2-Topshiriq
1-variant
input.txt faylida bir nechta satrlardan iborat matn berilgan. Eng uzun satr ichidan eng uzun so’z topilsin va output.txt fayliga yozilsin.
2-variant
inpu.txt faylida butun va haqiqiy sonlar berilgan (faylda ixtiyoriy tartibda joylashgan). Bu sonla ichida nechtasi butun va nechtasi haqiqiy son ekanligi aniqlansin va quyidagi tartibda output.txt fayliga yozilsin: Masalan,
Butun sonlar: 10ta
Haqiqiy sonlar: 12ta
3-variant
input.txt faylida matn berilgan. Ushbu matn ichida “python” so’zi necha marta takrorlanishi aniqlansin va soni count.txt fayliga yozilsin.
4-variant
input.txt faylida bir nechta satrlardan iborat matn berilgan. Eng qisqa satr ichidan eng uzun so’z topilsin va output.txt fayliga yozilsin.
5-variant
input.txt faylida bir nechta satrlardan iborat matn berilgan. Har bir satr ichidan eng uzun so’z topilsin va output.txt fayliga yozilsin.
6-variant
input.txt faylida ixtiyoriy o’lchamli matritsa berilgan. Ushbu matritsa o’lchamini aniqlovchi va chop etuvchi dastur dastur tuzilsin.
7-variant
S satr berilgan. Agar S faylning mumkin bolgan nomi boʻlsa, u holda shu
nomdagi boʻsh fayl hosil qilinsin va TRUE chop qilinsin. Agar S nomdagifaylni yaratish mumkin boʻlmasa u holda FALSE chop qilinsin
8-variant
4ta faylning nomi berilgan. Shu fayllarning nechtasi joriy katalogda joylashgani aniqlansin.
9-variant
input.txt faylida bir nechta satrlardan iborat matn berilgan. Eng uzun satr ichidan eng qisqa so’z topilsin va output.txt fayliga yozilsin.
10-variant
Fayl nomi va A va D haqiqiy sonlar berilgan. Shu nomdagi fayl hosil qilinsin va unga A boshlang‗ich hadi va D farqiga ega boʻlgan arifmetik progressiyaning birinchi 10ta hadi yozilsin. A, A+D, A+2*D, A+3*D,…
11-variant
Butun sonlar fayli berilgan. Shu fayl tarkibiga kiruvchi elementlar soni aniqlansin. Agar bunday fayl mavjud boʻlmasa u holda -1 chop qilinsin.
12-variant
Manfiy boʻlmagan butun sonlardan iborat fayl va K soni berilgan (K butun) Faylning K-elementi chop qilinsin (elementlar 1dan boshlab nomerlanadi). Agar bunday element mavjud boʻlmasa, (-1) chop qilinsin.
13-variant
Manfiy boʻlmagan butun sonlardan iborat fayl va K soni berilgan (K butun)
Faylning K-elementi chop qilinsin (elementlar 1dan boshlab nomerlanadi).
Agar bunday element mavjud boʻlmasa, (-1) chop qilinsin.
14-variant
Haqiqiy sonlar fayli berilgan. Berilgan fayl elementlarini teskari tartibda saqlovchi yangi fayl hosil qilinsin.
15-variant
Haqiqiy sonlar fayli berilgan. Ikkita yangi fayl hosil qilinsin. Ularning biriga boshlang‗ich faylning toq nomerdagi elementlarini (1, 3,...), ikkinchisi esa - juft nomerdagi elementlarini (2, 4...) saqlovchi programma tuzilsin.
16-variant
Haqiqiy sonlardan iborat S1 va S2 fayli berilgan. Shu fayllardagi sonlarni S4 faylga shunday joylashtirilsinki, natijada sonlar kamayish tartibida joylashsin.
17-variant
Butun sonlar fayli berilgan. Ikkita yangi fayl hosil qilinsin. Ulardan birinchisi boshlang‗ich faylning juft sonlarini, ikkinchisi esa toq sonlarini oʻzida saqlasin. Agar boshlang‗ich faylda juft yoki toq sonlar mavjud boʻlmasa u holda natijaviy fayl boʻsh holda qoldirilsin.
18-variant
Haqiqiy sonlar fayli berilgan. Shu fayl elementlarining oʻrta arifmetigi topilsin.
19-variant
Haqiqiy sonlar fayli berilgan. Berilgan fayl elementlarini kamayish tartibda saqlovchi yangi fayl hosil qilinsin.
20-variant
Haqiqiy sonlar fayli berilgan. Berilgan fayl elementlarini o’sish tartibda saqlovchi yangi fayl hosil qilinsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |