Butun sonlar ustida amallar
Butun sonlar toʻplami Z={..., -3, -2, -1, 0, 1, 2, 3, ...}.
1. Butun sonlarni qoʻshish qoidasi:
a) Bir xil ishorali sonlarni qoʻshish uchun ularning modullarini qoʻshib, soʻngra, yigʻindi oldiga qoʻshiluvchilarning ishorasi qoʻyiladi.
Masalan
1) -4+(-7)=-11
2) +8+(+9)=+17
Odatda + ishora qoʻyilimaydi va ikkinchi misol 8+9=17 kabi yoziladi.
3) -45+(-38)=-83
b) Har xil ishorali sonlarni qoʻshish uchun ularning moduli kattasidan moduli kichigini ayirib, ayirma oldiga moduli kattasini ishorasini qoʻyiladi.
Masalan
1) -4+(+7)=+3=3
Bu misol bunday yozilishi mumkin: -4+7=3
2) -7+5=-2
3) 57+(-45)=12
4) 32+(-70)=-38
2. Butun sonlarni ayirish qoidasi:
Butun sonlarni ayirish uchun kamayuvchiga "ayriluvchiga qarama-qarshi" sonni qoʻshish kerak.
Masalan
1) -9-(-6)=-9+6=-3
2) -12-5=-12+(-5)=-17
3) 21-34=21+(-34)=-13
4) 31-(-10)=31+10=41
Do'stlaringiz bilan baham: |