Sonning bo‘luvchi va karralilarini aniqlash
a) 1 ∙ 2 ∙ 3 = 6 bo‘lgani uchun 6 soni 1 ga,
2 ga, 3 ga bo‘linadi. 1, 2 va 3 sonlari 6 sonining
bo‘luvchilari deyiladi.
b) 36 : 4 = 9. 36 soni 4 ga qoldiqsiz bo‘linadi.
Demak, 36 soni 4 sonining karralisi.
d) 36 sonining barcha bo‘luvchilarini yozib chi
qing: 1, 2, 3, 4, 6, 9, 12, 18, 36.
36 soni o‘zining barcha bo‘luvchilari uchun kar
ralidir.
e) 3 soniga to‘rtta karrali sonlarni topish uchun
uni 1, 2, 3, 4 ... sonlariga ko‘paytiring: 3, 6, 9,
12, ... Bu sonlar 3 ga karrali sonlardir.
1.
a) 12 sonining bo‘luvchilarini sonlar o‘qida belgi
lang:
b) 2; 4; 7; 8 sonlarining har biriga 4 tadan karrali
son toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |