mahkamasi majlislariga raislik qiladi, hukumat hujjatlarini imzolaydi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Hozirgi paytda mamlakatimiz aholisining siyosiy-huquqiy madaniyati va ijtimoiy ong darajasining o‘sib borishi, jamiyatni demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlarining jadal rivojlanishi, yurtimizda ko‘ppartiyaviylik tizimining tobora mustahkamlanishi davlat hokimiyatining uchta sub’ekti, ya’ni davlat boshlig‘i
bo‘lgan Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta’minlash uchun zarur shartsharoitlarni yuzaga keltirmoqda.
Shundan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 98- moddasini quyidagi tahrirda bayon etish taklif qilinadi:
«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi
Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislaridan iborat. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi.
Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston
Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |